Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi



Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga 
xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. 
Ma`ruza maqsadi: 
Paradontal xirurgiyani amaliy va nazariy aspektlari. Og’iz bo`shlig’ini 
protezlashga tayyorlashda xirurgik davolashni o`rni. 
 Ma`ruza vazifalari: 
1. Paradont kasalliklarini xirurgik davolash usullari haqida tushuncha. 
2. Paradont kasalliklarini xirurgik davolash usullari tasnifi. 
3. Xirurgik korrektsiya talab qiladigan og’iz bo`shlig’i patalogiyalari haqida 
tushuncha. 
4. Og’iz bo`shlig’ini protezlashga xirurgik yo`l bilan tayyorlash. 
2. Mavzu bo`yicha savollar beradi (reja )
Ma`ruza rejasi: 
1. Paradont kasalliklarini xirurgik davolash usullari tasnifi. 
2. Paradont kasalliklari shaklini inobatga olgan holda, xirurgik davoga ko`rsatma 
va qarshi ko`rsatmalar. 
3. Operatsiyalar usullari va o`tkazish texnikasi (kyuretaj, gingivotomiya, 
gingivektomiya). 
4. Lahtakli operatsiyalar (TSeshinskiy – Vidman – Neyman usuli), 
mikroosteoplastika va vestibuloplastika. 
5. Og’iz mayda dahlizini bartaraf etish yo`llari. 
6. YUqori va pastki labni kalta yuganchasini korrektsiya usullari. 
7. Ekzostozlar. Sabablari, ularni profilaktikasi va bartaraf etish usullari. 
Xilpillovchi greben’ (shilliq qavat gipertrofiyasi) 
Parodont — bu tishni o`rab turuvchi va uni jag’da fiksatsiyasini 
ta`minlovchi to`qimalar kompleksidir. Paradont tarkibiga kiradi: milk, periodontni 
tolalari apparati, al’veolyar o`siqlar suyagi, tish ildizi tsementining yuza qavati. 
Paradontda xirurgik aralashuv klinik stomatologik praktikada ishlatilishiga 
sabab, paradont kasalliklarni tarqalganligi va paradontni klinik-morfologik 
zaralanish hususiyatidir. 
Bu patologiyani quyidagi nozologik shakllari tafovut etiladi: gingivit, 
parodontit, parodontoz, o`sma va o`smasimon hosilalar — parodontomalar, 
paradontni idiopatik zararlanishi, umumiy kasalliklarni simptomlari sifatida 
paradont zararlanishi. 


YUqorida sanab o`tilganlarni 92—95% yallig’lanish kasalliklari tashkil 
etadi, sabablari, patogenei va klinik ko`rinishlari hammaga ma`lum. 
Paradontni yallig’lanishini etiologik faktori, bu mikrob faktordir. Milk oldi 
sohasida to`planadigan mikroblardan ajraladigan kislota, fermentlar va toksinlar 
ma`lum vaqtgacha so`lak va milk suyuqligi tomonidan neytrallanib kelinadi.
Mikrob blyashkalar soni ortib borishi, yuza qavatlarni mineralizatsiyasi
so`lakda neorganiq to`zlarni ajralishi natijasida mikrob qavati yuza tomondan 
so`lakni himoya mexanizmidan tishni qattiq karashlar bilan yopib turiladi. 
O`zining toksik ta`siri bilan agressiv va intensiv ko`payadigan parodontpatogen 
mikroorganizmlar paydo bo`ladi. Ularni zararlovchi potentsiali to`qimalar himoya 
imkoniyatlardan ustun kelganda klinik aniqlanadigan yallig’lanish reaktsiyasi 
yuzaga keladi. 

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling