Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Texnik me’yorlash deganda ma‘lum bir ishni bajarish uchun sarflangan vaqt 
me’yorini aniqlash tushuniladi. Vaqt me’yorini to‘g‘ri belgilash ishlab chiqarish uchun 
muhim ahamiyatga ega. Ishni bajarish uchun sarflangan vaqt birligi texnologik 
jarayonni qanday darajada takomillashganligini ko‘rsatuvchi asosiy omillardan biridir. 
1.3.5-§. Ishlov berish vaqti me‘yori strukturasi 
Tayyorlash vaqti. Bu vaqt seriyalab ishlab chiqarish sharoitida qo‘llaniladi va 
yangi partiya detallarni chizmasini, texnologik jarayonni o‘rganish uchun ajratiladi. 
Bundan tashqari, dastgohni sozlab , moslama va kesuvchi asboblarni almashtirish, 
ishdan so‘ng esa (partiya detallariga ishlov berilgandan so‘ng) ularni yana qayta 
almashtirish kabi ishlar ham shu vaqt doirasiga kiradi. 
Yuqoridagilarni inobatga olib donaviy vaqt quyidagicha ko‘rinishda bo‘ladi: 
t
d
 = t
a
+t
yor
+t
xiz
+t
j
, min
(1.3) 
bu yerda: t
a
- asosiy vaqt, min; t
yor
- yordamchi vaqt, min; t
xiz
- ish joyiga xizmat 
ko‘rsatish vaqti, min; t
j
- ishchining jismoniy ehtiyojini qondirish uchun sarflangan 
vaqt, min. 
Donaviy-kalkulyatsiya vaqt esa: 
t
d-k
=t
a
+t
yor
+t
xiz
+t
j
+t
tay
/n, min,
(1.4) 


bu yerda: t
tay
- tayyorlash vaqti, min; n- partiyadagi detallar soni. 
Vaqt me‘yorlarini aniqlashda ishchining malakasi ham belgilanadi. Ishchining 
malakasini belgilashda ishlab chiqarish tarmog‘iga binoan malakaviy-tarif 
ma‘lumotlariga asoslaniladi. 
Ishni bajarish uchun qancha boy tajriba va bilim talab qilinsa, ishchining 
malakasi shuncha yuqori bo‘ladi. 
Donali ishlab chiqarishda dastgohni sozlash, kesuvchi asbobni o‘rnatish, o‘lchov 
asboblaridan foydalanish talab etilganligi sababli yuqori malakali ishchi ishlaydi. 
Yalpi ishlab chiqarish sharoitida aksariyat ishlar mexanizatsiyalashtirilgan va 
avtomatlashtirilganligi hamda dastgohni va kesuvchi asbobni sozlovchi ishchi 
tomonidan sozlanishi sababli, yuqori malakali ish talab etilmaydi. 
Ishchilarga ish haqi belgilashda birinchi toifa asos qilib olinadi. Qolgan toifalar 
bo‘yicha ish haqi belgilashda birinchi toifa miqdorini tarif koeffitsiyentiga 
ko‘paytiriladi. 
1.3.6-§. Vaqt me‘yorini elementlari bo‘yicha (oxirgi tayyorlov vaqti, asosiy vaqt, 
yordamchi vaqt, texnik va tashkiliy xizmat ko‘rsatish va fizik ehtiyojlar vaqtlarini) 
aniqlash usullari va tartibi 
Bir dona detal tayyorlash uchun sarflangan donaviy vaqtning tarkibi quyidagicha 
bo‘ladi: 
a) asosiy yoki texnologik vaqt
b) yordamchi vaqt; 
v) ish joyiga xizmat ko‘rsatish uchun sarflangan vaqt. 
Agarda vaqt sarfi bitta detal uchun aniqlansa, u donaviy vaqt deb yuritiladi. 
Bundan tashqari, tayyorlash vaqti ham mavjud bo‘lib, u bitta partiyadagi detallar 
uchun hisoblanadi. Bu vaqtning miqdori partiyadagi detallar soniga bog‘liq bo‘lmaydi. 
Shunday qilib, donaviy - kalkulyatsiya vaqti asosiy va tayyorlash vaqtlarining 
yig‘indisiga teng bo‘ladi. 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling