T/r savol: Bolangiz…


Download 34.55 Kb.
Sana07.01.2023
Hajmi34.55 Kb.
#1082957
Bog'liq
Ота-оналар учун


O’zingizni baholang

Hurmatli ota-onalar, hayot sur’atlari juda tezlashib ketgan davrda yashayapmiz. Tabiiyki, bunday sharoitda odam kundalik turmush tashvishlari bilan yashab, bir kunda 2-3 kunlik ishlarni qilishga harakat qiladi. Natijada uzoq muddatdan keyin natija beradigan ishlarga ba’zan yetarli e’tibor bermaydi. Lekin katta maqsaddar katta natijalarga aylanishi, ro’yobga chiqishi uchun katta vaqt ham kerak bo’ladi. Tarbiya ana shunday katta, ulkan maqsad va natijalarga eltadi. Shunday ekan, tarbiya har kuni qilinadigan kichik-kichik aniq ishlar yig’indisiga aylanishi uchun biz har kuni ishlashimiz kerak.
Quyidagi savollar ana shu ulkan maqsad yo’lida siz qilayotgan ishlarni baholashingizga yordam berish maqsadida tuzildi.

Bolangizda mana bu fazilatlar bo’lishini xohlaysizmi?



T/R

Savol: Bolangiz….

Ha

Yo’q

1

2

3

4

1.

Yo’l harakati qoidalarini bilishini xohlaysizmi?



2.

Sog’lig’ini qanday saqlashni bilishini xohlaysizmi?



3.

Vatanparvar bo’lishini xohlaysizmi?



4.

Firibgarlardan o’zini himoya qila olishini xohlaysizmi?



5.

Odamlarga yaxshilik qilib yurishini xohlaysizmi?



6.

Chet tillarini yaxshi bilishini xohlaysizmi?



7.

O’z fikrini erkin, mustaqil bayon qila olishini xohlaysizmi?



8.

Xushmuomala bo’lishini xohlaysizmi?



9.

Sport bilan shug’ullanishini xohlaysizmi?



10.

Kerakli vaziyatlarda daxldorlikni namoyon qilishini istaysizmi?



11.

Internetdan to’g’ri foydalanishini xohlaysizmi?



12.

Mobil telefondan yaxshi maqsadlarda foydalanishni bilishini xohlaysizmi?



13.

Har yili yangi kiyim-kechaklar kiyib yurishini xohlaysizmi?



14.

Har kuni uch mahal ovqatlanishini xohlaysizmi?



15.

Sog’-salomat yurishini xohlaysizmi?



16.

Buyuk ajdodlarimiz (Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi va b.) haqida hikoya qilib bera olishini xohlaysizmi?



17.

Biror kasb egasi bo’lishini istaysizmi?



18.

Odam savdosi qurboni bo’lmasin, deysizmi?



19.

Siz bilan do’stona suhbatlar qurishini istaysizmi?



20.

Uy ishlari, yumushlarini bajarishini xohlaysizmi?




Jami:



Har bir javobga «Ha», deb javob bersangiz, 1 raqamini, «Yo’q», deb javob bersangiz 0 raqamini qo’ying. Jami ballar yig’indisi 20 ball bo’lsa, Siz farzandingizda mana shu fazilatlar bo’lishini astoydil istashingiz ma’lum bo’ladi. Agarda Siz istagan fazilat ro’yxatda bo’lmasa, hechqisi yo’q. O’zingiz yozib, qo’shib qo’ying. Uni keyingi savolnomalarga ham kiriting.
Bolangizda mana bu fazilatlar bormi?

T/R

Savol: Bolangiz….

Ha

Yo’q

1

2

3

4

1.

Yo’l harakati qoidalarini biladimi?



2.

Sog’lig’ini qanday saqlashni bila­dimi?



3.

Vatanni qanday sevishni biladimi?



4.

Firibgarlardan o’zini qanday himoya qilishni biladimi?



5.

Odamlarga qanday yaxshilik qilishni biladimi?



6.

Chet tillarini yaxshi biladimi?



7.

O’z fikrini erkin, mustaqil bayon qila oladimi?



8.

Xushmuomalami ?



9.

Sport bilan shug’ullanadimi?



10.

Kerakli vaziyatlarda daxldorlikni namoyon qila oladimi?



11.

Internetdan qanday foydalanish(maslik)ni biladimi?



12.

Mobil telefondan qanday foyda­lanish (maslik) ni biladimi?



13.

Har yili yangi kiyim-kechaklar olib berganmisiz?



14.

Har kuni uch mahal ovqatlanishini ta’minlaganmisiz ?



15.

Kasal bo’lsa, davolatganmisiz ?



16.

Buyuk ajdodlarimiz (Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi va b.) haqida hikoya qilib bera oladimi?



17.

Qaysi kasb egasi bo’lishini bila­dimi?



18.

«Ommaviy madaniyat», giyohvandlik, odam savdosi, missionerliq «Erkinlik va demokratiyani olg’a siljitish», diniy ekstremizm, ludomaniya, loqaydlik, odam savdosi kabi taxdidlardan o’zini himoya qila oladimi?



19.

Bolangiz siz bilan do’stona suhbatlar quradimi?



20.

Bolangiz uy ishlari, yumushlarini bajaradimi?




Jami:



Har bir javobga «Ha», deb javob bersangiz, bo’sh katakchaga 1, «Yo’q», deb javob bersangiz 0 raqamini yozib qo’ying. Jami ballar yig’indisi 20 ball bo’lsa, bu farzandingiz Siz orzu qilgandek inson bo’lib etishayotganini tasdiqlaydi. 14 ball to’plagan bo’lsangiz, u siz orzulagan kishiga yaqin odam bo’lib borayotganini bildiradi. Agarda 7 va undan kam ball to’plagan bo’lsangiz, bu Sizning orzularingiz va bolangizdagi bor fazilatlar keskin farq qilayotganini bildi­radi. Endi shu kungacha qilolmagan tarbiyaviy bo’shliqni to’ldirishga kirishing. Hali ham kech emas.
O’rgatganmisiz?

T/R

Savol

Ha

Yo’q

1

2

3

4

1.

Yo’l harakati qoidalarini o’rgatganmisiz?



2.

Sog’liqni saqlashni o’rgatganmisiz?



3.

Vatanni sevishni o’rgatganmisiz?



4.

Firibgarlardan o’zini qanday himoya qilishni o’rgatganmisiz?



5.

Odamlarga yaxshilik qilishni o’rgat­ganmisiz?



6.

Bolangizning chet tillarini o’rganishi uchun sharoit yaratganmisiz?



7.

O’z fikrini erkin, mustaqil bayon qilishga o’rgatganmisiz?



8.

Xushmuomalalikni o’rgatganmisiz?



9.

Sport bilan shug’ullanishni o’rgat­ganmisiz?



10.

Qanday vaziyatlarda daxldorlikni namoyon qilishga o’rgatganmisiz?



11.

Internetdan qanday foydalanish(maslik)ni o’rgatganmisiz?



12.

Mobil telefondan qanday foydalanish(maslik)ni o’rgatganmisiz?



13.

Har yili yangi kiyim-kechaklar olib berganmisiz?



14.

Har kuni uch mahal ovqatlanishini ta’minlaganmisiz ?



15.

Kasal bo’lsa, davolatganmisiz?



16.

Buyuk ajdodlarimiz(Amir Temur, Alisher Navoiy, Mirzo Ulug’bek, Jaloliddin Manguberdi va b.) haqida hikoya qilib berganmisiz?



17.

Kasblar to’g’risida hikoya qilib ber­ganmisiz?



18.

«Ommaviy madaniyat», giyohvandlik, missionerlik, «Erkinlik va demo­kratiyani olg’asiljitish», diniy ekstremizm, ludomaniya, loqaydlik, odam savdosi kabi tahdidlardan o’zi­ni himoya qilishni o’rgatganmisiz?



19.

Bolangiz bilan do’stona suhbatlar qurishga harakat qilganmisiz?



20.

Bolangizga uy ishlari, yumushlarini qanday bajarishni o’rgatganmisiz?




Jami:



Bu savolga bergan javoblaringiz jondan aziz farzandingiz tarbiyasi bilan siz, amalda, shu kungacha qanday shug’ullanganingizni ko’rsatib beradi. Jami ballar yig’indisi 20 ball bo’lsa, siz zamonamizning eng namunali ota-onalaridan biri ekaningizni tasdiqlaydi. Chunki, siz baxtli ota-onalikni o’z tarbiyangiz bilan qozonyapsiz.
Agarda 14 ball to’plagan bo’lsangiz, bolangizning baxtli bo’lishi uchun zarur bo’lgan ba’zi fazilatlar yodingizdan chiqib qolayotir. Farzandingizga o’zingiz istagan fazilatni shakllantiring.
7 va undan kam ball to’plagan bo’lsangiz, bu Sizning orzularingiz orzu bo’lib qolayotganidan ogohlantiradi. Zudlik bilan «Ota-onalar universiteti», mahalla fuqarolar yig’inining diniy-ma’rifat va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo’yicha yordamchisi tomon shoshiling. Kech bo’lmasin! Sizga omad tilaymiz.
Hurmatli ota-onalar! Bizga suhbatdosh bo’lganingiz uchun Sizga rahmat.
Sizga hamma havas qiladigan otalik va onalik baxtini tilab qolamiz.
Download 34.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling