Isitma — tasnifi, etiologiyasi, tana harorati ko’tarilishi sabablari, davolash I sitma


Download 0.65 Mb.
bet3/5
Sana18.06.2023
Hajmi0.65 Mb.
#1575956
1   2   3   4   5
Bog'liq
ISITMA

YUQORI HARORAT SAQLANIB TURISHI


Belgilangan nuqtaga yetib kelganida harorat bir darajada ushlab turilishi boshlanadi va bu qisqa (soat, kun) yoki uzoq (hafta) davom etishi mumkin. Shu bilan birga, issiqlik ishlab chiqarish va issiqlik uzatish muvozanatga keladi va harorat ortiq ko’tarilmaydi, termoregulyatsiya normada bo’lganidagi mexanizmlar bo’yicha faoliyat ko’rsatishda davom etadi. Teri tomirlari kengayadi, oqarishi ketadi va tegib ko’rilganda issiq bo’ladi, titroq va varaja yo’qoladi. Bemor isib ketayotganini seza boshlaydi. Sutkalik harorat o’zgarishlari saqlanib qoladi, ammo ularning amplitudasi me’yoriy darajadan oshib ketadi.


Ikkinchi bosqichda harorat ko’tarilishining darajasiga qarab, isitma: quyidagi turlarga bo’linadi

  • Subfebril (38 °C gacha);

  • Zaif (38,5 °C gacha);

  • Febril (o’rtacha) (39 °C gacha);

  • Piretik (yuqori) (41 °C gacha);

  • Giperpiretik (haddan tashqari yuqori) (41 °C dan yuqori). Giperpiretik isitma hayot uchun xavflidir, ayniqsa bolalarda.

HARORATNING PASAYISHI


Harorat asta-sekin yoki keskin pasayishi mumkin. Haroratning pasayish bosqichi tashqi pirogen zahiralarining tugashi yoki endogen (tabiiy) yoki ekzogen (dorilar) antipiretik omillar ta’siri ostida endogen pirogenlarning hosil bo’lishi to’xtashi bilan boshlanadi. Pirogenlarning termoregulyatsiya markaziga ta’sir qilishi to’xtatganidan so’ng, belgilangan nuqta me’yoriy darajaga tushadi va harorat gipotalamus tomonidan yuqori deb hisoblana boshlaydi. Bu teri tomirlarining kengayishiga olib keladi va organizm uchun ortiqcha bo’lgan issiqlik endi chiqib keta boshlaydi. Bemor juda ko’p terlaydi, diurez va perspiratsiya kuchayadi. Ushbu bosqichda issiqlik uzatish issiqlik ishlab chiqarishdan keskin o’zib ketadi.
Sutkalik temperaturadagi o’zgarishlarning tabiati bo’yicha isitma turlari:


  1. Download 0.65 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling