Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
qo‘shaloq tayanch baza–tanavorni yoki buyumni ikki erkinlik darajasidan
mahrum etuvchi baza (XO, YO yoki ZO o‘qlari bo‘ylab siljishidan, 1.4, 1.6 va 1.12– ras. qar.). 1.4.5-§. Aniqlanishi xarakteri bo‘yicha bazalar sinfi Bu bazalar sinfi ochiq va yashirin bazalarga farqlanadi (1.13–rasm): – ochiq baza–tanavorni yoki buyumni real yuza, belgilanuvchi chiziq yoki chiziqlar kesishgan nuqtasi ko‘rinishidagi bazalarga tushuniladi (1.13–rasm,ochiq baza Ι–yassi sirt); – yashirin baza–tanavorning yoki buyumning hayoliy tasavvurimizdagi yuza, o‘q, nuqta ko‘rinishidagi bazaga tushunamiz (1.13–rasm, yashirin bazalar; ΙΙ va ΙΙΙ– hayolan o‘tkazilgan simmetrik tekisliklar). 1.13–rasm. Masalan, 1.13–rasmda: I–ochiq o‘rnatuv bazani bildiradi; II–yashirin yo‘naltirgich bazani va III–yashirin tayanch bazani bildiradi. 1.4.6-§. Bazalashning asosiy prinsiplari Tanavorlarga aniq ishlov berish uchun texnologik bazalarni tayinlashda shunday yuzalarni qabul qilish kerakki, ular bir vaqtning o‘zida detalning ham konstruktorlik, texnologik va o‘lchov bazasi bo‘lib xizmat qilsin va buyumlarni yig‘ishda ham baza sifatida ishlatilsin, shunda bazalar birligi tamoyiliga amal qilgan bo‘lamiz, bazalash xatoligi ham nolga teng bo‘ladi. Tanavorlarni ishlashda texnologik, konstruktorlik va o‘lchov bazalarni bir yuzadan olish, ishchi chizmada qo‘yilgan o‘lchamlar bo‘yicha konstruktor tomonidan ko‘zda tutilgan o‘lcham uchun qo‘yim maydonini hammasini ishlatish bilan amalga oshiriladi. Agarda texnologik baza, konstruktorlik yoki o‘lchov baza bilan bir yuzada yotmasa, texnolog, ishchi chizmada konstruktorlik yoki o‘lchov bazalardan qo‘yilgan o‘lchamlarni, bevosita texnologik bazadan qo‘yilgan texnologik o‘lchamlarini ishlash uchun qulayroq bo‘lgan o‘lchamlar bilan almashtirishga majbur bo‘ladi. Bu holda tanavorni tegishli o‘lchamlik zanjirlarining va konstruktorlik bazadan qo‘yilgan dastlabki o‘lchamlarini qo‘yimlar maydonlarining uzayishi sodir bo‘ladi, texnologik bazani konstruktorlik baza bilan va ishlanuvchi yuzalar bilan bog‘lovchi, ya‘ni kiritilgan oraliq o‘lchamlari orasida taqsimlanadi. Natija oxirida, bu tanavorlarni ishlashda ushlanuvchi o‘lchamlari qo‘yimlariga bo‘lgan talabchanlikni oshirishga, ishlov berish jarayonini qimmatlashuviga va uning unumdorligini pasayishiga olib keladi. Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling