Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


O‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

O‘rganilgan materialni mustahkamlash uchun savollar 
1. Mashinasozlik texnologiyasi fanining asosiy maqsadi nima? 
2. Ishlab chiqarish va texnologik jarayon tushunchalari nimalardan iborat? 
3. Texnologik jarayon qaysi tarkibiy qismlarga bo‘linadi? 
4. Donali, seriyali va yalpi ishlab chiqarishlarning bir-biridan farqi nimada? 
5. Yillik ishlab chiqarish dasturi qanday aniqlanadi? 
 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 
1. Xidoyatov A.V. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari. Darslik. – T.: 
Tafakkur-bo‘stoni, 2020. - 366 b. 
2. Xoliqberdiyev T.U. Mashinasozlik texnologiyasi asoslari: Darslik. – T.: 
Noshir. 2012. – 416 b. 
3. Бурцев В.М. и др. Технология машиностроения. В 2-х т. – М.: Изд. МГТУ 
им. Н.Э. Баумана. 1998-2001. 
4. Суслов А.Г. Технология машиностроения. – М.: Машиностроение, 2004. 
400 с. 
13. 
www.ziyonet.uz
  
14. 
www.referat.uz
  
15. 
www.techmash.stankin.ru
  
16. 
www.tehdoc.ru
 
 
 
 
 
 


MA‘RUZA № 4. 
TEXNIK ME‘YORLASH 
REJA: 
 
1. Vaqt me‘yorlari 
2. Texnologik jarayonlarning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari 
3. Texnologik jarayonning iqtisodiy samaradorligi 
4. Texnik me‘yor tushunchasi 
5. Ishlov berish vaqti me‘yori strukturasi 
6. Vaqt me‘yorini elementlari bo‘yicha (oxirgi tayyorlov vaqti, asosiy vaqt, 
yordamchi vaqt, texnik va tashkiliy xizmat ko‘rsatish va fizik ehtiyojlar vaqtlarini) 
aniqlash usullari va tartibi 
7. Texnologik jarayonni yaratishning dastlabki bosqichida iqtisodiy baholash 
 
1.3.1-§. Vaqt me‘yorlari 
Vaqt me’yorini texnik hisoblar va tahlillar asosida dastgohlarni, kesuvchi 
asboblarning imkoniyatlaridan to‘liq foydalanishni, ishlov berilayotgan detalga 
qo‘yilgan texnikaviy shartlarni inobatga olib aniqlanadi. 
Mashinasozlikda vaqt me’yorini belgilash metall kesish dastgohlarida 
bajariladigan alohida operatsiya uchun sarflangan vaqtni yoki vaqt birligi ichida 
tayyorlanadigan detallar miqdorini aniqlash demakdir. 
Shunday qilib, texnik asoslangan vaqt me’yori deganda ma‘lum bir tashkiliy-
texnikaviy sharoitlarda ishlab chiqarish vositalaridan ilg‘or usullar yordamida unumli 
foydalanib, texnologik jarayon operatsiyasini bajarish uchun sarflangan vaqt 
tushuniladi. 
Vaqt me’yorini o‘rnatishda quyidagi shartlarni inobatga olish zarur: 
1. ish ma‘lum toifali ishchi tomonidan bajarilishi zarur; 
2. ushbu ishni bajarish uchun eng unumdor moslama va asboblar qo‘llanilishi 
zarur; 


3. optimal kesish maromlari tanlanishi kerak, ko‘p keskichli dastgohlar va shu 
kabi yuqori unumdorlikka ega usullardan foydalanish zarur; 
4. mexanik ishlov berish uchun qo‘yimlar miqdori to‘g‘ri belgilanishi kerak; 
5. vaqt me’yoriga dastgoh ishlab turgan paytda qo‘lda bajariladigan ishlar 
kiritilmasligi kerak; 
6. vaqt me’yoriga nuqsonli detallarni to‘g‘rilash va ularni o‘rniga boshqasini 
tayyorlash uchun sarflangan vaqt kiritilmaydi; 
7. ishni to‘g‘ri tashkil qilish maqsadida ish o‘rniga chizmalar, materiallar
moslamalar, kesuvchi va boshqa asbob-uskunalar avvaldan keltirib qo‘yilishi zarur; 
8. kesuvchi asboblarni charxlash markazlashgan bo‘lishi zarur; 
9. charxlangan kesuvchi asbobni ish o‘rniga tayyor holda uzatiladi; 
10. vaqt me’yoriga hal qilinmagan tashkiliy masalalar bo‘yicha to‘xtashlar 
uchun va boshqa ko‘rinishdagi uzilishlar uchun sarflangan vaqt kirmaydi
11. vaqt me’yori normal ish sharoitidan kelib chiqqan holda belgilanishi zarur. 
Texnikaviy vaqt me’yori ishchining ish haqini belgilashda va mahsulot tannarxi 
kalkulyatsiyasini tuzishda asosiy omillardan biri. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling