Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

 
 
 


MA‘RUZA № 5. 
MASHINASOZLIKDA BAZALAR VA BAZALASH 
REJA: 
 
1. Bazalash asoslari, olti nuqta qoidasi 
2. Bazalash tasnifi 
3. Tayinlanishi bo‘yicha bazalar 
4. Erkinlik darajasidan mahrum etilishi bo‘yicha bazalar sinfi 
5. Aniqlanish xarakteri bo‘yicha bazalar sinfi 
6. Bazalashning asosiy prinsiplari 
7. Birinchi operatsiya uchun baza tanlashning ahamiyati 
8. Bazalash sxemalari, tayanch nuqtalarining shartli belgilari va ularni 
sxemalarda ko‘rsatish 
9. Bazalash xatoliklarini aniqlash 
1.5.1-§. Bazalash asoslari, olti nuqta qoidasi 
Bu savolni ko‘rishdan avval ba‘zi bir asosiy tushunchalarni ko‘ramiz. 
Baza tushunchasi. Bazabazalash uchun qo‘llaniluvchi va tanavorga yoki 
buyumga tegishli bo‘lgan yuza, yoki uning funksiyasini bajaruvchi yuzalar to‘plami, 
o‘q va nuqtalarga tushuniladi. 
Bazalash tushunchasi. Bazalash – tanavor yoki buyumga tanlab olgan koordinat 
tizimiga nisbatan talab etilgan holat berish (GOST 21495–76). 
Mahkamlash tushunchasi. Mahkamlash – bazalashda erishilgan holatni 
ta‘minlash uchun tanavorga yoki buyumga kuch va juft kuch qo‘yish. 
O‘rnatish tushunchasi. O‘rnatish – tanavorni yoki buyumni bazalash va 
mahkamlash jarayoniga aytiladi. 
Tanavorga mexanik ishlov berish paytida bazalash deb, tanavorga dastgohning 
keskich asbobiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. 
Texnologik amalni bajarish vaqtida, tanavorga talab etilgan holat berishdan 
tashqari, uni moslamada siljimasligini ham ta‘minlash talab etiladi. 


Bu ikki masala har xil bo‘lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul 
bilan echiladi, ya‘ni fazodagi biron-bir harakatni ma‘lum darajada cheklab qo‘yish 
bilan yoki erkinlik darajasidan mahrum etishlik va mahkamlash bilan amalga 
oshiriladi. 
Ma‘lumki, qattiq jismning fazodagi harakatini to‘la to‘xtatib qo‘yish uchun, uni 
oltita erkinlik darajasidan mahrum etish kerak; uch koordinata o‘qlari bo‘ylab 
ilgarilanma va shu o‘qlar atrofida aylanma harakatlaridan. Absalyut qattiq jism deb 
qaraladigan har bir detalning holati, tanlangan uchta koordinata tekisligiga nisbatan 
aniqlanadi (1.1, 1.2, 1.3, 1.4 va 1.5–rasmlar). 
1.1–rasm.
 
 
 
 
 1.2–rasm. 
Masalan, detal prizma shaklida bo‘lgan holda (1.1–rasm), detalning pastki 
tekisligi xoy ni koordinat tekisligi XOY bilan bog‘lovchi uch koordinataning berilishi 
bir
vaqtda detalni uchta erkinlik darajasidan mahrum etib, Z o‘qi bo‘yalab siljish va X, 
Y o‘qlariga parallel bo‘lgan o‘qlar atrofida burilish imkoni detalni, ushbu tekislikning 
uch nuqtaga tegishli masofasini aniqlaydi. Umumiy holda esa, har qanday detalning 
koordinat tizimi xohlagan holatni egallashi mumkin. Uni albatta asosiy bazalarga 
joylashtirish osondir. Yuzalaridan biri yoz ni YOZ koordinat tekisligiga nisbatan ikki 
nuqtasining masofasi bir vaqtda uning X o‘qi bo‘ylab siljishi va Z o‘qiga parallel o‘q 
atrofida burilish imkonidan, ya‘ni detalni yana ikkita erkinlik darajasidan mahrum 
etadi. Oltinchi koordinat xoz tekisligi detal holatini XOZ koordinat tekisligiga nisbatan 
aniqlab, uni qolgan oxirgi erkinlik darajasidan mahrum etadi. Shunday qilib, 
koordinatlarning har biri detalning bittadan erkinlik darajasidan mahrum etar ekan va 
o‘zaro perpendikulyar uch tekisliklarning bitta nuqtasi bilan bog‘langanligini bildiradi. 


Agar, prizmatik detalni uch tekislikka yaqin keltirilib tutashtirilsa 6 nuqtaning har biri 
detal baza sirtlarini tirab turuvchi tayanch nuqtaga aylanadi (1.2–rasm). 
Masalan, silindr shaklidagi detalning uchta tanlangan koordinat tekislikka 
nisbatan holati ham 1.3–rasmda ko‘rsatilgandek, oltita koordinat bilan aniqlanadi. 
Silindr yuzi uni hosil etuvchi chiziqning o‘qqa nisbatan aylanishidan vujudga 
keltirilganligi uchun, detal koordinat tizimi o‘qlaridan biri sifatida uning o‘qini tanlash 
qulaydir. O‘q esa ikki koordinat tekisliklar YOZ va XOY larning kesishuvidan hosil 
bo‘lgan chiziqdan iboratdir.
1.3–rasm.
 
 
 
 
 1.4–rasm. 
Shuning uchun silindr shaklidagi detalning nuqtasini koordinat tekislik bilan 
bog‘lovchi va detal o‘qiga joylashgan 1 va 2 nuqtalar koordinatlari valikni ikki erkinlik 
darajasidan mahrum etadi: Z o‘qiga parallel tarzda surilish va X o‘qiga parallel o‘q 
atrofida burilish harakatidan, val (yoz) sirtida yotuvchi nuqtalarni YOZ tekisligi bilan 
3 va 4 nuqtalarni bog‘lovchi koordinatlar, valni yana ikkta erkinlik darajasidan mahrum 
etadi: X o‘qi bo‘ylab surilish va Z o‘qiga parallel o‘q atrofida burilish harakatidan, o‘z 
navbatida XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani detal o‘qi bilan kesishuvidagi 5 nuqta 
koordinati valikni beshinchi erkinlik darajasidan, ya‘ni o‘q bo‘yicha surilish 
imkonidan mahrum etadi. XOZ tekisligida yotuvchi nuqtani koordinat tekisligi bilan 
bog‘lovchi 6 koordinat valikni oxirgi erkinlik darajasi koordinat o‘qiga parallael
bo‘lgan o‘q atrofida aylanish imkonidan mahrum etadi (buning uchun valsimon 
detallarda shpon paz kabi qo‘shimch sirt bo‘lishi shart). 


1.5–rasm.
 
 
 
 
 1.6–rasm. 
Xuddi shunga o‘xshash disksimon (1.4–rasm) va shar tipidagi (1.5–rasm) 
detallarni koordinata tekisliklariga nisbatan fazoda joylashishini tahlil qilish mumkin. 
1.6–rasmda disksimon detalni uch quloqli patronda bazalash sxemasi keltirildi. 
Sxemalardan ma‘lumki, xohlagan detalning koordinat tizimiga nisbatan holatini 
aniqlash uchun, tanlangan koordinata tizimi bilan detal koordinat tizimiining uch 
tekisligiga joylashgan, oltita nuqtani birlashtiruvchi oltita koordinat kerakdir. 
Ozod holdagi qattiq jism deb qabul etiluvchi detalning holatini jihoz detalga 
nisbatan aniqlash uchun oltita tayanch nuqta zarur va yetarlidir. Bu xulosa bir detalni 
ikkinchi detalga nisbatan joylashish aniqligini belgilashda juda katta ahamiyatga ega 
bo‘lib "OLTI nuqta qoidasi" deb ataladi. 
Oltita tayanch nuqtalarni joylashtirish uchun detalda uchta yuza yoki bu 
yuzalarni o‘rnini bosuvchi jihoz yuzalar, jihozcha qilib aytganda koordinat tizimi 
bo‘lishi kerak. 
 
1.4.2-§. Bazalash tasnifi 
Bazalash - tanavor yoki buyumga tanlab olingan koordinat tizimiga nisbatan 
talab etilgan holatini berish (DAST 21495-76).
Mahkamlash - bazalashda erishilgan holatni taminlash uchun tanavorga yoki 
buyumga kuch va juft kuch qo‘yish. 
O‘rnatish dcb tanavorni yoki buyumni bazalash va mahkamlash jarayoniga 
aytiladi. Tanavorga mexanik ishlov berish jarayonida bazalash deb tanavorga 
dastgohning keskich asbobiga nisbatan talab etilgan holat berilishiga aytiladi. 
Texnologik amalni bajarish vaqtida, tanavorga talab etilgan holat berishdan tashqari, 


uni moslamada siljimasligini ham ta‘minlash talab etiladi. Bu ikki masala har xil 
bo‘lishiga qaramasdan, ular nazariy jihatdan bir xil usul bilan yechiladi, ya‘ni fazodagi 
biron-bir harakatni ma‘lum darajada cheklab qo‘yish bilan yoki erkinlik darajasidan 
mahrum etishlik va mahkamlash bilan amalga oshiriladi 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling