Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi
Download 426.62 Kb. Pdf ko'rish
|
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi
Paradontal cho`ntak shakllanishi – paradontitning eng aniq belgisidir. Bu
cho`ntak mikrob va toksinlarni rezervuari bo`lib, paradont destruktsiyasini chaqiradi. Bunday sharoitda paradontdagi trofik jarayonlar uchun muhim bo`lgan mexanik zo`riqish xarakteri ham o`zgaradi. Bo`shashgan tayanch to`zilmalar zo`riqishga bardosh bera olmaydi. Ba`zi qismlarga intensiv zo`riqish vaqtida (travmatik bo`g’imlar ta`sirida) ular paradont to`qimalarni elastik va rezistent hususiyatlari bilan kompensatsiyalanmaydi. Natijada, travmatik xarakterga ega suyak to`qimasi va periodontal tolalarni buzilishi yuzaga keladi. Suyak destruktsiyasini ma`lum darajasida tishlar qimirlashi yuzaga keladi. Bunda jarayon yangi ko`rinishda namoyon bo`lib, turli xil mexanik zo`riqishlar jarohatga olib keladi. Mikrob faktor bilan birga esa kuchli dekstruktiv effekt beradi. Buni inobatga olgan holda xirurg mexanik zo`riqishni hisoblab, lokal zo`riqishlarni oldini olish lozim. Umumiy ta`sirotlar ostida paradontdagi yallig’lanish jarayoni bir tekis kechmaydi. SHifokor mahalliy va umumiy faktorlarni hisobga olib, natijani ko`ra bilishi, xirurgik aralashuvga ko`rsatmani aniq belgilay olishi zarur. SHuni yodda tutish kerakki, surunkali generalizallashgan gingivit yoki paradontit – bu mikroblar yig’ilishga mahalliy javob reaktsiyasidir. Boshqa mahalliy va umumiy faktorlar ham o`z o`rniga ega, lekin ular faqatgina modifikatsiyalashgan ta`sirga egadirlar. Toksinlar ta`sirida paradontal to`zilmalar bo`ziladi, cho`ntaklarda nekrotik massalar hosil bo`ladi, granulyatsiyalar paydo bo`ladi. Paradontal cho`ntaklardan ajralayotgan suyuqlik paradontitni o`ziga hos belgisi bo`lib hisoblanadi. Uning miqdori va xarakteri (seroz, yiringli, hidli yoki hidsiz) kasallik kechishini yoki davo natijasini aniqlab beradi. Kengaygan suyak to`zilmalar orqali mikroblar yumshoq va suyak to`qimalarga tarqaladi, tish ildiz tsement qavatini yuza qismini shimdiradi. Zararlangan to`qima hajmi juda katta. CHo`ntaklar ichki yuzasi 15-30 sm2 bo`lib, bu o`choqlarni organizmga ta`siri juda katta bo`lib, nafaqat mahalliy balki umumiy sensibilizatsiya, xujayraviy va to`qimaviy immunopatologik bo`zilishlar ko`zatiladi. Aytib o`tilgan paradontdagi surunkali yallig’lanish kasalliklar tipik shakllari rivojlanish mexanizmi, paradontit va gingivitda davo ketma-ketligi va ko`lamini belgilab beradi. Bu ikki kasallik yagona jarayonni ketma-ket bosqichi bo`lib, o`ziga hos hususiyati uni tepadan pastga kechishidir. Davo. Kasallik shakli va og’irligidan qat`iy nazar birinchi davo muolajasi, bu tish toshlarini olish va antimikrob ishlob berishdan iborat. Boshlang’ich bosqichlarda bu asosiy davo usuli, paradontitda esa birinchi hisoblanadi. Ikkinchi muhim bosqich, bu mexanik zo`riqishni Djegenl’son usuli bilan tanlab olib shlifovka qilish bilan bartaraf etishdir. Bu yo`l bilan suprakontraklar va jarohatlovchi tugunlar bartaraf etiladi. Bunda mexanik zo`riqish teng taqsimlanib, paradontal to`zilmalarni destruktiv bo`zulish tezligi kamayadi. Boshqa turdagi davolar bilan birgalikda esa jarayon remissiyasiga erishish mumkin. Paradont kasalliklar turli hil bo`lib, ularni davolash usullari ham hilma- xildir. Aniq bir patologiyani davolash uchun ma`lum bir davolash usuli mavjud emas. Davoga tayyorlash, mutahassis malakasi, terapiyani tushuna olish, davoni to`g’ri tanlashga imkon beradi. 1. Kyuretaj. CHo`ntakni ichki yuzasidan epiteliyni ichki yuzasini, epitelial birikma va yallig’langan biriktiruvchi to`qimani olib tashlash. Xirurgik aralashuvni yopiq usuli. 2. Gingivektomiya. Suyak usti cho`ntaklarini bartaraf etish uchun to`qimalarni kesib, olib tashlash. Suyak gorizontal holda zararlanganda va keratizirlangan milkni etarli miqdorda mavjudligida. 3. To`liq qavatli lahtak (shilliq-suyakusti). Bunday lahtaklar suyakda muolaja o`tkazilayotganda va yugancha ko`chirilganda vizualizatsiyani yaxshilab beradi, yo`l ochib beradi, biriktirilgan milkni saqlaydi, cho`ntaklarni bartaraf etadi. 4. Bo`lingan lahtak (shilliq qavat). SHakllantirilayotgan lahtak suyak usti pardasini saqlab qolishga imkon beradi. Bunda to`qimalar o`tkir yo`l bilan suyakka parallel holda kesiladi. Ko`proq yupqa suyak plastikali joylarda va keratinirlangan milk hajmini oshirishda ishlatiladi. 5. Modifitsirlashgan to`liq qavatli lahtak (shilliq-suyakusti). Bunday lahtak tayyorlash uchun, avval gingivektomiya o`tkaziladi, so`ngra suyak qirrasida ichki kesib o`tuvchi kesim o`tkaziladi. Buning uchun keratizirlangan lahtak hajmi etarli bo`lishi kerak. Asosan tanglay tomondan, o`sib ketgan to`qimalar sohasida va o`tkazish noqulay bo`lgan joylarda. Download 426.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling