ToshDO‘tau u. R. Abdurahmonova
ToshDO‘TAU U.R.Abdurahmonova
Download 1.84 Mb. Pdf ko'rish
|
Power point
- Bu sahifa navigatsiya:
- .ppsm
ToshDO‘TAU U.R.Abdurahmonova
boshqarish tugmalari yoki klaviaturadan biror tugmani bosish yordamida amalga oshiriladi (bu sichqoncha tugmalarini bosgan bilan boshqa slaydlarga o’tib bo’lmaslikni ta’minlaydi). Hujjat .ppsm kengaytma bilan, ya’ni taqdimot demonstrasion, makroslarni qo’llash mumkin bo’lgan tipda qilib saqlanadi. TEKSHIRUVCHI TESTLAR PowerPoint 2013 da testlarni yaratish slaydlarni tayyorlash bilan boshlanadi. Bunda testni boshlash uchun titul slayd bo’lishi shart. Bu titul slaydni siz o’z ixtiyoringizga qarab jixozlashingiz mumkin. Unda test mavzusi, test topshiruvchi F.I.Sh.ni kiritishi uchun maxsus maydon, hamda «Testni boshlash» nomli tugmani kiritish zarur. «Testni boshlash» tugmasi bosilishi bilan test boshlanadi. Biz yaratadigan testning titul slaydida test mavzusi va «Testni boshlash» tugmasi joylashtiriladi. Qolgan slaydlarning soni testda nechta savol bo’lishiga bevosita bog’liq. Har bir slaydda test savoli, undan so’ng test javobi soniga teng boshqarish tugmalari joylashadi. Tugmalarga test javob variantlari kiritiladi. Javob varianti kiritilgan tugma tanlanishi bilan taqdimotning keyingi slaydiga o’tiladi. Agar to’g’ri javob varianti tanlansa, taqdimot «Javob to’g’ri» habari va «Keyingi savol» nomli boshqaruv tugmasi mavjud slaydga o’tadi. Agar noto’g’ri javob tanlansa, taqdimot «Javob noto’g’ri» habari, «Keyingi savol» va «Savolga qaytish» nomli boshqaruv tugmalari mavjud slaydga o’tadi. Shu tarzda savol kiritilgan har bir slayd o’ziga tegishli yana ikki slaydga bevosita bog’lanadi (Rasm 2). |
ma'muriyatiga murojaat qiling