Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olib bo‘lishi mumkin bo‘lgan aniqlik
Iqtisodiy aniqlik deganda mexanik ishlov berishni minimal tannarxi bo‘yicha
normal ishlab chiqarish sharoitida, texnologik soz dastgoh va kesuvchi asboblar hamda moslamalardan foydalanib normal vaqt sarfi asosida, ish turiga qarab normal malakali ishchi kuchidan foydalanib olinadigan detallar aniqligi tushuniladi. Olib bo‘lishi mumkin bo‘lgan aniqlik deganda alohida yaratilgan ishlab chiqarish sharoitida, yuqori malakali ishchi kuchidan foydalanib, vaqt sarfini hisobga olmay, mexanik ishlov berish tannarxini ortib ketishiga qaramay olinadigan detal aniqligi tushuniladi. 2.1.2-§. Aniqlikka ta‘sir etuvchi asosiy omillar Detalni tayyorlash aniqligiga quyidagi asosiy omillar ta‘sir ko‘rsatadi: 1. dastgohning noaniqligi; 2. kesuvchi va yordamchi asboblarning tayyorlanish aniqligi; 3. dastgohni talab etilgan o‘lchamga sozlash va kesuvchi asbobning o‘rnatish xatoligi. 4. detalning o‘rnatish va bazalash xatoligi; 5. kesish kuchi ta‘sirida texnologik ishlov berish tizimining (TIBT) deformatsiyasi; 6. kesish jarayonida TIBT ning issiqlik ta‘sirida deformatsiyalanishi; 7. ishlov berishdan so‘ng detalning tekshirish jarayonida uning o‘lchamlarini o‘zgarib qolishi holatlari; 8. O‘lchashdagi xatoliklar. 9. Ish bajaruvchining xatolari. Ishlov berish aniqligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni tahlil qilish uchun ishlov aniqligi koeffitsenti deb nomlangan koeffitsent kiritiladi Bunda, A urt – o‘rtacha aniqlik kvaliteti, bo‘lib quyidagi formula bilan aniqlanadi. Bu yerda, 1-19 – aniqlik kvalitetlari nomerlari: n 1i , n 2i , n 3i … n 19 , n i – 1…19 aniqlik kvalitetlaridagi yuzalar soni. Normativlarga ko‘ra K ia = 0,3 deb yuritiladi. 2.1.3-§. Stanokning noaniqligi Metall kesish dastgohining noaniqligi natijasida hosil bo‘luvchi xatolik uning geometrik xatoligi deb yuritiladi. Dastgohning geometrik xatoligi asosan uning detallari, yig‘ma birikmalarini noto‘g‘ri tayyorlanganligi va yig‘ish jarayonida yo‘l qo‘yilgan xatoliklar oqibatida vujudga keladi. Bu xatoliklarni kattaligi dastgohning aniqlik normalari GOST bo‘yicha belgilanadi. Masalan: tokarlik va frezalash dastgohlari shpindellarining radial tepishi 0,01- 0,015 mm dan oshmasligi kerak. Tokarlik va randalash dastgohlarining yo‘naltiruvchilari to‘g‘ri chiziqli va paralellik bo‘yicha xatoliklari 1000 mm va 0,05- 0,08 mm dan oshmasligi kerak. Dastgohning ishlash jarayonida uning detallari yemirilishi sababli xatoliklar vujudga keladi. Dastgohlarni tayyorlash va yig‘ish xatoliklari GOST normalari bilan chegaralangan bo‘lib, dastgohlarni yuklantirmagan statik holatida qo‘yimlari va geometrik aniqligini tekshirish usuli bilan aniqlanadi. O‘rtacha o‘lchamdagi (kattalikdagi) umumiy xizmat uchun belgilangan dastgohlar geometrik aniqligining (mm-da) ba‘zi bir tavsiflari quyida keltirilgan: – Tokarlik, frezerlik dastgohlari shpindelining radial urishi (shpindelning uchida) 0,01–0,015 mm. – Tokarlik va frezerlik dastgohlarining 300 mm moslama uzunligidagi urishi 0,02 mm. – Vertikal-parmalash dastgohida 100–300 mm moslama uzunligidagi urishi........................................................................................0,03–0,05 mm. – Shpindel yon yuzasining (o‘q bo‘yicha) urishi..........0,01–0,02 mm. – Tokarlik va bo‘ylama randalash dastgohlarining – yo‘naltirgichlarining to‘g‘ri chiziqligi va parallelligi: 1000 mm uzunlik masofasida............................... ...............0,02 mm, to‘la uzunligi bo‘yicha ............. ..................................0,05–0,08 mm. – Frezalash dastgohlari stolining bo‘ylama yo‘naltirgichining to‘g‘ri chiziqliligi 1000 mm uzunlikda.................... ..................................0,04 mm. – Tokarlik dastgohlari shpindellarining o‘qlarini karetka harakati yo‘nalishidagi parallelligi: vertikal tekislikda 300 mm uzunlikda........................0,02–0,03 mm, gorizontal tekislikda ................................................0,01–0,015 mm. – Vertikal-parmalash dastgohlari shpindellari o‘qlarining stol tekisligiga nisbatan perpendikulyarligi 300 mm uzunlikda....... 0,06-0,10 mm. Кo‘rsatilgan taxminiy miqdorlar N-normal aniqlikka ega bo‘lgan dastgohlar uchun keltirilgan. Bu dastgohlarda tanavorlarga mexanik ishlov berilganda IT7–IT9 kvalitet aniqlikka erishiladi. Tavsifi undan yuqoriroq aniqlikka ega bo‘lgan dastgohlarda xatoliklar bir-qancha kamayadi, ularni tayyorlash mobaynida ish sermehnatligi esa tez suratda ortadi va normal dastgohlarga nisbatan qiyoslashda ularning xatoliklari va tayyorlash sermehnatliklari % da quyidagicha taqsimlanadi: Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling