Isitma — tasnifi, etiologiyasi, tana harorati ko’tarilishi sabablari, davolash I sitma
Download 0.65 Mb.
|
ISITMA
- Bu sahifa navigatsiya:
- PIROGENLAR
ISITMA — TASNIFI, ETIOLOGIYASI, TANA HARORATI KO’TARILISHI SABABLARI, DAVOLASH I sitma (lot. febris) pirogenlarning (harorat ko’tarilishiga olib keladigan moddalar) ta’siri ostida termoregulyatsiya tizimining dinamik qayta tashkil etilishi sababli tana haroratining vaqtinchalik ko’tarilishi bilan tavsiflanadigan nospetsifik patologik jarayon. Tana harorati 37 °C dan oshganida holat isitma deya ta’riflanadi. Isitma evolyutsiyasida yuksak hayvonlar va odam organizmining infektsiyaga qarshi himoya-moslashuvchanlik reaktsiyasi sifatida paydo bo’ldi, shuning uchun tana haroratining ko’tarilishidan tashqari bu jarayonda infektsion patologiyaga xos bo’lgan boshqa hodisalar ham kuzatiladi. Odatda isitma isib ketish bilan birga kechadi. Bir qator nozologik birliklarning zamonaviy nomlarida «isitma» (rus. лихорадка) atamasini uchratish mumkin, ular tana haroratining ko’tarilishi bilan bo’gliq emas, shunchaki shunday nom berilgan, masalan, pappatachi isitmasi, Ebola gemorragik isitmasi va boshqalar. Isitmaning mohiyati yuqori gomoyotermiyali hayvonlar va insonlar termoregulyatsiya apparatining spetsifik moddalarga (pirogenlarga) javobi bo’lib, bu harorat gomeostazi nuqtasini vaqtincha yuqoriroq darajaga siljishi bilan tavsiflanadi va bunda termoregulyatsiyaning o’z mexanizmlari saqlanib qoladi, aynan shu isitma va gipertermiya orasidagi asosiy farq sanaladi. PIROGENLARPirogenlar — organizmga tashqi tomondan tushadigan yoki uning ichida hosil bo’ladigan isitmaga olib keladigan moddalardir. Ekzogen pirogenlar ko’pincha infektsion qo’zg’atuvchilarning komponentlari hisoblanadi. Ularning eng kuchlilari gram-manfiy bakteriyalarning kapsulali termostabil lipopolisaxaridlari sanaladi. Ekzogen pirogenler bilvosita, gipotalamusdagi termoregulyatsiya markazida o’rnatilgan nuqtaning siljishini ta’minlaydigan endogen pirogenlar orqali ta’sir qiladi. Ko’pgina endogen pirogenlar leykositar kelib chiqishga ega, bular, masalan, 1 va 6 interleykinlar, o’sma nekrozi omillari, interferonlar, makrofagli yallig’lanishli 1α-oqsil, bularning ko’pchiligi pirogen (prostaglandin sintezini keltirib chiqarish qobiliyati tufayli) ta’sirdan tashqari boshqa bir qator muhim ta’sirlar ko’rsatadi. Endogen pirogen manbai, asosan, immun tizimining hujayralari (monositlar, makrofaglar, T- va B- limfotsitlar) va granulositlar hisoblanadi. Pirogenlarning bu hujayralar tomonidan shakllanishi va chiqarilishi har qanday etiologiyali yallig’lanish, pirogen steroidlar va boshqalar ta’sirida sodir bo’ladi. Download 0.65 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling