Seminar mashG`ulot №29 Davolash. Reja


Download 22.61 Kb.
bet1/2
Sana20.12.2022
Hajmi22.61 Kb.
#1035887
  1   2
Bog'liq
nazariy 29


SEMINAR MAShG`ULOT № 29
Davolash.
REJA:

  1. Antibakterial terapiya. Zamonaviy antibiotik guruxlari. Penitsillinlar, yarimsintetik penitsillinlar, makrolidlar, aminoglikozidlar, tsefalosporinlar, tetrasiklinlar, levomitsetin, boshqa antibiotiklar va antibakterial dorilar.

  2. Noma’lum etiologiyali pnevmoniyalarda antibiotikni tanlash. Antibakterial dorilarni kombinatsiyasini qo‘llash.Antibakterial terapii davomiyligi va uni to‘xtatish mezonlari.


Antibakterial dori vositalarini qabul qilish miqdori 3-jadvalda keltirilgan.

  • Antibakterial terapiyaning samarasi davo boshlangandan 48-72 soat o‘tgach baholanadi. Bu muddat ichida intoksikatsiya va tana haroratining kamayganligi, nafas yetishmovchiligi belgilari bartaraf etilganligi samaradorlikning asosiy mezonlari hisoblanadi. Bemorda yuqori harorat va intoksikatsiya saqlanib tursa yoki kasallik belgilari avj olib borsa, davo samarasiz deb hisoblanadi va antibakterial preparatni boshqasiga almashtirib, bemorni shifoxonaga yotqizish masalasi ko‘riladi. Antibakterial terapiyani o‘zgartirish bo‘yicha tavsiyalar 5-jadvalda berilgan. Davolash muddati odatda 7-10 kunni tashkil etadi. Kasallik kelib chiqishida xlamidiya yoki mikoplazma sababchi ekanini tasdiqlovchi klinik va epidemiologik belgilar bo‘lganda davolash muddati 14-kun, stafilokokk yoki grammanfiy enterobakteriyalar sababchi bo‘lsa 14-21 kunni tashkil etishi zarur.

  • Rentgenografiya nazoratida infiltrat saqlanib tursa bu holat antibiotiklar bilan davoni davom ettirishiga asos bo‘lmaydi, shu bilan birga zotiljamning klinik, rentgen va laborator belgilari uzoq muddat saqlanib turgan hollarda o‘pka raki, sil, surunkali yurak yetishmovchiligi kabi kasalliklar bilan differensial diagnoz o‘tkazish kerak.

  • Davolash jarayonida bemor umumiy ahvoli va muolaja samarasini baholash maqsadida qo‘yidagi tekshiruvlarni o‘tkazish maqsadga muvofiq:  Qon umumiy tahlili - kasallikning 2-3 kuni va antibakterial terapiya tugagandan so‘ng.

  • Qon biokimyoviy tahlili – birinchi tekshiruvda o‘zgarishlar mavjud bo‘lganda, 1 xafta o‘tgach takroran tekshiriladi  Qonni gaz tarkibini tekshirish (og‘ir kechganda) –ko‘rsatgichlar me’yoriga kelgunga qadar har kuni aniqlanadi  Ko‘krak qafasi rentgenografiyasi – davolash boshlangandan 2-3 xafta o‘tgach (shifoxonadan chiqishdan oldin) yoki bemor ahvoli yomonlashganda.


Download 22.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling