Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

Gingivektomiya. Parodontdagi rivojlangan destruktiv o‘zgarishlarda (parodontit) davolashning 
maqsadi bu shikastlantiruvchi mikroblar va toksik moddalar rezervuari bo‘lmish cho‘ntakni olib 
tashlash va bog‘lovchi apparat hamda alveolyar suyakning regeneratsiyasi uchun sharoitlar 
yaratishdir. Eng oddiy usul — cho‘ntakning milk devorlarini kesib tashlash. Bu holat 
gingivektomiyada amalga oshiriladi. Operatsiya usuli. Dastlab dori vositalari yordamida 
yallig‘lanish bartaraf etilib, tish karashlari olib tashlanadi. Operatsiyadan oldin antiseptik ishlov 
berilib, anesteziyadan so‘ng cho‘ntaklar tubining proeksiyasi aniqlanadi. Odatda buning uchun 
zond yoki maxsus pinset qo‘llaniladi. Lunj va til tarafdan sanchib teshilib yoki bo‘yovchi modda 
yordamida nuqtalar qo‘yilib, ular chiziqlar bilan birlashtiriladi. Bu kesish chizig‘i bo‘ladi. 
So‘ngra skalpel yordamida milk qirrasidan 45
0
burchak ostida yumshoq to‘qimalar kesiladi. Tish 
ildizlarining ochilgan yuzalariga qo‘shimcha ravishda qayta ishlov beriladi. Jarohatga milk 
bog‘lami (Periodontal-Pack) yoki tarkibida xlorgeksidin yoki trixopol bo‘lgan "Diplen" 
plyonkasi qo‘yiladi. Bu oddiy muolaja mustahkam samara beradi, biroq sezilarli kamchiliklarga 
ham ega. Birinchidan, alveolyar suyakga puxta ravishda qayta ishlov berishning imkoniyati 
bo‘lmaydi. Ikkinchidan, suyakning ildizlari ochilib, ko‘pincha termik va kimyoviy ta’sirotlar 
ta’sirida og‘riq paydo bo‘ladi va tegishli ravishdagi davolashni talab etadi. SHunga qaramasdan, 
chaynov tishlari sohasidagi unchalik namoyon bo‘lmagan suyak destruksiyalarida ushbu 
operatsiya qator holatlarda mos keladi. Frontal sathda kosmetik nuqsonlar tufayli gingivektomiya 
operatsiyasi o‘tkazilmaydi. Faqatgina gipertrofik gingivit, milklar fibromatozi kuzatiladigan 
holat bundan mustasnodir. Bunday holatlarda milkning o‘sib ketgan to‘qimalarini olib tashlash 
kosmetik natijani berib, asosiy davolash usuli hisoblanadi. Parodontitda esa yuqoridagi 
keltirilgan vazifalarning (tish va milk birikmasini shakllantirish, alveolyar suyakning emirilishini 
to‘xtatish va iloji boricha qisman ravishda uni tiklash) echimi boshqacha yo‘l bilan erishiladi. 
Parodontal cho‘ntaklardan mikroblar to‘plami, tish toshlari, to‘qima detriti, granulyasion to‘qima 
va cho‘ntaklar devorini qoplab turuvchi epiteliy plastlarini puxta ravishda olib tashlash kerak.
Boshqacha aytganda, parodontal cho‘ntaklar puxta ravishda qirib tashlanishi zarur. Texnik 
kyuretaj unchalik ham murakkab hisoblanmaydi. Jarrohlik aralashuvidan oldingi va undan 
keyingi o‘tkaziladigan qamrovli tadbirlar eng ko‘p qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi. 
Tayyorgarlik ishlarining xarakteri va ketma-ketligi parodontitning patogenetik mexanizmlariga 
bog‘liq bo‘ladi. Og‘iz bo‘shlig‘ida qoniqarsiz gigienik holati bo‘lgan bemorlarda jarrohlik 
aralashuvlarini o‘tkazib bo‘lmaydi. Operatsiyadan oldin gigienik o‘qitish, og‘iz bo‘shlig‘ini 
parvarish qilish sifatini bir necha marta nazorat qilish zarur bo‘ladi. Parodontda to‘liq davolash 
faqat qamrovli ravishda olib boriladi. Biror – bir elementni bajarmaslik hisobiga uni 
soddalashtirish bevosita barcha sarf qilingan ishlarni yo‘qqa chiqaradi. Balki shuning uchun 
parodontit aholi va mutaxassislar orasida davolanmaydigan kasallik nomini olgan bo‘lishi 
mumkin. Biz tasodifan bunga to‘xtalayotganimiz yo‘q: jarrohlik bosqichi — davolashning 
qamrovli tadbirlari ichida eng murakkab va katta mehnat talab qiladigan turidir. Aynan shuning 


uchun jarroh barcha boshqa bosqichlarning bajarilishini maksimal ravishda nazorat qilishi kerak. 
Faqatgina yallig‘lanish belgilarini bartaraf qilgandan so‘ng jarrohlik aralashuvini rejalashtirish 
mumkin, aks holda bu holat qo‘shimcha og‘ir jarohat bo‘ladi. Dastlab cho‘ntaklardagi mikrob 
to‘planmalari va tish karashlari olib tashlanib, to‘liq ravishda antimikrob ishlov beriladi. Bunda 
ushbu sohalarda mikrob massalarining intensiv to‘planishi va yallig‘lanish retsidivlarini oldini 
olish uchun kariesni davolash, milk oldi sohasi bo‘shlig‘ini plombalash va tishlararo kontakni 
tiklash ishlariga alohida e’tibor beriladi. To‘qimalarning operatsiyadan keyingi regeneratsiyasi 
shakllangan qon quyqasining hisobiga bo‘ladi. Ushbu jarayon uzoq davom etib, quyqani uzoq 
vaqt saqlab turish talab etiladi. Agar tishlar mustahkam bo‘lsa, vazifa engilroq bajariladi. 
Parodontit uchun tishlarning siljishi xos bo‘lib, bu holatni jarrohlik jarohatidan so‘ng 
kuchayishini hisobga olgan holda, tishlarga bo‘ladigan qo‘shimcha mexanik jarohatni maksimal 
darajada bartaraf etish va oldini olish talab etiladi. YAllig‘lanishga qarshi mahalliy davolashdan 
so‘ng funksional tanlab charxlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. Tishlarni qo‘shimcha 
mustahkamlash darhol operatsiyadan so‘ng oldindan tayyorlangan shina yoki kompozitsion 
materiallar, plastmassa, Fiber-Splint bilan vaqtincha shinalash yordamida amalga oshiriladi.

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling