Pulpaning yallig'lanishi (pulpit) quyidagi sabablarga bog'liq: 1) og'iz bo'shlig'idagi mikroorganizmlar va toksinlarining pulpaga o'tishi


Download 490.41 Kb.
bet3/9
Sana30.01.2023
Hajmi490.41 Kb.
#1141815
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
patan 9

Gingivit
Gingivit milklar shillik, pardasining yallig'lanishi bo'lib, bunda tish bilan milkning birlashgan joyi buzilmaydi. Gingivit mahalliy da tarqoq bo'lishi mumkin. Tish kiridagi mikroorganizmlar (ayniqsa streptokokk), milklarning shikastlanishi (mexanik, fizik, kimyoviy ta'sirotlardan), umumiy infeksiyalar, moddalar almashinuviga aloqador va endokrin sistemasi kasalliklari gingivitga sabab bo'la oladi. Gingivit bolalar va yoshlarda ko'proq uchraydi.
Yallig'lanishning tabiatiga qarab, kataral, yarali, gapertrofik gingivit tafovut qilinadi. Gingivitning kataral va yarali xillari o'tkir va surunkachi tarzda o'tsa, gipertrofik xili faqat surunkali tarzda kechadi, lekin bundan oldin kataral yallig'lanish bo'lib o'tadi. Yallig'lanish jarayonining nechog'lik tarqalganiga qarab, gingivit ikki darajaga ajratiladi: yengil darajadagi gingivitda milk so'rg'ichlari zararlansa, og'ir darajadagi gingivitda milklarning marginal va alveolyar so'rg'ichlari yallig'lanishga qo'shilib ketadi. Gingivitning gipertrofik xilida kuzatiladigan mikroskopik o'zgarishlar jumlasiga milk to'qimasida limfotsitlardan, plazmatik hujayralardan iborat kattagina infiltratsiya paydo bo'lishi, kollagen tolalar va qoplag'ich epiteliy hujayralari o'sib borib, giperkeratoz va akantoz hodisalari boshlanishi kiradi. Kasallik qo'zigan mahallarda neytrofil leykotsitlardan tashqari, semiz hujayralar ham paydo bo'ladi.
Surunkasiga davom etadigan gingivit (kataral, yarali, gipertrofik gingivit) dan keyin ko'pincha parodont kasalliklari boshlanadi.
 
PARODONT KASALLIKLARI
Parodontda uchraydigan patologik jarayonlar tabiatan surunkali bo'lib, zimdan boshlanadi va milk yallig'lanib, keyinchalik periodont, suyak usti pardasi, tish alveolalari suyak to'qimasining destruksiyaga uchrashi hamda milk va parodontda haltumlar yuzaga kelishi bilan namoyon bo'ladi.
Bu kasallik etiologiyasida mahalliy va umumiy omillarning ahamiyati bor. Mahalliy omillar jumlasiga tishlar va ogiz bo'shlig'i yumshoq to'qimalari rivojlanishining nuqsonlari, lablar yuganchasining kaltaligi va boshqalar kiradi. Umumiy omillar jumlasidan endokrin sistema kasalliklari (masalan, qandli diabet, Itsenko-Kushing kasalligi), jinsiy organlar, nerv sistemasi kasalliklari (oligofreniya), revmatik kasalliklar, qazm sistemasi kasalliklari (yara kasalligi, surunkali gepatit), yurak-tomirlar sistemasi kasalliklari (ateroskleroz, gipertoniya kasalligi), moddalar almashinuvining buzilishi, avitaminozlarni aytib o'tish kerak. Har xil sabablarga aloqador mikroangiopatiyaning ahamiyati ham bor, bunda gipoksiya kuchayib borib, to'qimalar trofikasi buziladi, to'qimalar, jumladan parodont regeneratsiyasi izdan chiqadi.
Parodontda yallig'lanish boshlanishida uchta etiologik omil: immunologik, mikroblarga aloqador va mexanik omillar ahamiyatlidir. Tish kirida bo'ladigan mikroblar antigen bo'lib maydonga chiqadi-da, atrofdagi to'qimalarda surunkali yallig'lanishga sabab bo'ladi. Bunda biologik jihatdan faol bo'lgan bir talay moddalar, jumladan neytrofillarning lizosomal fermentlari va immun sistema effektor hujayralarining mediatorlari hosil bo'ladi. Tish kirining ko'payishi bularning minerallashib, tish toshlari hosil bulishiga yo'l ochadi, tish toshlari esa yaqin to'qimalarga mexanik ta'sirot tariqasida ta'sir o'tkazib turadi. Yallig'lanish reaksiyasi zo'raygan sari alveolyar suyakning rezorbsiyasi kuchayib boradi.

Download 490.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling