7-sinflar uchun. “Kasbiy qiziqishlarni aniqlash” metodikasi
Download 16.8 Kb.
|
1 2
Bog'liq“Kasbiy qiziqishlarni aniqlash” metodikasi.
- Bu sahifa navigatsiya:
- Menga yoqadi
7-sinflar uchun. “Kasbiy qiziqishlarni aniqlash” metodikasi. Ko’rsatma: Savolnomadagi ta’kid-xukmlarga munosabatingizni bildiring. Agar “ha” deb javob bersangiz javoblar varaqasidagi raqamlar yoniga “+”, “yo’q” deb javob bersangiz “-“belgisini, ikkilansangiz “?” belgisini qo’ying. Menga yoqadi: 1.Matematika va fizika sohasidagi yangiliklardan xabardor bo’lish. 2.O’simlik va hayvonlar hayoti haqida ko’rsatuvlarni tomosha qilish. 3. Elektr asbob-uskunalarining tuzilishiga qiziqish. 4. Texnikaga oid ilmiy-ommabop jurnallarni o’qish. 5. Turli millatlarga mansub insonlarning turmush tarziga qiziqish. 6. Teatr, konsert va ko’rgazmalarga borib turish. 7. Mamlakatimiz va chet davlatlardagi voqea-hodisalarga qiziqish. 8. Tibbiyot xodimlarining faoliyatiga qiziqish. 9.Uyda, maktabda va sinfda saranjom-sarishtalikka rioya qilish. 10. Urush voqealari va jangler tarixi haqida kitoblar o’qish, fil’mlar tomosha qilish. 11. Matematik masalalarni yechish. 12. Kimyo va biologiya sohasidagi yangiliklarga qiziqish. 13.Maishiy elektrotexnika asboblarini ta’mirlash. 14.Fan-texnika yutuqlariga oid ko’rgazmalarga borib turish. 15.O’rganilmagan joylarda bo’lish, sayohatlarga boorish. 16.Yangi kitoblar, fil’mlar hamda konsertlar haqidagi maqolalarni o’qish. 17. Maktabdagi jamoat ishlarida faol qatnashish. 18. Sinfdoshlariga o’quv materiallarini o’zlashtirishga ko’maklashish. 19. Uy ro’zg’or ishlarini mustaqil bajarish. 20.Kun tartibiga, sog’lom turmush tarziga rioya qilish. 21. Fizikadan tajribalar o’tkazish> 22. Hayvonlarni va o’simliklarni parvarish qilish. 23. Elektronika va radiotexnika sohasiga oid adabiyotlarni o’qish. 24.Soat mexanizmlarini va belosiped qismlarini yig’ish va ta’mirlash. 25. Toshlar va minerallardan kolleksiya to’plash. 26. She’r, ertak va hikoyalar yozish, kundalik yuritish. 27.Taniqli siyosatshunoslar hayoti va ijodiga qiziqish, tarixiy kitoblarni o’qish. 28.Kichik yoshdagi o’quvchilarni dars tayyorlashiga yordamlashish, ular bilan o’ynash. 29.Oziq-ovqat maxsulotlarini sotib olish, sarf-xarajatlarni hisoblash. 30.Harbiy o’yinlar o’ynash. 31.Darsdan tashqari fizika va matematika fanlaridan qo’shimcha shug’ullanish. 32. Tabiat hodisalarini tushuntirish va izohlash. 33. Kompyuter qismlarini yig’ish va ta’mirlash. 34. Kompyuterda chizmalar, sxemalar, grafiklar chizish. 35. Geologik va geografik ekspedesiyalarda ishtirok etish. 36.O’qigan kitoblari va ko’rgan fil’mlar haqida do’stlariga so’zlab berish. 37.Mamlakatimiz va chet davlatlardagi siyosiy voqealarni kuzatish. 38.Yosh bolalar va yaqinlari bemor bo’lganda ularni parvarishlash. 39. Daromad keltiradigan biznes rejalarni tuzish. 40.Jismoniy tarbiya va sport bilan shug’ullanish. 41. Fizika-matematika fan olimpiadalarida qatnashish. 42.Kimyo va biologiyadan laboratoriya tajribalarini o’tkazish. 43.Elektr asbob-uskunalarining ishlash tartibini tushunish. 44.Turli mexanizmlarning qay yo’sinda ishlashiga qiziqish. 45. Geologik va geografik xaritalar bilan ishlash. 46. Sahna ko’rinishlari va konsertlarda ishtirok etish. 47.Boshqa davlatlarning siyosati va iqtisodiyotiga qiziqish. 48. Insonlarning xulq-atvori va organizmining tuzilishini o’rganish. 49. Oila byudjetini rejalashtirishda ishtirok etish. 50. Sport musobaqalarida qatnashish. Natijalarni xisoblash: Har bir ustun bo’yicha “+”lar soni hisoblab chiqiladi. Qaysi ustundagi “+” soniko’p bo’lsa, o’sha ustundagi faoliyatga nisbatan o’quvchining qiziqishi aniqlanadi.
Natijalarni xisoblash: Har bir ustun bo’yicha “+”lar soni hisoblab chiqiladi. Qaysi ustundagi “+” soniko’p bo’lsa, o’sha ustundagi faoliyatga nisbatan o’quvchining qiziqishi aniqlanadi. I- Fizikava matematika. II- Kimyo va biologiya. III- Radiotexnika va elektronika. IV-Mexanika va konstruksiya. V- Geografiya va geologiya. VI- Adabiyot va tasviriy san’at. VII- Tarix va siyosat. VIII- Pedagogika (psixologiya) va tibbiyot. IX- Tadbirkorlik va uy-ro’zg’or ishlari. X- Sport va harbiy soha. 7-sinf uchun. “ Download 16.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling