Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari
Download 198.21 Kb. Pdf ko'rish
|
1 mavzu
Ochiq kyuretaj. Bunda ko‘rish qobiliyatining nazorati ostida granulyasiyalar, tish
karashlarini butunlay olib tashlash va ildiz yuzalariga sifatli qayta ishlov berish uchun tishlararo so‘rg‘ichlarni kesish yo‘li orqali cho‘ntaklar ochiladi. Tishlararo so‘rg‘ichlar ochilib, cho‘ntaklarning lunj va til tomondagi devorlari suriladi (suyak usti pardasini ko‘chirmay turib). qayta ishlov berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Operatsiya qotuvchi bog‘lam yoki yopishqoq plyonkaning qo‘yilishi bilan tugallanadi. Operatsiyadan keyin bemorni parvarishlash qoidalari xuddi yopiq yoki oddiy kyuretajdagi singari amalga oshiriladi. «Ochiq» yoki «yopiq» kyuretaj atamalariga nisbatan davom etayotgan diskussiyalar haqida gapirib o‘tish o‘rinlidir, chunki ularning har biri invaziv va doimo ochiq aralashuv hisoblanadi. Boshqa tomondan esa «ochiq» yoki «yopiq» kyuretaj atamalari bilan aniq metodika belgilanadi. Lahtakli operatsiyalar avvaldan sof operativ aralashuvlar toifasiga kiritilib, tor doiradagi jarroh-parodontologlarning vakolatlariga kiradi. Asosiy lahtakli operatsiya sifatida Seщinskiy—Vidman— Neyman opretsiyasi hisoblanib, u mualliflarning xuddi shunday xronologik tartibi bo‘yicha mos ravishda 1914, 1918 va 1920 yillarda taklif etilgan. Bunday operatsiyani ishlab chiqishning zarurati kyuretajning sanab o‘tilgan usullari orqali operatsiya maydoniga yaxshi yo‘lni topish, cho‘ntaklarga, sezilarli suyak destruksiyalarida shikastlangan alveolyar o‘siqlarga ishlov berish imkoniyatining yo‘qligi bilan tushuntiriladi. Bu aynan kyuretajni takomillashtirish hisoblanadi. Operatsiya qilinayotgan sohaning chekkalari bo‘yicha o‘tuvchi burmagacha qo‘shimcha vertikal kesmalarni qilish, ikkala tish qatori shilliq - suyak usti pardasi lahtagining ko‘chishi shifokorga yangi imkoniyatlarni ochib beradi. Operatsiya uslubi. Dastlab tishlarni davolash, yallig‘lanishga qarshi puxta ravishdagi terapiya, tanlab charxlash ishlari amalga oshiriladi. Dori vositalari yordamida mahalliy davolashga qo‘shimcha ravishda dastlab parodontal cho‘ntaklar mikroflorasining sezgirligi aniqlangandan so‘ng, antibiotiklarni ichish buyuriladi. Bemorni gigienik o‘qitish va bir necha bor gigienik nazoratni amalga oshirish shart bo‘ladi. Og‘riqsizlantirishdan so‘ng, avvaldan aniqlanadigan operatsiya sohasining chegaralari bo‘yicha, tishlararo so‘rg‘ichlar tomoniga o‘tib, o‘tuvchi burmagacha ikkita vertikal kesim amalga oshiriladi. So‘ngra milk chekkalari bo‘yicha 1,5—2 mm masofada lunj va til tarafdan gorizontal kesimlar amalga oshiriladi. Tishlararo so‘rg‘ichlari kesiladi. Raspator yordamida lunj yuzasidan va 4 – 5mm til yuzasidan o‘tuvchi burmagacha shilliq-suyak usti pardasi qavatma-qavat ko‘chiriladi. SHifokor alveolyar suyakdan granulyasiyalarni puxta ravishda olib tashlash va kyuretkalar, ilmoqlar qatorida lazer va radioaktiv ta’sir qilish usullarini qo‘llagan holda suyak cho‘ntaklariga to‘laqonli qayta ishlov berish imkoniyatiga ega bo‘ladi. So‘ngra dori vositalari yordamida ishlov berish ishlari takrorlanadi. Ba’zida jarohat yuzasi quruq bo‘lmasligi uchun suyak va suyak usti pardasining qo‘shimcha mexanik jarohati talab etiladi. So‘ngra lahtaklarni o‘z joylariga o‘rnashtirib qo‘yiladi. Tishlarning bo‘yinchalarini operatsiyadan so‘ng ochilib qolishini oldini olish uchun lahtaklarni mobilizatsiya qilishning turli usullari qo‘llaniladi: suyak usti pardasi alveolyar o‘siqlar asosida kesiladi, lahtakning chekkalari bo‘yicha qo‘shimcha gorizontal va qiyshiq kesmalar amalga oshiriladi, parchalangan yoki qisman parchalangan lahtakdan foydalaniladi. So‘ngra ushbu lahtaklar tishlarning bo‘yinchalarigacha ko‘tariladi, ularni avval vertikal kesmalarning chiziqlari bo‘yicha, so‘ngra har bir tishlararo oraliqning sohalari bo‘yicha mahkamlanadi (rasm. 33.9). Biriktiruvchi to‘qimadan iborat tish va milk birikmasining shakllanishi, periodont va tish to‘qimasi biriktiruvchi apparati tiklanishi ehtimolligini oshirish uchun (og‘iz epiteliysining o‘sib ketishini oldini olish yo‘li bilan erishiladi) har bir tish atrofiga, ayniqsa frontal sohada manjet choklari qo‘yiladi [Golbrayx V. V., 1964]. Lahtakli operatsiyalar odatda operatsiyadan so‘ng kuchayib boruvchi tishlarning siljishi bilan birga kuzatiluvchi suyakning sezilarli destruksiyasida amalga oshirilishini hisobga olib, operatsiya sohasidagi tishlar plastmassa, evikrol va nur bilan qotuvchi massalar yordamida shinalanadi. Ba’zida shinalovchi tuzilmalar rejalashtirib, darhol operatsiyadan so‘ng tishlarni immobilizatsiya qilish maqsadida ularni operatsiyadan oldin tayyorlab qo‘yiladi. Lahtakli operatsiyalarning shakllarini tavsiflashning zarurati yo‘qdir. SHuni esda tutish zarurki, ularning barchasi ma’lum bo‘lgan aralashuvlarga xos kamchiliklarni bartaraf etish va samaradorlikni oshirishga qaratilgandir. Qator holatlarda operatsiya shakllarining paydo bo‘lishi to‘qima reparatsiyasi va regressiyasi mexanizmlariga ta’sir etish imkoniyatlari, opersiyalarning jarohatlilik darajasini kamaytiruvchi va operatsiyadan keyingi davrni yanada tinchroq kechishini ta’minlovchi yangi texnik moslamalarni ishlab chiqish bilan bog‘liq bo‘ladi. Bu holat lazer skalpeli va lazer usullari hamda radiolazerga tegishlidir. YAngi fikrlarning asosiy generatori — bu aralashuvlarning doimiy kamchiliklaridir. Ularning asosiysi, bu periodontal tuzilmalarning kafolatlangan reparatsiyasiga erisha olmaganligidadir. Birlamchi kosmetik samara to‘qimalarning keyinchalik sodir bo‘ladigan retraksiyasi natijasida kamayadi yoki yo‘qqa chiqadi. Buning asosiy sababi shundaki, parodontit — bu surunkali yallig‘lanish jarayoni bo‘lib, yumshoq to‘qimalardagi yallig‘lanish bartaraf etilgandan so‘ng ham, periodontal tuzilmalarda va suyakning o‘zida distrofik o‘zgarishlarning asoratlari saqlanib qoladi. Agar birinchi navbatda epiteliy o‘sadigan bo‘lsa (uning regenerator imkoniyati eng yuqori), u holda parodontal cho‘ntak kichik o‘lchamlarda bo‘lsa ham tiklanadi, agar suyak o‘sadigan bo‘lsa, u holda suyak – suyak ko‘rinishidagi birikma hosil bo‘ladi (ankiloz). Agar periodontal tolalar birinchi bo‘lib tiklansa, bu juda yaxshi bo‘ladi: faqat shu holatdagina to‘laqonli birikma shakllanadi. Afsuski, ushbu variant eng kam sodir bo‘ladi [Schrsder W., 1982]. CHo‘ntak ichida tishlar ildizlarining ochilib qolgan yuzasining holati muhim ahamiyatga ega: ularning mikrob toksinlari, patologik oqsil komplekslari bilan chuqur penetratsiyasi periodontal tutamlarga sementning yuqori qatlam tuzilmalari bilan birikma hosil qilishiga imkon bermaydi. Yo‘qotilgan suyakni maksimal ravishda to‘ldirish uchun organik va nooorganik moddalar hamda to‘qima ulamalari tavsiya etilgan. Tish va milk birikmasi shakllanishining ehtimolligini oshirish maqsadida ildiz yuzalariga qayta ishlov beruvchi turli vositalar sinab ko‘rilgan. Parodontal tuzilmalardagi trofik jarayonlar faolligini oshirish maqsadida ko‘pgina fizik va farmakologik vositalar, qo‘shimcha jarrohlik aralashuvlari (xususan, suyak usti pardasining ostidan yo‘lakchani shakllantirish va uni to‘qima ulamalari bilan bilan to‘ldirish) tavsiya etilgan. Davolashning natijalari suyak destruksiyasining xarakteri va suyak cho‘ntaklarining shakliga bog‘liq bo‘ladi. Agar suyak nuqsoni uchta tomondan alveolyar suyak bilan va bitta tomonidan ildiz yuzasi bilan chegaralangan bo‘lsa, ularni to‘rt devorli nuqsonlar deb ataladi. Agar cho‘ntakning ikkita devori alveolyar suyakdan va bittasi ildiz yuzasidan iborat bo‘lsa, bu uch devorli nuqsonlardir. Uch va to‘rt devorli nuqsonlarni davolash eng muvaffaqiyatli hisoblanadi. Agar ikki devorli nuqsonlar mavjud bo‘lsa, ildizlararo birikma sohasi ochilgan bo‘lib (bi-, trifurkatsiyalar), vertikal destruksiya o‘choqlari suyakning bir tekis gorizontal emirilishi bilan birgalikda kuzatilsa, u holda jarrohning vazifasi murakkablashadi. Buning ustiga klinik o‘zgarishlar bir xil bo‘lganda va adekvat operatsiyada, uning samaradorligi turli odamlarda farq qiladi. Aynan ko‘rsatib o‘tilgan sabablar bo‘yicha yagona usulni nafaqat turli bemorlarda, balki bitta bemorda parodontning turli sohalarida qo‘llash qiyin bo‘ladi. SHuning uchun olimlar va amaliy shifokorlar asosiy usullarga doimiy ravishda o‘zgartirishlar kiritib turishga majburdirlar. Ushbu usul shakllaridan osteoplastik materiallarning qo‘llanilishi, membranalar yordamida parodont to‘qimalarining yo‘naltirilgan tiklanishi, shuningdek, tish ildizlariga kimyoviy ishlov berish kabilar samarali hisoblanadi. Download 198.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling