Tayanch harakat aparatining mexanik shikastlanishlari. Immoblizatsiya


Download 28.92 Kb.
bet1/10
Sana26.01.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1127602
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ХФХ 2 маруза


TAYANCH HARAKAT APARATINING
MEXANIK SHIKASTLANISHLARI. IMMOBLIZATSIYA


Reja:
1. Suyaklar sinishiniing turlari va belgilari.
2. Suyaklarning chiqishi va uninig trurlari.
3. Suyaklar chiqqanda 1-yordam ko`rsatish.
4. Suyaklar chiqishi va unga birinchi yordam.


SUYAK sinishi deb, suyak butunligininig buzilishiga aytiladi. Suyak sinishida ko`pchilik hollarda suyak siniqlarining siljishi ro`y beradi. Bir qator hollarda suyak siniqlari bo`lmaydi. . (bolalarda bo`ladigan suyak sinishlarida)
Suyak sinishi tug`ma va orttirilgan bo`lishi mumkin.
Homilaninig ona qornidagi davrida turli omillarniing ta`sirida yuz beradigan shikastlanish turiga t u g` m a sinish deyiladi.
Katta yoshdagi kishilarda va bolalarda qanday bo`lmasin mexanik omillar natijasida ro`y beradigan sinish turlarini orttirilgan suyak sinishi dab atash rasm bo`lgan. Tug`ruq vaqtida yuz beradigan sinishlar orttirilgan sinishlar qatoriga kiradi. Suyak kasalliklarida ro`y beradigan sinishlar patalogik sinishlar deyiladi.
Suyaklarniing elastikligi yo`qolishi natijasida keksa yoshdagi kishilarda suyak sinishlari ko`p uchraydi.
Suyak sinishlarida 1 yordam shikastlangan qo`l yoki oyoqni immobilizatsiyalashdan iborat. Ochiq suyak sinishida oldin aseptik bog`lam qo`yiladi. Bemorga anal`getiklar yuboriladi va uni shifoxonaga etkaziladi.


SINISHLARNI DAVOLASH PRINSIPLARI.

Sinishlarninig davolash asosini suyak siniqlarini joy- joyiga silish va suyak qadog`i hosil bo`lguncha ularni shu vaziyatda tutib turish tashkil etadi. Suyak siniqlarini joyiga solishdan oldin og`riqsizlantiriladi. Suyak siniqlarini to`g`ri vaziyatda ushlab turish uchun:


1) Gips bog`lam qo`yiladi.
2) teri ustidan va skeledann tortish qo`llaniladi.
3) Suyak siniqlarini xirurgik metod bilan fiksatsiya qilinadi.
transport immobilizatsiyasi- suyak sinishlarida va yumshoq to`qimalar anchagina shiakstlanganda gavdaniing shu qismiga orom berish, og`riqni kamaytirish, to`qimalarni keyingi shikastlanishini oldini olish, Shuningdek travmatik shokni profilaktika qilish maqsadida qo`llaniladi. Transport immobilizatsiyasininig qo`yidagi turlari farqlanadi:
1) Oddiy immob-ya - bunda bemor gavdasining sog`lom qismlaridan foydalaniladi.M: oyog`i singanda 2 sog`lom oyog`iga bog`lanadi. Shikastlangan qulini tanasiga bo`glanadi.
2) Mavjud vositalar bilan imm-sh. Tayoq taxta bo`lagi , bir dasta sim, shox- shabbalardan shunday vositalar yordamida ofydalanish mumkin.
3) Zavodda ishlab chiqilgan transport shinalari bilan imm-ya qilish.
Transport shinalari ikkiga:
Fiksatsion va distraksion shinalarga bo`linadi.
Fiksatsion shinalar yordamida gavdaning shikastlangan qismi fiksatsiya qilinadi.
Kramer shinasi yoki narvonsimon shinani yumshoq simdan tayorlanadi. gavdaniing qaysi qismi immob- ya qilinishiga qarab, shina shaklini istagancha uzgartirish mumkin. Tursimon shina ham yumshoq simdan yasalgan turdan iborat. Uni osonlikcha yumoloqlab urash mumkin. Asosan bilak, qo`l va oyoq panjasini immob-ya qilish uchun qo`llaniladi. Faner shinalar aksariyat tarnov shaklida tayorlanadi. Vakuum tibbiyot shinalari – oyoq va qo`llarni immob-ya qilish uchun ishlatiladi.
Distraksion shinalar- bu siniq suyak uchlarini bir- biridan uzoqlashtirib, qon tomir va nerv tolalari shikastlanishini oldini oladi. Bularga- Diterixs shinasi kiradi.
Transport shinalarini qo`ytishda qator qoidalarga amal qilish zarur. Shina shikastlangan zonadan tashqari ikkita qo`shni bo`gimni mahkam ushlab turish zarur. Immob- ya qo`pol manipyulyar qilish yaramaydi. Shikastlangan kishininig kiyim- boshi yechiladi , bog`lam shikastlangan qismigagina bog`lanadi. Shinaga max sus paxta, doka, uraladi.
Narvonsimon shina qo`yish.
Shian gavdaniing qaysi qismiga qo`yilishiga qarab oldindan modellanadi. Elka suyagi singanda shina sog`lom tomondagi kurakning ichki chetidan boshlab quyilishi , yaqinlashtirilgan qulning yarim bukilgan tursak bug`imining tashqi yuzasi bo`ylab borishi va barmoqlar uchidan birmuncha oshirib tugallanishi kerak. Bilak shikastlanganda elkaning uchdan bir o`rta qismi shinaning yuqori sathi, barmoqlarninig uchlari shinaning pastki sathi hisoblanadi. Boldir shikastlanganda uchala tomondan fiksatsiya qilgan yahshi: Bitta shianni boldir va oyoq panjasi barmoqlari uchininig orqa sathidan sonning uchdan bir qismigacha , boshqa ikkitasini boldirning yon tomonlari bo`ylab fiksatsiya qilinadi. Bunda shinalarning oyoq kaftlariga tegib turadigan qismini boldir- panja bug`imini birmuncha mustahkamlash uchun uzangi ko`rinishida qayriladi.
Derixs shinasini qo`yish. Shinaning oyoq kaftiga mos keladigan qismini oyoq panjasininig kaft qismiga bint bilan fiksatsiya qilinadi. Birmuncha uzun tashqi qismini qo`ltiqdan boshlab qo`yiladi va oyoq qismiga metall halqaga kiritilib, undan 8- 10 sm tashqariga chiqarib qo`yiladi.

Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling