Parodont kasalliklarini diagnostik tekshiruvlarga asoslanib, xirurgik davolashga tayyorlash. Ochiq kyuretaj va vidman- neyman usullari


Download 198.21 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana23.01.2023
Hajmi198.21 Kb.
#1110938
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
1 mavzu

 
Klinik manzara. Dastlabki yalig‘lanish o‘zgarishlari milk to‘qimalari bilan 
chegaralanadi va gingivit ko‘rinishida namoyon bo‘ladi — milk qirrasining qizarishi, shishi, 
qonab turishi. Ushbu darajada jarayon ancha uzoq saqlanib turishi mumkin. Buning sababi shuki, 
tish milk birikmasi o‘ziga xos baquvvat to‘siq bo‘lib, parodontning pastdagi bevosita tayanch 
strukturalari – periodontal teshikning tolali apparati va alveolyar o‘simtalar suyagini himoya 
qiladi. Ushbu birikma saqlanib turgan davrda jarayonni muvaffaqiyatli davolash mumkin 
bo‘ladi. Biroq, u shikastlanadigan bo‘lsa, mikroorganizmlar, ularning toksinlari va 
fermentlaridan iborat bo‘lgan oqim periodont strukturasining ichkarisiga qarab intilib, u erda ular 
tish bog‘lam apparati va alveolyar o‘siqning destruktiv o‘zgarishlarini keltirib chiqaradi. Bu 
holatda so‘z parodont haqida boradi. Parodont cho‘ntagining shakllanishi — parodontitning eng 
muhim belgisi. Aynan ushbu cho‘ntak mikroblar va ularning toksik to‘plamlari uchun rezervuar 
hisoblanib, parodontning kuchayib boruvchi destruksiyasini keltirib chiqaradi. 
Ushbu sharoitlarda me’yorda nafaqat odatiy bo‘lib qolgan, hattoki parodontdagi 
balanslangan trofik jarayonlar uchun zarur bo‘lgan mexanik yuklama ta’sirining xarakteri 
o‘zgaradi. Yuklamalar barcha tishlarga bir tekisda taqsimlanganda ham, kuchsizlanib qolgan 
tayanch strukturalari ushbu yuklamalarga sezgir bo‘lib qoladi. Ma’lum sohalarga biroz ko‘proq 
intensivlikdagi mexanik ta’sirlar bo‘lgan holatlarda (travmatik tugunchalar), ular parodontal 
to‘qimalarning elastik va rezistent xususiyatlari bilan kompensatsiya qilinmaydi. Natijada 
periodontal tolalar va alveolyar suyakning travmatik xarakterdagi buzilishi ro‘y beradi. 


Travmatik samara yosh o‘tishi bilan tez - tez uchraydi (25—30 % bemorlarda), chunki 25 
yoshdan keyin parodontning bufer xususiyatlari pasayadi. Suyak destruksiyasining ma’lum 
darajasida tishlarning siljishi kelib chiqadi. Ushbu lahzadan binoan, jarayon yangi qirralarga ega 
bo‘la boshlaydi, chunki istalgan mexanik yuklama travmatik bo‘lib qoladi. Doimiy mavjud 
bo‘lgan mikroblar bilan birgalikda u kuchli destruktiv samarani keltirib chiqaradi. Travmatik 
tugunchalar yoki suprakontaktlar ularni kuchaytiradi, ularning ta’siri parodont vertikal 
buzilishining qo‘shimcha o‘choqlarini paydo bo‘lishida namoyon bo‘ladi. SHu munosabat bilan 
jarroh mexanik omilning ta’sirini hisobga olishi va lokal yuklamalarni oldini olish hamda 
siljigan tishlarni tanlab charxlash, vaqtincha va doimiy shinalash yordamida mustahkamlash 
uchun choralar ko‘rishi kerak. 
Parodont kasalligini davolashning qator jarrohlik usullari mavjuddir. Parodontdagi operativ 
aralashuvlar ko‘p bo‘lib, ular o‘z oldilariga aniq vazifalarni qo‘yadi va ushbu vazifalar 
jarayonning og‘irligi va parodontning qator anatomik xususiyatlariga qarab farqlanadi. 
Gingivitda jarrohlik aralashuvi faqat bitta holatda: gipertrofik gingivit yoki milklar fibromatozi 
holatida milk qirralaridagi o‘sib ketgan to‘qimalarni olib tashlash uchun qo‘llaniladi.

Download 198.21 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling