so`ngra tampon ostida ikkilamchi tortilish yuli bilan bitish hisoblanadi,
katta
hajmdagi o`zgarishlarda o`zgargan to`qima suyak usti pardasigacha kesiladi va
so`ngra yara tikiladi. To`qima etmagan xolda yara chetlari
suyak usti pardasiga
tikiladi. Qattiq tanglayda uchraydigan papillomatoz hosilalar qiyinchilik tug’diradi.
Bunday o`zgarishlar protez takish natijasida, og’iz bo`shligi
gigienasi sustligida,
zamburugli infektsiyada uchraydi. Konservativ davo va protez korrektsiyasi
yordam bermasa xirurgik aralashuv talab etiladi.
Unda koagulyatsiya, suyuk azot
bilan
ishlov berish, bor bilan kesish yoki skal’pel’ bilan suyak usti pardasigacha
kesib, olib tashlash kiradi.
Retromolyar sohadagi to`qima hajmini kamaytirish.
Bu erda to`qima gipertrofiyasi tufayli ortiqcha to`qima hosil bo`ladi. Bu
to`qima ellipssimon kesim o`tkazilib, defekt chetlari yupqalashtirilib, yara tikiladi.
Tanglay distal qismidagi yumshoq to`qimani bartaraf etish.
Bu erdagi to`qima gipertrofiyasi tanglayni
toraytiradi yoki protez
fiksatsiyasiga qiyinchilik tugdiradi. Ortiqcha to`qima skal’pel’ bilan shilliq va
shilliq osti qavati sohasida kesib olinadi. YAra chetlari
kelishtirilib tikiladi va
himoya plastinkasi taqib qo`yiladi.
Al’veolyar usiqdagi ortiqcha to`qimani olib tashlash. Suyak atrofiyasida,
noadekvat fiksatsiyalangan protezlash taqish oqibatida,
suyak tayanchi
bo`lmagandan keyin yumshoq to`qima ortigi ko`zatiladi. Agar uni al’veolyar
usiqni kengaytirishga yoki balandligini oshirishga ishlatib bo`lmasa kesib olinadi.
Al’veolyar usiq bo`ylab ikkita parallel bir-biri bilan tutashuvchi kesim o`tkaziladi.
To`qima olingandan so`ng, yara tikiladi. CHandikli o`zgarishlar bor to`qimalar
suyak usti pardasi bilan qo`shib olib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: