1-amaliy mashg’ulot. Qurilish materiallarining asosiy xususiyatlari, tadqiqot usullari va yong’inda qurilish materiallarining harakatlarini baholash Qurilish materiallarining asosiy fizik-mexanik va teplofizik xossalari


Download 86.65 Kb.
bet1/5
Sana03.12.2023
Hajmi86.65 Kb.
#1797427
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1 амалий машгулот


1-amaliy mashg’ulot. Qurilish materiallarining asosiy xususiyatlari, tadqiqot usullari va yong’inda qurilish materiallarining harakatlarini baholash
Qurilish materiallarining asosiy fizik-mexanik va teplofizik xossalari
Qurilish materiallarining yong‘in sharoitidagi holatlarini xarakterlovchi va mos ravishda o‘rganish quyidagi asosiy xossalarni ko‘rib chiqishni taqozo etadi:
1. Fizikaviy xossalar: zichlik, o‘rtacha zichlik, g‘ovaklik, gigroskopiklik, suv shimuvchanlik, suv o‘tkazuvchanlik, bug‘ va gaz o‘tkazuvchanlik.
2. Mexanikaviy xossalar: mustahkamlik, deformativlik.
3. Teplofizik xossalar: issiqlik o‘tkazuvchanlik, issiqlik sig‘imi, harorat o‘tkazuvchanlik, harorat ta’sirida kengayish, issiqqa chidamlilik.
4. Materiallarni yong‘in xavfsizligini xarakterlovchi xossalar: yonuvchanlik, issiqlik ajralishi, tutun hosil bo‘lishi, zaharli mahsulotlarning ajralishi.
Materiallarning xossalari odatda tajriba usullari va vositalari orqali sonli ko‘rsatkichlar bilan xarakterlanadi.
Fizikaviy xossalar
o‘rtacha zichlik deganda, tabiy holatdagi materialning (g`ovaklari, kovaklari bilan birgalikdagi) massasini uning hajmiga bo‘lgan nisbati tushuniladi va quyidagi ifoda bilan aniqlanadi.
, g/sm3; kg/m3
bu yerda: - zichlik; m - materialning massasi, g, kg; V – materialning tabiy holatdagi hajmi, sm3, m3;
Misol: yengil beton namunasini o‘rtacha zichligini oladigan bo‘lsak; m=750kg, V=1,4 m3
Yechish: kg/m3
Zichlik (haqiqiy zichlik kg/m3) - material massasining absolyut zich (bo‘shliq va g‘ovaksiz) holatdagi hajmiga nisbatiga aytiladi va quyidagicha aniqlanadi.
, g/sm3; kg/m3
bu yerda: - zichlik; m - materialning massasi, g, kg; V – materialning absolyut zich holatdagi hajmi, sm3, m3;

Download 86.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling