Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi
Download 426.62 Kb. Pdf ko'rish
|
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O`tkazish usuli.
- Ochik kyuretaj.
YOpiq kyuretaj. Kyuretajni sifatli bajarilishi, mutaxassis cho`ntaklardagi
o`zgargan to`qimalarni olib tashlanishini va cho`ntak devori va tish ildizlariga ishlov berishni nazorat qilib turishiga bog’liq. CHo`ntak chuqurligiga, suyakni destruktsiyasiga (gorizontal yoki vertikal, suyak cho`ntaklari) va suyakni holatiga qarab kyuretaj to`rini tanlaydi. Agar shifokor cho`ntakni qo`shimcha kesimsiz ishlov berishga imoni komil bo`lsa, yopiq kyuretaj o`tkaziladi. U chuqur bo`lmagan cho`ntaklarda o`tkaziladi. Lekin natijasi noaniq bo`ladi. YOpiq kyuretaj sifati bunday xollarda shifokor malakasiga bog’liq bo`ladi. YOpiq kyuretajga qarshi ko`rsatma, bu cho`ntaklar chuqurligi 4 mm ortiq bo`lsa, suyak cho`ntaklari bo`lsa va jarayonga bifurkatsiya va trifurkatsiya sohalari qo`shilganligi hisoblanadi. Milkni qalinligi ahamiyati katta. Ingichkalashgan milk devori kyuretaj o`tkazishga qarshi ko`rsatma hisoblanadi. SHuni inobatga olish kerakki, ko`p xollarda yopiq kyuretaj yordamida tish bog’lovchi birikma qayta shakllanishi mavxum bo`lib, faqatgina jarayonni vaqtinchalik to`xtatishga va mustaxkam epitelial birikma hosil qilishga erishish mumkin. O`tkazish usuli. Jaroxat maydoni antiseptiklar bilan ishlov beriladi. Tish karashlari tozalanadi. Paradontologik to`plamdagi asboblar bilan milk osti toshlari tozalanadi. Tish ildizi yuzasi cho`ntakka qaragan qismi toksinlar bilan tuyinganini hisobga olib nekrozlangan tsement qavati sog’ to`qimagacha olinadi. Agar cho`ntaklar keng bo`lsa, ul’traovush apparatini ishlatish mumkin. CHo`ntak devorlari kyuretkalar yopib maxsus o`tkir ilmoqlar yordamida ishlov beriladi. Buning uchun cho`ntak devorini shifokor tashqaridan bosib turadi. CHo`ntak ichki devorini antiseptik eritma bilan yuviladi va detrit va granulyatsiyalardan tozalanadi. Agar qonash ko`zatilmasa, cho`ntak devorlari yana bir bor kyuretkalar bilan devorlarga ishlov beriladi. CHunki cho`ntak qonga to`lish kerak. CHo`ntak devorlari tish ildizlari yopishtiriladi va milk usti bog’lami quyiladi. Xozirgi vaqta bunday bog’lamlarni ko`p turi mavjud bo`lib, ularni asosini diplen plyonkalar tashkil etib, o`zinig tarkibida turli dorilar majmuasini saqlaydi va qo`llanishda oson bo`ladi. Kyuretaj o`tkazishda asosiy xatolik, shifokorlar unga mas`uliyatsizlik bilan qarashlaridir. Kyuretaj oldidan yallig’lanishga qarshi davo o`tkazilishi kerak. Kyuretaj og’riqsizlantirishsiz yoki applikatsion og’riqsizlantirish orqali amalga oshiriladi. O`tmas asboblar bilan xam qoniqarli natija olinmaydi. Ko`p xollarda muolajadan keyingi ko`zatuvga ahamiyat berishmaydi. Oddiy giginik muolajalardan tashqari bir necha kun mobaynida og’iz bushligi antiseptik eritmalar va davo bog’lamlari yordamida parvarish talab etadi. YOpiq kyuretaj kamchiliklari: «ko`r-ko`rona» o`tkazilishi, 50-7-0% tish toshlari yoki granulyatsiyalar to`liq tozalanmaydi. SHuning uchun xam effekt uncha sezilmaydi. Ochik kyuretaj. Tishlararo surg’ichlar kesilib cho`ntakni ko`z nazorati ostida granulyatsiyalardan, tish toshlaridan tozalab tish ildizlariga ishlov berishdan iborat. Bunda suyak usti pardasiga tegilmaydi va shifokor nafaqat cho`ntaklarga, balki al’veolyar suyaklariga ishlov berish imkonini qo`lga kiritadi. Muolajadan keyingi bemor nazorati xuddi yopiq kyuretajdagiday. Download 426.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling