Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Buyumning (tanavorlarni, detallarni, yig‘ma birliklarni) bazalash aniqlligi
Download 1,9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
Buyumning (tanavorlarni, detallarni, yig‘ma birliklarni) bazalash aniqlligi
deb, uning bazalari va tayanch nuqtalarini bazalarda joylashishi buyumning ishlash yoki tayyorlash jarayonida, buyumni holatini doimiyligini ta‘minlovchi” o‘zgarmasligiga” tushiniladi. Bazalash aniqligini ta‘minlash uchun biriktirilgan detallar orasida kuchli tutashuv yaratuvchi kuchlar qo‘yiladi. Кuchli tutashuv yaratuvchi va tutashuvni uzilmasligini ta‘minlovchi kuchlar va ularning momentlari, detalni mashinada ishlash jarayonida yoki unga ishlov berish jarayonida bu tutashuvni buzishga intiluvchi kuchlar va ularning momentlaridan katta bo‘lishi kerak (1.19–rasm, a). Bu talabga rioya qilmasdan detal bilan, ko‘pincha mashina bilan ham ularning xizmat vazifalarini bajarish mumkin emas va mutlaqo detalni talab etilgan aniqligiga, unga ishlov berish jarayonida erishib bo‘lmaydi. Biriktiriluvchi detallarning tutashtirilgan yuzalari orasidagi tutashuvni yaratuvchi va saqlovchi kuchlar, doimo bu tutashuvni buzishga intiluvchi kuchlardan oldinroq qo‘yilishi shart. Кuch bilan tutashuvni yaratish uchun quyidagi kuchlar qo‘llaniladi: 1. Alohida mahkamlovchi detallarning materialini yoki butunlay mexanizmlarning elastik kuchlari ; 2. Ishqalanish kuchlari ; 3. Detallarning og‘irlik kuchlari ; 4. Magnit va elektromagnit kuchlari ; 5. Siqilgan havo, suyuqlik kuchlari va sh.o‘; 6. Sanab chiqilgan kuchlar aralashmasi. Masalan, mashinaning qator detallari yuzalari oralig‘idagi tutashuvni ta‘minlash uchun mahkamlovchi boltlarning elastik kuchlari ishlatiladi. Mahkamlovchi boltlarni tortish natijasida ularning materialida boltning dastlabki uzunligini tiklashga intiluvchi ichki elastik kuchlar paydo bo‘ladi. Bunga biriktiriluvchi detallar materiallarining elastik kuchlari to‘sqinlik qiladi. Shunday qilib, boltlar va biriktiriluvchi yuzalar oralig‘idagi tutashuvni ta‘minlaydi. Mexanik ishlov berish texnologiyasida detallarning shaxsiy og‘irlik kuchi dastgohlarda og‘ir detallarga ishlov berishda, qachonki kesish kuchlari yoki ular tomonidan yaratiluvchi momentlari detallar og‘irlik kuchlaridan yoki u yaratuvchi momentlaridan sezilarli bir qancha kichik bo‘ladi. Sanab chiqilgan kuchlardan jihozlari asosan turli ko‘rinishdagi jihozlarda va ishchi joylarda ishlov berish jarayonida bazalash aniqligini yaratish uchun qo‘llaniladi. Biriktiriluvchi detallarning yuzalarini bir–biriga tekkizilganda haqiqiy yuzalari bo‘yicha tutashtiriladi. Yuzalarning xususan ba‘zi–bir nominal qismini yoki hisoblanuvchi o‘lchamlarini tashkil etadi. Bu tutashtiriluvchi yuzalarning makro va mikro xatoliklari bilan tushuntiriladi. Buning natijasida, tutashtiriluvchi yuzalar oralig‘idagi zarur bo‘lgan tutashuvni ta‘minlash uchun qo‘yiluvchi kuch, biriktiriluvchi detallarni talab etilgan nisbiy holatiga qo‘shimcha xatolik kirituvchi tutashuv deformatsiyasini chaqiradi. A.P. Sakolovskiy, D.N. Reshetovlar va boshq. tekshiruvlaridan isbotlangan, ya‘ni tutashgan yuzalarni kuch bilan birinchi bor yuklatilganda tutashuvli (kontaktli) deformatsiyalanish, keyingi qayta yuklatishlarga qaraganda katta bo‘ladi va sezilarli darajada bosim ulushiga va yuzalar makro va mikro xatoliklariga bog‘liq bo‘ladi. Cho‘yanli tutashtirilgan detallarga kuch qo‘yilsa, ularning tutashuvdagi yuzalari deformatsiyasi 3–20 mkm ni tashkil etadi. Ba‘zi bir hollarda masalan, koordinatli – yo‘nuvchi dastgohlarda qo‘yim miqdoriga yaqin bo‘ladi. Bayon etilganlardan xulosa shuki, detallarning to‘g‘ri geometrik shakli va yuzalar g‘adir–budirliklarini ta‘minlash uchun tutashuv deformatsiya uchun optimal qo‘yimlarni hisoblash va o‘rnatish zarur. Detallarni bazalash aniqligini ta‘minlovchi kuch qo‘yilganda, tutashuvli deformatsiyalanish bilan bir qatorda detallarning o‘zlarini shaxsan deformatsiyalanishlari ham vujudga keladi. Bu hodisa detallarni mashinada ishlash vaqtida ham, mashinalarni yig‘ishda ham va detallarga hamda ularning tanavorlariga ishlov berish jarayonida ham alohida o‘ringa ega. (1.19, a –rasm). Bayon etilganlardan kelib chiqqan holda, ya‘ni detallarni bazalash aniqligining talabiga rioya qilish uchun quyidagilar zarur: 1. Detallarni tegishli bazalash yuzalarini to‘g‘ri yaratish yoki tanlash. 2. Кuchli tutashuvni to‘g‘ri yaratish. 3. Nazariy to‘g‘ri geometrik shakldan va tozalik klassidan yuzalarning og‘ishi uchun zarur bo‘lgan qo‘yimlarni, ishlov berishda hisoblash, o‘rnatish va ushlash yo‘li bilan tutashuvli deformatsiya‘ni kichiklashtirish. 4. Detallarni shaxsiy deformatsiyalarini kichiklashtirish uchun, detallarni tutashtiruvchi yuzalari orasidagi kontaktni yaratuvchi, kuchlarni qo‘yish nuqtasini tanlash, imkoni boricha tayanch nuqtalari qarshisida bo‘lish (1.17, a –rasm va shu kabi masalan lyunetlar qo‘llash va h.k.). 5. Detallar holati o‘zgarishini, ularni mahkamlash vaqtida chaqirmaslik uchun, kuchlar qo‘yilishi ketma-ketligini o‘rnatish. 1.19–rasm. a–tutashtiruvchi kuch qo‘yish sxemasi: 1,2,3–tayanch nuqtalar; b) va d) –noto‘g‘ri tanlanganda bazalash noaniqligini chaqiruvchi bazalash sxemalari: b –o‘rnatish baza, d– qo‘shaloq yo‘naltiruvchi baza. Mashinasozlik amaliyotining qator holatlarida bazalashning noaniqligi hodisasi bilan to‘qnashishga to‘g‘ri keladi (1.19–rasm, b), d) lar). Detalni bazalash noaniqligi deb, tutashtirilgan detallar (yoki detalni), uning holatini aniqlovchi yuzalarga nisbatan detalni talab etilgan holatini bir yoki ko‘p marta o‘zgarishiga tushuniladi. Download 1,9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling