Isitma — tasnifi, etiologiyasi, tana harorati ko’tarilishi sabablari, davolash I sitma


Download 0.65 Mb.
bet4/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1575956
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISITMA

Doimiy isitma (febris continua) — tana haroratining uzluksiz ko’tarilishi bo’lib, sutkalik o’zgarish 1 °C dan oshmaydi.

  • Remittirlovchi isitma (febris remittens) — tana haroratining 1,5-2 ° C gacha bo’lgan sutkalik o’zgarishi. Biroq, harorat normal qiymatlargacha kamaymaydi.

  • Intermittirlovchi isitma (febris intermittis) — haroratning keskin va sezilarli darajada ko’tarilishi, bir necha soat saqlanib turgach, tezda normal qiymatgacha tushadi.

  • Gektik isitma (holdan toydiruvchi) (febris hectica) — sutkalik o’zgarish 3-5 °C ga yetadi, ko’tariladigan va tezda pasayadigan harorat kun davomida bir necha marta takrorlanishi mumkin.

  • Teskari isitma (febris inversa) — sutkalik ritmning o’zgarish, ertalablari haroratning ancha yuqoriroq bo’lishi bilan tavsiflanadi.

  • Noto’g’ri isitma (febris athypica) — ma’lum bir tartibsiz sutka davomida haroratning o’zgarishi bilan tavsiflanadi.

  • Qaytaruvchi isitma (febris recurrens) — yuqori haroratning normal harorat bilan almashinib turuvchi davrlari bilan tavsiflanadi va bir necha sutka davom etishi mumkin.

    Ba’zi manbalarda isitmaning 8-turi — to’lqinsimon isitma ham keltirib o’tilgan. Bu haroratning bir necha kun davomida bosqichma-bosqich ko’tarilishi va shu tarzda pasayishi bilan tavsiflanadi.

    ETIOLOGIYA


    Isitma deyarli barcha o’tkir infektsion kasalliklar va kuchayish davrida surunkali kasalliklarning doimiy belgisi bo’lib, bu holatlarda qo’zg’atuvchi ko’pincha qonda mavjud bo’ladi (bakteriemiya) va hatto ko’payadi (sepsis, septikopiemiya). Shuning uchun isitma qondan qo’zg’atuvchini ajratib olish bilan (gemokultura) etiologik aniqlanishi mumkin, huddi birlamchi lokalizatsiyali o’choqdan ajratib olingani kabi. Shartli-patogen mikroblardan tomonidan chaqirilgan kasalliklarda, ayniqsa patogenning asosiy joylashuvi «yashirin» bo’lganida, isitma etiologiyasini aniqlash ancha qiyin bo’ladi. Bunday holatlarda qonni qo’zg’atuvchilarga keng spektrli tahlil qilish bilan birga burun, halqum, burun sinuslari shillig’i, siydik, bronxlar suvi, balg’am, safro, bachadon bo’yni tarkibi va boshqalar tahlil qilinadi. Shu bilan birga noinfektsion genezli isitma holatlari ham tez-tez uchrab turadi (o’sma kasalliklari, gemolitik anemiya…)

    Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling