PARODONT KASALLIKLARINI DIAGNOSTIK TEKSHIRUVLARGA ASOSLANIB,
XIRURGIK DAVOLASHGA TAYYORLASH. OCHIQ KYURETAJ VA VIDMAN-
NEYMAN USULLARI.
Parodont kasalliklari tasnifi
Gingivit – milk yallig‘lanishi, maxalliy va umumiy ta’sir omillari natijasida kelib chiqadi va
tish-milk bog‘lami butunligi buzilmasdan kechadi.
SHAKLI: kataral, gipertrofik, yarali.
OG‘IRLIGI: engil, o‘rta, og‘ir.
KECHISHI: o‘tkir,
surunkali, o‘tkirlashuv, remissiya (tinchlanish).
TARQALGANLIGI: maxalliy (lokal), tarqoq (tarqalgan).
Parodontit – parodont to‘qimalari yallig‘lanishi, periodont va suyakni butunligi buzulishi
(emirilishi) bilan kechadi.
SHAKLI: erta, yuvenil (o‘spirinlik),
jadal rivojlanuvchi, dorilarga chidamli.
OG‘IRLIGI: engil, o‘rta, og‘ir.
KECHISHI: o‘tkir, surunkali, o‘tkirlashuv, remissiya (tinchlanish).
TARQALGANLIGI: maxalliy (lokal), tarqoq (tarqalgan).
Parodontoz – parodontni distrofik buzulishi.
OG‘IRLIGI: engil, o‘rta, og‘ir.
KECHISHI: surunkali, remissiya (tinchlanish).
TARQALGANLIGI: tarqoq (tarqalgan).
Parodontni jadal kechuvchi idiopatik kasalligi (parodontoliz).
Parodontomalar – parodontni o‘sma va o‘smasimon xosilalari.
Xirurgik stomatologiya amaliyotida parodontning u yoki bu ko‘rinishdagi
kasalliklari
kuzatiladi. Parodont - bu tishni o‘rab turgan va tishni jag‘dagi fiksatsiyasini ta’minlovchi
to‘qimalar kompleksidir. Paradont tarkibiga: milk, periodontning tolali apparati,
alveolyar
o‘siqlar suyagi va tish ildizlarining ustki sementi kiradi.
Umumiy klinik stomalogiya amaliyotida parodontdagi xirurgik aralashuvlari ikkita asosiy
holat bilan tushuntiriladi: parodont kasalliklarining tarqalganligi va parodont shikastlanishining
klinik-morfologik tavsifi. Mamlakatimizning turli hududlarida
parodont kasalliklarining
tarqalishi, xuddi boshqa mamlakatlardagidek ( bilan deyarli bir xil bo‘lib), 85 - 98 % ni tashkil
etadi.