Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

Patogenezi. Mikroorganizmlarning mavjudligi yallig‘lanish jarayonining faolligi va 
rivojlanishi uchun zarurdir. Biroq, uning kechishiga ta’sir qiluvchi qator omillar mavjuddir. 
Birinchidan, bu so‘lakning antimikrob komponentlari: lizotsim, 

-lizinlar, ikkinchidan — 
to‘qimaning va to‘qimalararo suyuqlikning himoyaviy hujayra elementlari, qonning zardob va 
hujayra komponentlari. Parodont suyagi va biriktiruvchi to‘qima hosilalarining tuzilishi, ulardagi 
metabolik jarayonlar faolligi o‘ziga xosdir. Parodontdagi patologik jarayonlarning paydo bo‘lishi 
va rivojlanishini o‘rganish natijasida ko‘pchilik, xususan, mikrobli, mexanik, qon tomir, nerv – 
trofik, genetik, immun nazariyalarining kelib chiqishi tasodif emas. Umumiy kasalliklar 
parodontal strukturalarning mikrob toksinlari va fermentlariga qarshi turish xususiyatlarini 
o‘zgartirib, osteo- va kollagenogenez faooligini kamaytiradi, hujayra elementlarining himoya 
funksiyalarini susaytiradi. Xususan, diabetda qon tomirlar devorlarining o‘tkazuvchanligi 
buziladi, neytrofillarning faolligi susayib, ularning xemotaksisi pasayadi. Kalsiy metabolizmi 
buzilishlarida osteogenezning keskin ravishda pasayishi va osteoklastik rezorbsiyaning 
faollashuvi kuzatiladi. Asabiylashishga moyil bo‘lgan, nomutanosib ruhiy emotsional 
reaksiyalari bo‘lgan kishilarda odatda so‘lak ajralishi buziladi va buning oqibatida og‘iz 
bo‘shlig‘ining tozalanishi va so‘lak tarkibida antimikrob komponentlarning mavjud bo‘lishi 
izdan chiqadi. Bundan tashqari, bunday bemorlarda tripsinemiya kuzatilib, milk to‘qimalarining 
infiltratsiyasi to‘qimalarga toksik superoksidanion ajratuvchi faollashgan leykotsitlar ta’sirida 
ortadi. Oshqozon – ichak trakti kasalliklarida parodont yumshoq to‘qimalarida gistaminning 
ortib ketishi kuzatilib, ular yallig‘lanish reaksiyasini kuchaytiradilar. Jinsiy etilish, homiladorlik 
kabi fiziologik holatlar qator gormonlarning, xususan, fibrotsitlar faolligini oshiruvchi va 
parodontopatogen mikroblar uchun yaxshi oziqa muhiti bo‘la oladigan o‘sish gormoni, 
progesteron, estrogen kabi gormonlarning ortishi bilan tavsiflanadi. Immun tizimning birlamchi 
hamda umumiy kasaliklar va asab - ruhiy buzilishlar natijasida kelib chiqadigan ikkilamchi 
buzilishlari keskin ravishda barcha umumiy va mahalliy himoya elementlarida aks etadi yoki 
mahalliy yallig‘lanish jarayonini kuchaytiradi, yoki yallig‘lanishning klinik ko‘rinishlariga 
noadekvat bo‘lgan to‘qimalarning bioprogressiv parchalanishiga ma’sul hisoblanadi.

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling