4- ma’ruza: michT dastgohlarining koordinata tizimi


Download 371.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana18.02.2023
Hajmi371.04 Kb.
#1210819
  1   2   3
Bog'liq
4- ma’ruza michT dastgohlarining koordinata tizimi



4- ma’ruza: MIChT dastgohlarining koordinata tizimi 
 
Dastgohlarning koordinat o’qlari va ularning yo’nalish ishorasini tanlash ISO 
R841 xalqaro standartiga muvofiq amalga oshiriladi. Standartga ko’ra koordinat tizimi 
sifatida dastgohdagi detal bilan bog’langan va dastgohning asosiy yo’naltirgichlari bilan 
muvofiqlashgan o’ng to’g’ri burchakli Dekart tizimi qabul qilingan (rasm 16). 
Rasm 16. Koordinatalarning o’ng to’g’ri burchakli Dekart tizimi va o’ng ko’l 
barmoqlari qoidasi 
Dastgoh ishchi organi harakatining musbat yo’nalishi deb detalning musbat 
o’lchamini oshiradigan yo’nalish bo’ladi. Koordinat o’qlarning musbat yo’nalishini 
aniqlashda o’ng qo’l barmoqlari qoidasi yordam beradi. Unga ko’ra “X“ o’qini katta 
barmoq, “Y“ o’qini ko’rsatuvchi barmoq va “ Z“ o’qini o’rta barmoq bilan ifodalash 
mumkin (rasm 16). Barmoqlarning uchi esa bunda musbat yo’nalishni ko’rsatadi. X,Y,Z
o’qlari atrofidagi aydanish harakatlari tegishli ravishda A, B, va C harflari bilan 
belgilanadi. Aylana harakatining musbat yo’nalishi sifatida o’q uchi tomonidan 
qaraganda soat strelkasiga qarshi yo’nalish bo’ladi.
Yuqorida zikr etilgan standartga muvofiq “Z“ o’qi sifatida kesish kuchini 
uzatayotgan shpindel o’qi qabul qilingan. “Z“ o’qining musbat yo’nalishi deb detal va 
kesish asbobi orasidagi masofani oshiradigan yo’nalish bo’ladi. Bu holda “X“ o’qi iloji 
boricha gorizontal va detal mahkamlangan yuzaga parallel bo’lishi lozim. 
Yuqoridagilarga assolangan holda ayrim turdagi dastgohlarning koordinat 
tizimlari va koordinat o’qlarning joylanishi quyidagi rasmlarda ko’rsatilgan. 


1. Tokarlik dastgohning koordinat o’qlarining belgilanishi (rasm 17). 
Rasm 17. Tokarlik dastgohning koordinat tizimi 
2. Vertikal parmalash dastgohi (rasm 18). 

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling