Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi
Download 426.62 Kb. Pdf ko'rish
|
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi
Tetratsiklinagidroxlorid namlangan kukuni 4-5 minutga quyilganda xuddi
shunday effekt beradi. Qo`shimcha xususiyati bo`lib, uning antimikrob ta`siri hisoblanadi. klinitsistlar tomonidan uni ko`p ishlatilishi asosiy sababi, operatsiyadan keyingi bir necha kunda antimikrob effekt va qon qo`yiqasi saqlanib turib, reparatsion jarayon boshlanishiga yaxshi muxit yaratadi. Fibronektin applikatsiya uchun eritmasi laxtak fiksatsiyasini yaxshilaydi. CHunki u juda yopishqoq bo`lib, fibrotsitlar o`sishini stimullaydi va hosil bo`lgan qon quyqasini saqlaydi. Fibronektinni demineralizatsiyalovchi effektini kompensatsiya qilish uchun uni tetratsiklin yoki limon kislota bilan ishlov berilgandan keyin qo`llashadi. Suyak plastika uchun materiallar xilma-xilligi absolyut effektiv material yo`qligidan dalolat beradi, sun`iy membranalarni ishlatilishi paradontal xirurgiyani dolzarb muammolaridan biri bo`lib qolmokda. Protezlashda bir nechta kamchiliklarga suyak to`qimasini o`zi xam ega bo`ladi. Tish olingandan keyin al’veolyar usiqlar baland chiqib turishi, vestibo`lyar devorlar oldinga siljishi mumkin. Suyakdagi atrofik jarayonlar, ko`prok vertikal va oldi orka yunalishda, jag’lar disproportsiyasi, al’veolyar usiqlar orasidagi masofa o`zayishi, ularni qalinligi kamayishi protezlash o`tkazishga qarshi ko`rsatma hisoblanadi. Ko`p xollarda protezlash parodontit, paradontoz tufayli jag’lardagi atrofik jarayonlarni og’irlashuviga olib keladi. YUqori jag’da ikkita plastinka birikkan joyda tanglay dumbog’i yaqqol namoyon bo`lishi mumkin. Markaziy tishlarni yukolishi jag’lararo okklyuzion munosabatlarni buzilishiga olib keladi. Molyar tishlar yuqotilganda antogonistlar bilan o`zaro nisbat buzilishi mumkin. Pastki jag’da al’veolyar usiqni torayishi, uning atrofiyasi, buning natijasida daxan dumbog’i, qiyshiq chizig’i oldiga burtib chiqadi va o`tkir uchlarga ega bo`ladi. R. Popkins (1985) fikricha, protezlashga tishlardagi surunkali kasalliklar tufayli yuzaga keladigan mikrostomiya xalaqit berishi mumkin. Protezlashga yumshoq to`qimadagi (shilliq qavat va suyakusti pardasi) o`zgarishlar xam xalakit berishi mumkin. Tish olingandan keyin ol’veolyar usiq shilliq qavati chandikli bitishi mumkin. Ba`zida suyak usti pardasi xam o`zgarishi mumkin. Giperplastik o`zgarishlarda protezlar natijasida yuzaga keladigan surunkali jaroxatlar ahamiyati katta. Bunday o`zgarishlar yallig’lanish jarayonlari bilan ko`zatilishi mumkin. Suyak atrofiyasi og’iz daxlizi gumbazi kichrayishiga, lab va til yuganchalarini burtishiga, shilliq va mushak tortishishlariga, ularni ol’veolyar usiqka yaqinlashishiga olib kelishi mumkin. Ilgari qabul qilingan Xalqaro klassifikatsiyasi bo`yicha implantatsiya allotransplantatsiyaga, yangi bo`yicha eksplantatsiyaga kiradi. SHu bilan bir vaqtda xorijiy va yurtimizdagi adabiyotlarda «implantatsiya» terminidan, asosan tish konstruktsiyalariga nisbatan qo`llanadilar. Xirurglik stomatologiyasida tish va yuz-jag’ implantatsiyasini farqlash qabul qilingan. Tish implantatsiyasining taraqqiyoti tish davolashning xirurgik bo`limi va yuz-jag’ xirurgiyasi bilan bog’liq. Qadim zamonlardan odamlarni yo`qotilgan yoki yomon tishlarni almashtirish haqidagi savol qiziqtirgan. Sun`iy tishlarni tadbiq etish qadimda qo`llanilgan, bu haqida Misrda, Markaziy Amerika, Xitoy va boshqa mamlakatlarda geologik qazish ishlarida topilgan implantatsion konstruktsiyalar guvohlik beradi. M.Arnaudow i U. Gerlich 1972, ma`lumotlari bo`yicha, 1100 yilda Spaniard Alabusasim birinchi bo`lib, tish retrotransplantatsiyasi (replantatsiya) va transplantatsiyasi muammosini ilgari surdi. Ammo XVII—XIX asrgacha bu amaliy tatbiqini topmadi, keng tarqalgan sifilis, tuberkulez kabi infektsion kasalliklarning keng tarqalishi esa tish transplantatsiyasini qo`llanish imkoniyatini chekladi. XIX asrning oxirida tish allotransplantatsiyasiga ilmiy asos solindi. Bu yunalishning pionerlari bo`lib, I.Magillo, Η.Edmunds (1886, 1887), Η.Η.Znamenskiy (1891), Α.Hartmann (1891), R.Payne (1898) hisoblanadilar. Material sifatida ular oltin,kumish, shuningdek farforni qo`llaganlar. Konstruktsiyalar shtiftlar, kapsulalar, trubkalar, «savatchalar» ko`rinishiga ega bo`lgan. Zamonaviy vintli implantatlarning vakiliga R.Adams va A.Strock konstruktsiyasini keltirish lozim. Birinchisi 1937 yil yuzasida vint qirqimli implantatni tavsiya etdi, ikkinchisi 1939 yilda kobal’t, xrom va molibdendan implantat tayyorlashni tavsiya etdi. Tish implantatsiyasining rivojlanishida P. Schercheve (1940) katta hissa qo`shdi. Rossiyada tish odontoplastikasi, shu jumladan replantatsiyasi, transplantatsiyasi va allotransplantatsiyasi 50-yillarda faol rivojlana boshlandi. Bu plastmassani (Vares e.YA., 1955; Braxman G.B., 1956] va xromokobal’tli qotishmani (Mudriy S.P., 1956] tish va jag’ implantatlari sifatida qo`llash xarakatlarini aniqlab berdi. O`sha davrda I.Scialom (1952), L.Linkow (1954), S.Tramonte (1965), G.Murratori (1969), P.Paskialini (1969) va boshqalar. turli xil tish implantatlarini ishlab chiqganlar. Biroq bu harakatlar rasmiy quvvatlanmadi va shuning uchun keng tadbiqini topmadi. Aynan shu vaqtda bu novatorlik ishlari ikki turdagi suyak ichi implantatlarini (yassi formadagi va dumaloq formadagi tish ildizi) yaratish va implantatlarni stomatologik amaliyotiga tadbiq etish uchun asos bo`lib xizmat qildi. 60-70 yillarda yig’ilgan tish implantatsiyasidagi katta tajribaga qaramay, bu davolash usulini maxsus muhokama qilgan Garvard konferentsiyasining (1978) ishtirokchilari, u uchun qator cheklashlarni qo`yish zarur deb hisobladilar. Faqat 1987 yilda Amerika instituti bilan va 1988 yilda Frankfurt- na-Mayneda (Germaniya) o`tgan implantatsiya bo`yicha xalqaro konferentsiyada tish implantatsiyasi usullari to`liq tan olindilar va ma`qo`llandilar. XX asrning 40-yillarigacha tish implantatsiyasining tarixi, tish ildizi formasida konstruktsiyalar bilan bog’liq. O`sha yillarda, o`zining keng qo`llanilishini topmasada, suyak usti tish implantatlari yangi yunalish bo`ldilar. 60- yillarda yaratilgan yassi implantatlar birinchi bo`lib, keng tarkala boshladilar. Ular 80-yillarning boshlariga dominantlik qildilar, shunda osteintegratsiyani ko`zatish imkoni tug’ildi va Branemark sistemasi tish ildizi formasidagi implantat mashhur bo`ldi. SHundan boshlab, tish ildizi formasidagi turli xil konstruktsiyalar tish implantatsiyasida etakchilikni mustaxkam ushlab turibdi, lekin yassi va suyak usti osti konstruktsiyalar xam qo`llanilmokdalar. SHunga qaramay, tish ildizi formasidagi implantatlarni ishlab chiqarish va qo`llash taraqqiyoti pretsedentsiz bo`lib qoldi. 90-yillardaning boshlariga kelib, xorijda bunday implantatlarni 43 firma ishlab chiqardi va bozorda 160 dan ortiq ularning konstruktsiyalari bor edi. SHuningdek, implantatlar yordamida davo oluvchi patsientlarning soni tez o`sib borardi. Faqat AKSHda 1990 yilda 20000 ga yaqin yassi implantatlar va 40000 tish ildizi formasidagi konstruktsiyalar qo`yilgan edi. 1992 yilda xuddi shu mamlakatda, ba`zi baholar bo`yicha, barcha konstruktsiyalardagi implantatlardan 300000 ga yaqin qo`yilgan edi. Evropa bozori ma`lumotlari bo`yicha 2001 yilga suyak ichi implantatlari barcha tish konstruktsiyalaridan – 98% ni, tish ildizi formasidagi implantatlar esa – 95% ni tashkil qilardi. Implantologiyada yangi yunalishlardan biri bo`lib, implantatlarni o`rnatishda xirurgik xarakatlarini soddalashtirilishi va vaqtinchalik – o`zi kesuvchi vintli implantatlar xamda mini- implantatlar – konstruktsiyalarini ishlab chiqish hisoblanadi. Oxirgilarini asosiy implantatlar o`rtasida xuddi vaqtinchalikdek qo`yadilar. Bu vaqtinchalik o`zi kesuvchi implantatlar bazasida, xam funktsional, xam estetik effektni ta`minlovchi tish protezlarini doimiylari ochilguncha konstruktsiya qilishga yo`l beradi. YAngi implantatsiya konstruktsiyalarni ishlab chiqish bizning mamlakatda va xorijda davom etmoqda. Ammo, tish implantatlari yordamida adentiya da`vosini oluvchi patsientlar sonining juda tez o`sishini faqat implantatsion konstruktsiyalarning mukamallashuvi bilan bog’liq deb hisoblash noto`gri bo`lar edi. Patsientlar kontingenti yuqori darajada o`sdi, chunki o`tgan asrning 80-yillari o`rtalarida implantatsion xirurgiyada diagnostika usullari mukammallashdi va bemorlarga suyak ichi implantatlarni qo`yish imkonini anchagina kengaytirgan qo`shimcha operatsiyalar mustaxkam o`rin egalladilar, lekin ularning anotomik yoki qandaydir patologik xususiyatlari sababli, buni ilgariroq qilish mumkin bo`lmagan. Qo`shimcha operatsiyalarga eng avvalo jag’ suyaklari rezorbtsiyasi patologik oqibatlarini yo`qotish kiradi. Tish implantatsiyasi uchun al’veolyar tojlar formasini xirurg-stomatologlar suyak-plastikasi yordamida to`zatadilar; implantat qo`yilgan joylarda suyak o`stirish uchun va yuqorigi jag’ bo`shlig’ini ko`tarish uchun turli trasplantatlarni qo`llaydilar. Suyak maxalliy defektlarini membrana yordamida yunaltirilgan regeneratsiya yo`li bilan yo`qotadilar. Pastki jag’ning distal qismlarida implantat qo`yish uchun zarur bo`shliqni pastki al’veolyar nervni lateral’ repozitsiyasi yo`li bilan yaratadilar. Suyak ichi (endodonto-endoosal’ va endoosal’), shilliq osti, suyak ustitagi, suyak orqali va kombinirlangan implantatlarni farqlaydilar. Tish-jag’ sistemasida funktsiyalari bo`yicha yuz va miya bosh suyagida implantatlar amortizatsion sistema bilan va usiz o`rin bosuvchilarga, tayanch, tayanch-o`rin bosuvchilarga bo`linadilar. Bioo`rindoshlik bo`yicha materiallar biotoleran (zanglamaydigan pulat, kxe), bioinert (alyuminiy oksidli keramika, uglerod, titan, titan nikelid) va bioaktiv (uch kal’tsiyfosfat, gidroksilapatit, shishakeramika) bo`lishi mumkin. Download 426.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling