misol GA-100; 2)
rezorblanmiydigan keramika, tarkibiga kukun (gidroksiapol),
granulyatlar va blokli keramika kiradi. Rezorblanuvchi GA jidkofazali jarayonda
xona temperaturasida sintezlanadi, xususiyatlari:
past kristalligi, yuqori
sorbtsionligi, biologik muxitda yuqori rezorbligi. Rezorblanmaydigan GA 800—
1000 °S kizdirilganda olinadi. Bunda u qondensatsionn-kristall kimyoviy
mustaxkam va suvda erimaydigan shaklga utadi.
GA – keramika suyak bilan kimyoviy birikish hosil qilishi uni asosiy
xususiyati hisoblanadi. GA laxtakli operatsiyalada keng ishlatiladi. Bunda tishlar
qimirlashi
kamayadi, retsedivlar ko`zatilmaydi, osteo va tsementogenez
optimallashadi, tishmilk birikmasi hosil bo`ladi, paradontal cho`ntaklar chuqurligi
kamayadi.
Biositallar. Xozirgi vaqtda tabiiy polimerlar (protein, xondroitin-sul’fat,
xitin, gialuron kislota va boshqalar) bilan kompleksda ishlatib kelinayotgan yangi
turdagi keng spektrli mikro va makroelementlar tutuvchi binar va polikomponent
aralashmalar keng tadbik etilmoqda. Moddani jaroxatga ta`siri
absorbtsiya,
termoizolyatsiya, jaroxatda namlikni tuta olishi va gemostatik xossalarini namoyon
qilishi bilan ifodalanadi.
Plastika uchun tarkibida 30% GA va alligel’ tutuvchi yangi material biositall
polimerii hisoblanadi. Govak va zich bloklar ko`rinishda bo`lib, tarkibida
antiseptiklar va yallig’lanishga qarshi modalar tutadi va osteoplastik
operatsiyalarda ishlatiladi.
Osteoplastik moddalarni solishtirilganda shunga e`tibor
berish kerakki,
xozirgi vaqta eng qulay moddarlar, bu kollagentutuvchi, biositall,
GA va ularni
yunaltirilgan to`qima regenaratsiyasi uchun ishlatiladigan membaralar birga
ishlatilishi hisoblanadi.
Membrana
bilan
kushib
ishlatilishi
bu
materiallarni
regenerativ
xususiyatlarini oshiradi. Bundan tashqari membranalar epiteliyni ichkariga o`sib
kirishiga tuskinlik kiladi.
Aralashuv muvaffaqiyati faqat materialga bog’liq emas. SHuning uchun xar
bir bemor uchun individual modda tanlash zarur. Davo natijasi bog’liq bo`lgan
yana bir faktor, bu qon quyqasini hosil bo`lishidir.
CHunki u reparatsiya manbai
bo`lib, tish bog’lovchi apparati regeneratsiyasiga ta`sir etadi. moddalarni qon
quyiqasini saqlay olish xususiyati uni regenerator potentsialini aniqlashga yordam
beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: