Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish
Download 1.9 Mb. Pdf ko'rish
|
MARUZA - 3 (1)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Misol
1.2. - jadval
Ishlab chiqarish turi Bir nomdagi detallarni ishlab chiqarish yillik dasturi yengil, 20 kg o‘rtacha, 20-300 kg og‘ir, 300 kg dan ortiq Donalab 100 gacha 10 gacha 1-5 Mayda seriyali 101-500 11-200 6-100 O‘rta seriyali 501-5000 201-1000 101-300 Ko‘p seriyali 5001-50000 1001-5000 301-1000 Yalpi (ko‘plab) 50000 dan ortiq 5000 dan ortiq 1000 dan ortiq Biriktirilgan operatsiyalarni koeffitsiyent orqali aniqlash mumkin, ma‘lum vaqt mobaynida bo‘limda bajariladigan texnologik operatsiyalar soni (O) ni shu bo‘limdagi ish joylari (R) ga nisbati biriktirilgan operatsiyalar koeffitsiyenti (K) ga teng bo‘ladi. K = O/R (1.2) Mashinasozlikda ishlab chiqarish turlari quyidagicha aniqlanadi: K ≤1 bo‘lsa - yalpi ishlab chiqarish 1< K ≤ 10 bo‘lsa - ko‘p seriyali ishlab chiqarish 10 < K ≤ 20 bo‘lsa - o‘rta seriyali ishlab chiqarish 20 < K ≤ 40 bo‘lsa, mayda - kichik seriyali ishlab chiqarish Donalab ishlab chiqarishda K>40 bo‘ladi. Misol. Mexanik sex bo‘limida 15 ta ish joyi mavjud. Bir oy mobaynida 128 ta har xil texnologik operatsiyalar bajarilgan. Ishlab chiqarish turini aniqlang. Yechish: 1) Biriktirilgan operatsiyalar koeffitsiyentini (1.2) formula yordamida aniqlaymiz. K = 128/15 = 8,53 Demak, bo‘limda har bir ish joyiga o‘rtacha 8,53 operatsiyalar biriktirilgan. 2) Ishlab chiqarish turi 1 3) Seriyali ishlab chiqarish cheklangan mahsulot nomenklaturasiga ega bo‘ladi. Nisbatan ishlab chiqarish hajmi katta bo‘lib, ishlab chiqarish davriy ravishda qaytalanadigan partiyalar ko‘rinishida bajariladi. Ko‘p seriyali ishlab chiqarish seriyali ishlab chiqarishning bir ko‘rinishi bo‘lib, katta partiyalar bilan ishlov beriladi va yalpi ishlab chiqarishga yaqin bo‘ladi. 10> Download 1.9 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling