ToshDO‘TAU U.R.Abdurahmonova
O'quv materiallarini namoyish etish dasturlari.
Mashg’ulot maqsadi:
Taqdimotlarga giperssilka va boshqaruv tugmalarini
o’rnatish
va ularni boshqarishga o’rgatish
Topshiriqlar bo’yicha namuna
1. Power Point dasturi yordamida matnli topshiriqlar yaratish
Hozirgi vaqtda turli testlarni yaratuvchi bepul test yaratuvchi qobiq dasturlar mavjud.
PowerPoint dasturi imkoniyatlaridan foydalangan holda chiroyli jixozlangan testlarni yaratish ham
mumkinligini xech bir pedagog unutmasligi lozim. Excel dasturida test yaratish bilan oldingi
laboratoriya ishida ko’rib o’tgandik. Huddi shunga o’xshash PowerPoint dasturida ham
tekshiruvchi (bajarilgan topshiriqlarning to’g’ri yoki noto’g’riligi ko’rsatilmaydi), nazorat qiluvchi
testlarni yaratish mumkin.
Ushbu laboratoriya ishida PowerPoint dasturi yordamida Visual Basic for Application
(VBA)dan foydalangan holda interaktiv testlarni yaratish algoritmini ko’rib chiqamiz. Bunda
Visual Basicda dasturlashni mukammal bilishingiz shart emas. Faqatgina laboratoriya
topshiriqlarida berilgan kodlarning nima uchun ishlatilishini (ya’ni, test javobi tanlaganda
bajariladigan xodisa uchun prosedura) va kodlarni qaysi operatorlar oralig’iga kiritilishini bilishni
o’zi kifoya. Visual Basicda prosedura “Sub Name()” bilan boshlanib «End Sub» bilan tugallanadi.