Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

Kyuretaj uslubi. Muolaja sohasi og‘riqsizlantiriladi, antiseptik bilan ishlov beriladi 
(furatsilinning kuchsiz eritmasi yoki xlorgeksidinning 0,1% li eritmasi bilan). Avval tish 
karashlari olinadi. Agar ular ko‘p bo‘lsa, birinchi bosqichda ularni ultratovush asboblari – skaler 
yoki ultradent yordamida olib tashlanadi. So‘ngra parodontologik to‘plamga kiruvchi o‘tkir 
ekskavatorlar, ilmoqlar, qirg‘ichlar va boshqa uskunalar yordamida ildizlarning barcha 
yuzalaridan milk osti toshlari olib tashlanadi. Ildizning cho‘ntakka chiqib turuvchi yuzasi 
toksinlar bilan singdirilganligi hisobga olinsa, sementning yuzaki qatlami nekrotik o‘zgargan 
bo‘ladi va uni ko‘rinuvchi (yoki seziluvchi) sog‘lom to‘qimagacha olib tashlanib, yuzasi 
silliqlanadi. Agar cho‘ntaklar silliqlash uchun etarlicha keng bo‘lsa, u holda ultratovush 
asboblarini qo‘llash mumkin bo‘ladi. CHo‘ntaklarning devorlariga kyuretkalar va maxsus o‘tkir 
ilmoqchalar yordamida qayta ishlov beriladi. Buning uchun shifokor (taktil nazorat maqsadida 
ham) qayta ishlov berilayotgan devorni tashqi tomondan barmog‘i bilan siqib turadi. Qayta 
ishlov berilgan cho‘ntakning ichki yuzasi takroran antiseptik eritmasi bilan yuviladi, detrit va 
granulyasiyalarning qoldiqlari yuvib tashlanadi. Agar qon oqmayotgan bo‘lsa, cho‘ntak 


bo‘shliqlari qon quyqasi bilan to‘lishi uchun yana kyuretka bilan engil ravishda devorlar 
bo‘yicha o‘tiladi. CHo‘ntak devorlarini ildiz yuzalariga unchalik zich bo‘lmagan ravishda 
siqiladi. So‘ngra milk bog‘lami qo‘yiladi. Bunday bog‘lamlarning turi ko‘pdir. Eng ko‘p 
tarqalganlari bu o‘zi qotuvchi va sust antiseptik ta’sir qiluvchi ("Septodent", "Voko" firmasining 
"Periodontal-Pack" bog‘lami), "Barrikeyder" tipidagi nur bilan qotuvchi bog‘lamlardir. Hozirgi 
kunda qo‘llanilishining qulayligi va bemorlarda diskomfortning bo‘lmasligi sababli 
mamlakatimizda ishlab chiqarilgan, tarkibida turli dori vositalari bo‘lgan diplenli plyonkalar 
yuqorida keltirilgan xorijiy bog‘lamlarga raqobatbardosh bo‘lib kelmoqda.
Kyuretajni amalga oshirish vaqtidagi asosiy kamchiliklar shu bilan tushuntiriladiki, 
shifokorlar odatda ushbu muolajaga oddiy ravishda yondoshadilar va bunda kyuretaj haqiqiy 
operatsiya ekanligini unutgan holda, ko‘pincha dastlabki yallig‘lanishga qarshi davolashni 
to‘laqonli o‘tkazmaydilar. Kyuretajni og‘riqsizlantirishsiz yoki shprey-anesteziya yordamida 
yuzaki og‘riqsizlantirilgandan so‘ng o‘tkazadilar. O‘tmas uskunalarni qo‘llaganda toshlarni 
qoniqarli ravishda olib tashlash, ildizlar yuzalariga nozik ishlov berish, epitelial plastlar va 
granulyasiyalarni olib tashlashga umid bog‘lamasa ham bo‘ladi. Operatsiyadan keyingi davrni 
olib borishga etarlicha e’tibor beriladi: yaxshi darajadagi shaxsiy gigiena bilan bir qatorda bir 
necha kun davomida og‘iz bo‘shlig‘iga dori vositalari bilan qayta ishlov berish talab etiladi 
(Rasm. 33.5). YOpiq kyuretajdan so‘ng parodontning holati. Tish toshlari olib tashlanib, 
devorlarga qayta ishlov berilgandan so‘ng, yumshoq to‘qimalar remissiyasi hisobiga cho‘ntak 
yo‘qotiladi, ildiz yuzasi ochiladi (sxema). Reparatsion jarayonlarning muvaffaqiyatli borishi 
uchun sharoitlar yaratish maqsadida og‘iz bo‘shlig‘ida antiseptiklar va davolash bog‘lamlarini 
qo‘llaniladi.
Hozirgi kundagi bitta qabul davomida aralashuvlar to‘g‘risidagi diskussiyalar unchalik 
ham o‘zini oqlamaydi. YAxshi og‘riqsizlantirilib, bemorni qabul qilishga etarlicha vaqt ajratilsa, 
operatsiyaning hajmi sezilarli bo‘lishi mumkin. Bemorning o‘zi bu aralashuvni qancha uzoq 
muddat ko‘tara olishi asosiy rolni o‘ynaydi.
YOpiq kyuretajning asosiy kamchiliklari bu uni ko‘rmasdan amalga oshirilishi bilan 
belgilanadi. Hattoki, tajribali mutaxassisning ishi davomida 50—70 % holatlarda olinmagan tish 
karashlari va granulyasiyalar qolib ketadi. Boshlovchi jarrohlar esa ularni har doim qoldiradilar. 
Ko‘pgina holatlarda samaraning qisqa vaqtli bo‘lishi tasodifiy emas, lekin haqqoniy: patogen 
massalar va mikroblar to‘planmasining ko‘pgina qismi olib tashlanadi, ularning miqdori shikast 
etkazuvchi ma’lum potensialga etmaguncha, remissiya davri saqlanib turadi. Bu narsa 
kyuretajning turli modifikatsiyalarining nima sababdan paydo bo‘lganligini tushuntirib beradi. 
Ular ko‘pchilikni tashkil etadi, lekin ularning umumiy ma’nosi cho‘ntaklarga to‘laqonli mexanik 
ishlov berishni nazorat etish imkoniyatlarini kengaytirishdadir.

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling