Ishlab chiqarish turlari va ularda ishni tashkil qilish


Download 1.9 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/81
Sana16.11.2023
Hajmi1.9 Mb.
#1777876
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81
Bog'liq
MARUZA - 3 (1)

Texnologik operatsiya texnologik jarayonning bir qismi bo‘lib, bir ish o‘rnida 
(bir yoki bir necha ishchi tomonidan) ketma-ket bajariladigan ishlar yig‘indisidan 
iborat. 
O‘rnatish operatsiyaning bir qismi bo‘lib detalning (dastgoh turiga qarab bir 
necha detalning) bir marta mahkamlanganda bajariladigan ishlar yig‘indisidan iborat. 


Dastgohga o‘rnatilgan yoki mahkamlangan zagotovka uning ishchi organlariga 
nisbatan stolni aylanishi yoki siljishi natijasida yangi holatni egallashi mumkin. 
Holat detalning bir marta mahkamlangan holatida dastgohning ishchi 
organlariga nisbatan egallagan holatidir. Holatni o‘zgarishi dastgoh stolining aylanishi 
yoki siljishi natijasida bo‘ladi. Masaslan: ko‘p shpindelli ko‘p holatli dastgohlarda. 
Operatsiya texnologik va yordamchi o‘tishlarga bo‘linadi. Texnologik o‘tish 
texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo‘lib, detalning ishlov berilayotgan 
yuzasini, kesuvchi asbobning va kesish maromlarining doimiyligi bilan xarakterlanadi. 
Yordamchi o‘tish texnologik operatsiyaning tugallangan qismi bo‘lib, 
ishchining va (yoki) dastgohning harakatlari yig‘indisidan iborat. Yordamchi o‘tish 
natijasida detalning shakli, o‘lchamlari va xususiyatlari o‘zgarmaydi. 
O‘tish o‘z navbatida ishchi va yordamchi yurishlardan iborat bo‘ladi. Ishchi 
yurish texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, kesuvchi asbobni, ishlov 
berilayotgan yuzani doimiy saqlagan holda detaldan ma‘lum qatlamni kesib olish bilan 
bog‘liq bo‘ladi. 
Yordamchi yurish texnologik o‘tishning tugallangan qismi bo‘lib, kesuvchi 
asbobni ishlov berilayotgan detalga nisbatan metallni kesib olmagan holda bir marta 
siljishidan iborat. Bu o‘tish kesish jarayonini takroran amalga oshirish uchun kesuvchi 
asbobni kerakli holga qaytarish uchun zarur bo‘ladi. 
1.2.4-§. Ishlab chiqarish takti 

Download 1.9 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling