Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

YOpiq kyuretaj. Kyuretajni sifatli amalga oshirishning asosiy sharti shundan iboratki
mutaxassis cho‘ntakdagi parchalanish qoldiqlarini olib tashlanganligi, cho‘ntakning ildizlari va 
devorlariga qayta ishlov berishning to‘liqligini nazorat qilish sharoitiga ega bo‘lishi kerak. Aniq 
klinik manzaraga: cho‘ntakning chuqurligi, suyakning emirilish darajasi, destruksiya turi – tekis 
(gorizontal) yoki notekis (suyakning gorizontal kamaygan joyi vertikal dekstruksiya o‘choqlari 
bilan qo‘shilib, suyak cho‘ntaklari mavjud bo‘ladi) shifokor xirurgik qayta ishlov berish 
(kyuretaj) usulini tanlaydi. Agar suyakga dastlabki ochishlarsiz qayta ishlov berishga ishonch 
bo‘lsa, yopiq kyuretaj tavsiya etiladi. Uni cho‘ntaklarning chuqurligi unchalik katta bo‘lmagan 
holatlarda qo‘llaniladi. Biroq taktil sezgilarni hisobga olgan holda to‘laqonli ishlov berish 
shubhalidir. SHunday qilib, yopiq kyuretajni amalga oshirish sifati ko‘proq shifokorning amaliy 
ko‘nikmalarining darajasiga bog‘liq bo‘ladi. 
YOpiq kyuretajda shifokor tomonidan cho‘ntaklarga sifatli ishlov bera olmaslik 
holatlariga qarshi ko‘rsatmalar bo‘lishi mumkin: 4 mm dan ortiq chuqurlikdagi cho‘ntaklar, 
suyak cho‘ntaklarining mavjudligi, jarayon ildiz qismlariga tarqalishi – bifurkatsiyalar, 
trifurkatsiyalarning jalb etilishi.
Milkning qalinligi ham ahamiyatga egadir. CHunki yopiq kyuretaj —jarohatli muolaja 
bo‘lib, cho‘ntakning yupqalashgan devorlari uni o‘tkazishga mutloq qarshi ko‘rsatma 
hisoblanadi. YOpiq kyuretaj amalga oshirilayotgan istalgan holatda shifokor shuni anglashi 
zarurki, cho‘ntaklar devorlari va ildiz yuzalariga qayta ishlov berishning sifati juda o‘rta miyona 
bo‘lib, bunda tish va milk bog‘lamining shakllanishiga umid bog‘lamasa ham bo‘ladi. Eng 
yaxshi holatda jarayonni to‘xtatishga va mustahkam epitelial qatlamning hosil bo‘lishiga 
erishilsa, bu ham yomon natija bo‘lmaydi. Bemorni yopiq kyuretajni o‘tkazishga tayyorlash va 
parodontdagi yallig‘lanish holatlarini bartaf etish lozim.

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling