Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
MA‘RUZA № 3. ISHLAB CHIQARISH TURLARI VA ULARDA ISHNI TASHKIL QILISH SHAKLLARI REJA: 1. Donalab, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari 2. Ishlab chiqarish turini aniqlash va operatsiyalarning bog‘lanish koeffitsienti 3. Ishlab chiqarish turlarida ishni tashkil qilish usullari va ularning ahamiyati 4. Ishlab chiqarish takti 1.2.1-§. Donalab, seriyalab, ommaviy ishlab chiqarishning qisqacha tavsiflari Ishlab chiqarish dasturiga, mahsulotni turiga va ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish texnik-iqtisodiy shart-sharoitlariga qarab mashinasozlikda uch xil ishlab chiqarish turi mavjud: donali (yakkalab); seriyali va yalpi. Har bir ishlab chiqarish turining texnologik jarayonlari va ishlab chiqarishni tashkil qilishining shakllari o‘ziga xos xususiyatlariga ega. Yuqoridagi tushunchalarni yanada yaqqol ifodalash maqsadida ishlab chiqarish dasturi bilan tanishib chiqamiz. Mashinasozlik korxonasining ishlab chiqarish dasturi tayyorlangan mahsulotning turi, har bir turdagi mahsulotning bir yilda tayyorlanadigan miqdori, ehtiyot qismlarning turlari va miqdorlaridan iborat bo‘ladi. Korxonaning umumiy ishlab chiqarish dasturiga asosan har bir detalning bir yilda tayyorlash dasturi yaratiladi: N=ma + n, dona/yil, (1.1) bu yerda: N - detalning bir yillik ishlab chiqarish dasturi; bir yil davomida tayyorlanadigan mahsulotlar soni; m - bitta mahsulotdagi detalning soni; n - ehtiyot qismlar soni. Ishlab chiqarish dasturiga mahsulotni umumiy ko‘rinishidagi chizmalari, alohida detallar va yig‘ma birikmalarning chizmalari ilova qilinadi. Shuni inobatga olish kerakki, bitta korxonaning yoki bir sexning o‘zida turli xil ishlab chiqarish sharoitlari mavjud bo‘lishi mumkin. Masalan, bir xil detal ko‘p miqdorda ikkinchi xil detal esa oz miqdorda tayyorlanishi mumkin. Donali ishlab chiqarish sharoitida mahsulot bir nusxada tayyorlanadi. Tayyorlangan mahsulotlar turli tuzilishga, o‘lchamlarga ega bo‘lib, ular umuman takror tayyorlanmasligi yoki juda kam hollarda takrorlanishi mumkin. Bu turdagi ishlab chiqarish sharoitida universal dastgohlardan keng foydalaniladi. Universal dastgohlar turli xil ishlov berish usullarini bajara olish imkoniyatiga ega bo‘lishi kerak. Xuddi shuningdek, universal, universal qayta sozlanuvchi moslamalar va standart kesuvchi asboblardan foydalaniladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling