4- ma’ruza: michT dastgohlarining koordinata tizimi
Rasm 18. Vertikal parmalash dastgohining koordinat tizimi
Download 371.04 Kb. Pdf ko'rish
|
4- ma’ruza michT dastgohlarining koordinata tizimi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Dastur so’zi
Rasm 18. Vertikal parmalash dastgohining koordinat tizimi 3.Vertikal konsolli frezalash dastgohi (rasm 19). Rasm 19. Vertikal konsolli frezalash dastgohining koordinat tizimi 4.Gorizontal yo’nish dastgohi (rasm 20). Rasm 20. Gorizontal yo’nishdastgohi: a) ishchi organlarningharakatlari; b)koordinat o’qlarining yo’nalishlari Parmalash va frezalash dastgohlarida aksariyat hollarda X va Y o’qlari bo’ylab detal harakat qilishi sababi bilan o’qlarning musbat yo’nalishi qarama qarshi bo’lib, “X 1 ” va “Y 1 ” harflari bilan belgilanadi. Yuqoridagi rasmlarda X,Y,Z harflari bilan asosiy o’qlar, U,V,W harflari bilan ikkilamchi o’qlar va P,Q,R harflari bilan uchinchi darajadagi o’qlar belgilangan. Boshqaruv dasturining tuzilishi Boshqaruv dasturi perfolentada kadrlar ketma-ketligi tusida yoziladi. Dastur kadri bu muayyan tartibda joylashgan va o’ziga bitta ishchi operatsiya haqidagi ma’lumotni mujassamlagan so’zlar ketma-ketligi. Kadr ishchi organlarining ikki tayanch nuqtalari oralig’ida surilishi uchun kerakli geometrik va texnologik axborotlarni o’z ichiga oladi. Kadr bitta yoki ko’p so’zlardan tashkil etishi mumkin. Dastur so’zi - bu axborotni bo’linmas qismini ifodalidigan belgilar ketma- ketligidir.So’z xarfli va raqamli qismlardan tashkil etiladi, masalan: M02 (M - adres nomi, 02 - funktsiyaning kodi); X+12345 (X – adres nomi, +12345 - surish uzunligi). Dastur tuzilishini bildiradigan sxema rasm 23 ko’rsatilgan. Rasm 23. Raqamli dasturning tuzilish sxemasi Kadrni yozilishiga misol: N001 G01 X+002000 Y- 020000 LF. Ushbu kadr beshta so’zlardan tashkil topib, ularning ma’nosi quyidagilarni bildiradi: Birinchi so’z: N001 - kadrning nomeri Ikkinchi so’z: G01- chiziqli interpolyatsiya Uchinchi so’z: ishchi organni X o’qi bo’yicha +002000 masofaga surilishi To’rtinchi so’z: ishchi organniY o’qi bo’yicha -020000 masofaga surilishi Beshinchi so’z: LF - kadrning oxiri Ushbu kadrni ISO-7bit standartida perfolentada yozilishi 24-rasmda berilgan. Rasm 24. Kadr yozlishini namunasi Yuqoridagi xalqaro standarti tavsiyalariga ko’ra kadrda so’zlar quyidagi tartibda yozilishi lozim: 1. Kadr nomeri ( N -so’zlar) 2. Tayyorlov funktsiyalari (G - so’zlar) raqamli dastur bilan boshqarish rejimlari, masalan, tez harakat qilish, chiziqli interpolyatsiya, rezba ochish va boshqalar, jami 100 yaqin funktsiyalar 3. Koordinatalar yoki o’lchamli surishlar (X,Y,Z,U,V,W,P,Q,R,A,B,C,I,J,K,D,E) 4. Surish tezligi (F- so’zlar) 5. Kesish yoki bosh harakat tezligi (S - so’zi) 6. Asbobni tanlash funktsiyasi (T - so’zlar) 7. Yordamchi funktsiyalar (M - so’zlar) Kodlashda adreslardan tashqari xizmat belgilari qo’llanishi mumkin.Masalan, “:” -axborotni tiklash belgisi; “+,- “ - harakat yo’nalishi belgisi; “%” - dastur boshlanishi va boshqalar. Tuzilishiga qarab kadrlar doimiy uzunlikda, o’zgaruvchan uzunlikda va adresli bo’lishi mumkin. Download 371.04 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling