Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Paradont to`qimasini yunaltirilgan regeneratsiyasi uchun sun`iy


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet11/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Paradont to`qimasini yunaltirilgan regeneratsiyasi uchun sun`iy 
membranalar. Birinchi marotaba membranalarni tusiq sifatida S. Nyman (1982) 
qo`llagan. Ular milliporali fil’trni tish ildizi va milk orasiga joylashtirishgan. 


Buning natijasida tish ildizi yuzasi va milk laxtaki tolalari bir-biridan ajratildi
epiteliy o`sib kirishiga to`siq va periodontal bog’lam hosil qiluvchi to`qimalar 
o`sishiga sharoit yaratildi.
Eksperimental izlanishlar shuni kursatdiki, tishni biriktiruvchi apparatini 
to`liq regeneratsiyasi milk epiteliysini o`sib kirishini to`liq chegaralab 
quyilganidagina ruy beradi. Lekin na suyak, na milk tish biriktiruvchi to`qimani 
hosil kila olmaydi. Bundan tashqari, milk to`qimasi tish yuzasi bilan kontakda 
bo`lganda, ildiz yuzasi rezorbtsiyasi yoki suyak ankiloziga o`xshash birikma 
shakllanishi ko`zatiladi [Andreasen J., Kristerson L., 1976, 1981]. Bu toksinlarni 
yalang’ochlashgan tish yuzalarida to`planishi bilan xam bog’liqdir [Aleo J. et al., 
1975]. 
Eksperimental izlanishlar bilan birgalikda o`tkazilgan klinik izlanishlar S. 
Nyman (1982), J. Gottlow (1984), R. Caffesse (1988) «Millіroge» va 
politetraflyuoretilen asosida membranalar tayyorlashga imkon berdi. Ularni 
ishlatilishi membranani ichki yuzasi va tish ildizi orasida periodontal bog’lam 
to`qimalarni repopulyatsiya aktivligini oshirish imkonini berdi. Bunday 
membranalar kamchiligi bo`lib, ular surilmaydi va 4-6 xafta o`tgandan so`ng, 
qo`shimcha operativ aralashuv natijasida uni olish kerak. 
Eksperimental 
sharoitlarda 
rezorblanuvchi 
kollagen 
materialdan 
tayyorlangan—biodegradirlanuvchi membranalar hisoblanadi [Blumenthal N., 
1988; Magnus- son I. et al., 1988; Pitaru S. et al., 1987, 1988]. Asosiy xususiyati 
ular suriluvchan.
An`anaviy operatsiyadan oldingi tayyorgarlik. 
Membranalar ishlatishdagi o`ziga xoslik, ularni defekt joyiga kiritib u erda 
fiksatsiyalashdan iborat. Agar surilmaydigan membralar ishlatilsa, 6-8 xaftadan 
so`ng, milk shilliq qavatida qayta kesim o`tkazilib, membrana olinadi. Operatsiya 
bir vaqtni o`zida, etarli darajada qon aylanishni ta`minlash uchun ikkita yonma-yon 
turgan tishlar sohasida olib boriladi. 

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling