Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet18/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Tezkor protezlashga tayyorlash. YUqori va pastki jag’ni xirurgik yul bilan 
protezlashga tayyorlash ko`p sonli tishlar olingandan keyin vujudga kelishi 
mumkin. Tishlar olingandan keyin al’veolalararo va ildizlararo to`siqlar 
o`tkirlashuvi ko`zatiladi. Ayniqsa paradontit va paradontozda yaqqol namoyon 
bo`ladi. Og’riqsizlantirish o`tkazilgandan keyin laxtak ajratiladi, tishlar olinadi
ortiqcha suyak to`qimasi olinadi. Notekisliklar bor yoki frez yordamida amalga 
oshiriladi. Qaychi yoki skal’pel’ yordamida tishlararo surg’ichlar kesiladi, milk 
shilliq qavati shunday kesiladiki, tikilgandan so`ng ortiqcha to`qima
qolish kerak 
emas.
Ekzostozlarni olib tashlash. ekzostozlar katta bo`lganda va yaqqol 
namoyon bo`lganda o`tkaziladi. Kesim al’veolyar yoy bo`ylab
o`tkaziladi, kerak 
bo`lganda vertikal kesimlar kushiladi va deformatsiyalangan suyak sohasi ochiladi. 
ekzostozlar suyak qisqichlari, bor va frezlar bilan bartaraf etiladi. Laxtak joyga 
quyilib tortilmasdan tikib qo`yiladi. 
Tanglay dumbog’i sohasida ekzostozni bartaraf etish. Ba`zi xollarda 
yuqori
jag’ protezlanganda tanglay dumbog’i noqulayliklar yaratadi. Ular turli 
shaklga ega bo`lishi, turli qonfiguratsiyali bo`lishi mumkin. Tanglay urta 
chizigidan kesim o`tkaziladi, boshi va oxirida 30-40o burchak ostida kesiladi. 
SHilliq-suyak usti laxtagi ligaturalar bilan tortiladi va suyak yalang’ochlanadi. 
ekzostoz doloto, bor yoki frez yordamida olinadi. Ba`zida bir necha ragmentlarga 
bo`lib olishga tugri keladi. Juda ehtiyot
bo`lish kerak, chunki burun bushligini 
perforatsiya qilish mumkin. suyak yuzasi yassilanib, laxtak yotkizilib tikiladi. 
Gematomani oldini olish maqsadida yodoform, shipovnik yoki oblepixa moyi 
shimdirilgan tamponni kuyib shoyi ipak bilan tikib qo`yiladi.
Jag’-til osti chizigini kaltalatish yoki olib tashlash. Bu sohada protez 
fiksatsiyasi qiyinchilik to`g’diradi. Unga sabab, birinchidan, qirra o`tkir bo`lib 
og’riq keltirishi mumkin, ikkinchidan, shilliq qavat yupkalashgan bo`lishi mumkin, 
uchinchidan, bu erda birikkan mushak tolalari. Muolaja o`tkazish uchun al’veolyar 
usiq kirrasidan, premolyarlar sohasida ikki tomondan shilliq qavat va suyak usti 
pardasi kesiladi. YUmshoq to`qimalar ehtiyotkorlik bilan kesiladi, til nervini 


zaralamaslik uchun. Biriktirilgan mushak kerakli qismi koldirilib kesiladi. Suyak 
qisqichlari, bor yoki frez yordamida qirrani chiqib turgan olinadi. Laxtak tikiladi. 
Muolajadan so`ng protezni kiydirib kuyish tavsiya etiladi. Og’iz tubi 
chuqurlashgan sari, protezni oral tomoni kattalashadi [Krüger E., 1993].

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling