Tayanch harakat aparatining mexanik shikastlanishlari. Immoblizatsiya


Lifangit-limfa tomirlarining, limfadenit


Download 28.92 Kb.
bet9/10
Sana26.01.2023
Hajmi28.92 Kb.
#1127602
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
ХФХ 2 маруза

Lifangit-limfa tomirlarininglimfadenit esa limfa bezlarining yallig’lanishidir. Yiringli jarayonlarning asorati sifatida rivojlanadi. Bemorlar shikastlangan soxada achishish, qichishga shikoyat qiladilar, yiringli o’choqdan limfa tugunlari tomon yo’nalgan qizil chiziqlar h’osil bo’ladi, ular og’riqli bo’lib, kattalashadi, zichlashadi. Ularning atrofidagi teri qizargan, bir qancha vaqt o’tgach flyuktuatsiya kuzatiladi.
Davolashda asosiy yiring o’chog’ini tugatish, antibakterial terapiya, immobilizatsiyadan foydalaniladi.
Abtsess-yiringni to’qima va azolarda chegaralangan to’planishidir. Asosiy qo’zg’atuvchisi stafilakokklar. Yaralanganda, mikrotravmalarda, muolajalar qilishda aseptika qoidalari buzilganda kelib chiqadi. og’riq, teri qizarishi, flyuktuatsiya kuzatiladi. Tana h’arorati ko’tariladi.
Flegmona-teri osti yoki mushak aro to’qimasining tarqalgan yiringli yallig’lanishi. Klinik belgilari: teri qizarishi, yuqori h’arorat, og’riq, shikastlangan azo faoliyatini buzilishi.
Abtsess va flegmonani davolash shakllanib bo’lgan yiringni kesish, ulgan to’qimalarni olib tashlash, vodorod peroksid, furatsilin bilan yarani yuvish, drenaj yoki gipertonik eritmali tampon qo’yishdan iborat. Antibiotiklar, stafilakokka qarshi γ-globulin, dezintoksikatsiya maqsadida qon o’rnini bosuvchi suyuqliklar yuboriladi.
Sepsis-og’ir infektsion kasallik bo’lib, ko’pincha yiring chaqiruvchi mikroblar keltirib chiqaradi. Sepsis to’g’ridan-to’g’ri rivojlansa birlamchi, yiringli kasalliklardan so’ng kelib chiqsa ikkilamchi deyiladi. Sepsis organizmni infektsiyaga qarshi qobiliyati pasayganda, yiringli yallig’lanishlar butun tana bo’ylab tarqalib ketishi natijasida ro’y beradi. Septitsemiya va septikopiemiya farqlanadi. Metastazlarsiz o’tkir sepsis-septitsemiyada yuqori h’arorat (40-410 S), kunlik h’aroratni farqi kichik bo’lishi (10 S), metastazlarda esa (septikopiemiya) ertalabki va kechqurungi h’aroratlar orasida farq katta bo’lishi kuzatiladi. Teri oqargan, petexial toshmalar, pulsni kuchsizligi, arterial bosim pasaygani aniqlanadi. Qonda leykotsitoz, sterillikka tekshirilganda mikroblar o’sishi aniqlanadi. Eng og’ir asorati septik shok h’isoblanadi.
Davolashda bemorni kaloriyali, vitaminli ovqatlantirishga etibor berish kerak. YOtoq yaralarini oldi olinadi. Sepsisni keltrib chiqargan o’choq bartaraf etiladi. Antibiotiklar, immunostimulyatorlardan foydalaniladi.

Download 28.92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling