Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Patogenez. 
YAllig’lanish 
reaktsiyasi 
vujudga 
kelish 
uchun 
mikroorganizmlar zarur. Lekin ular bir nechta omillarga bog’liq. Birinchidan, bu 
so`lakni antimikrob komponentlari: lizotsim, ß-lizinlar, ikkinchidan — to`qima va 
to`qimalararo suyuqlikni hujayraviy himoya elementlari va qonni hujayraviy 
komponentlari. Paradontda patalogik jarayonlarni yuzaga kelishi va rivojlanishini 
bir nechta qarashlari mavjud, bu mikrob, mexanik, tomirli, nerv – trofik, genetik, 
immun. Umumiy kasalliklar paradont struturalarni himoya funktsiyalarini 
sustlashtiradi. Hususan, diabetda tomirlar devorlarini o`tkazuvchanligi bo`zuladi, 
neytrofillarni aktivligi va xemotaksis kamayadi. Kal’tsiy metabolizmi bo`zilganda 
osteogenez kamayib osteoklastik rezorbtsiya aktivlashadi.
Stressga moyil va psixoemotsional odamlarda so`lak ajralishi bo`zuladi, 
uning natijasida esa og’iz bo`shlig’i tozalanishi va so`lakda antimikrob 
komponentlarni kamayishi ko`zatiladi. 
Oshqozon ichak trakti kasalliklarida paradont yumshoq to`qimalarni 
gistaminlar bilan to`yinishi ko`zatiladi, buning natijasida yallig’lanish reaktsiyasi 
kuchayadi. 
Balog’at yoshiga etish, xomiladorlik kabi fiziologik holatlarda o`sish 
gormoni, 
progesteron, 
estrogenlar 
oshishi 
bilan 
ko`zatiladi, 
ular 
esa 
parodontopatogen mikroblar ko`payishi uchun qulay sharoitdir.
Klinik ko`rinishi. YAllig’lanishni birinchi belgilari milk shilliq qavatida 
gingivit ko`rinishida ifoda bo`ladi. Bu darajada jarayon ancha vaqtgacha saqlanishi 
mumkin. Unga sabab, tish milk birikmasi juda mustahkam to`siq bo`lib, o`z 
ostidagi to`qimalarni himoyalaydi. Bu birikma saqlanar ekan jarayonni orqaga 
qaytarish mumkin. Lekin, bu birikma zararlansa mikroorganizmlar, ularning 
toksinlari va fermentlari oqimi periodont ichiga kirib, tish biriktiruvchi apparati va 


al’veolyar o`siq suyagida destruktiv jarayonlarni yuzaga keltiradi. Bunda gap 
periodontit haqida boradi. 

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling