4- ma’ruza: michT dastgohlarining koordinata tizimi


Doimiy uzunlikdagi kadrlarda


Download 371.04 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana18.02.2023
Hajmi371.04 Kb.
#1210819
1   2   3
Bog'liq
4- ma’ruza michT dastgohlarining koordinata tizimi

Doimiy uzunlikdagi kadrlarda axborotni yozish uchun ma’lum va o’zgarmas 
kodli satrlarning soni ajratiladi. Kadr uzunligi ko’chirishlar haqidagi raqamli axborotlar 
va maksimal darajadagi funktsional komandalar to’plamidan tashkil topadi. Bunday 
kadrlarda axborotlar doimo bitta tartibda joylashadi, shuning uchun boshqarish 
funktsiyalarni alohida belgilash kerak bo’lmaydi. 
Kadrdagi so’zlar soni yoki axborot xajmi o’zgarishiga qaramasdan bunday 
kadrlarda o’zgarmas satrlar sonidan foydalaniladi. Bu esa perfolentani ortiqcha 
sarflanishiga olib keladi. 
O’zgaruvchan uzunlikdagi kadrlar faqat dastur jumlasini tuzish uchun kerak 
bo’lgan so’zlardan tashkil topadi. Kadrlarni bir-biridan ajratish uchun har bir kadr 
albatta “kadr oxiri” belgisi bilan yakunlanishi lozim (ISO-7bit standartida bu belgi “LF” 
harflari bilan belgilanadi). 
O’zgaruvchan uzunlikdagi kadrlarda eng kalta kadr ikki so’zdan tashkil topadi: 
“%” - dastur boshi va “LF” – kadr oxiri. Kadrning maksimal uzunligi RDBQning dastur 


formatiga bog’liq. Dastur formati - bu eng ko’p axborot yozilishi mumkin bo’lgan 
kadrning strukturasidir. O’zgaruvchan uzunlikdagi kadrlarda ham so’zlar ketma-ketligi 
doimiy va o’zgarmas bo’ladi. 
Adresli kodlarda har bir raqamli axborot uning adres (yoki kod) belgisi bilan 
birga yoziladi. Shuning uchun adresli kodlarda so’zlar ketma-ketlik tartibiga qattiq talab 
qo’yilmaydi. Faqat kadrlarni ajratish uchun kadr oxiri alohida belgi bilan belgilanishi 
kerak. 
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO’YXATI: 
 
1. Mоlchanоv G.N., Smetankin K.I., Stanki s ChPU. Tashkent O’qituvchi 1993 g. - 
238 s. 
2. Peregudоv L.V. va bоshkalar «Avtоmatlashtirilgan kоrxоna stanоklari» Tоshkent 
«O’zbekistan» 1999-yil, -487 b. 
3. Chernоv N.N- Metall kesish dastgоhlari. O’qituvchi nashriyoti, Tоshkent 1979-yil. 

Download 371.04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling