Yog’-moy korxonasi jixozlari
Download 34.78 Kb.
|
YMKJ ma\'ruza 15
- Bu sahifa navigatsiya:
- DN 1 tipidagi qadoqlash avtomatlari
- KN-ZM tipidagi qadoqlash avtomati.
- Mavzu bo’yicha savollar.
“YOG’-MOY KORXONASI JIXOZLARI” fani. Ma’ruza № 15. Mavzu. Qadoqlash jixozlari. Mahsulotlarning turli xildagi fizik-mexanik xossalari, qadoqlash aniqligiga qarab qo‘yiladigan har xil talablar, liniyani mexanizatsiyalash va avtomalashtirishning turli xil darajasiga qarab, har xil konstruksiyadagi qadoqlash avtomatlari yaratishni talab etmoqda. Moy mahsulotlarini qadoqlash uchun DN tipidagi avtomatlardan foydalaniladi. DN tipidagi avtomatga qadoqlanayotgan mahsulotlar nomenklaturasi
DN 1 tipidagi qadoqlash avtomatlari Qovushqoqligi 0,4 Pa • s gacha bo‘lgan suyuq oziq-ovqat mahsulotlarini silindrik bankalarini to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. Konstruksiyasi bo‘yicha quyidagi avtomatlar ishlab chiqariladi: — avtono’m ekspluatatsiya qilish uchun, o‘zining uzatmasiga va bankalarni uzatish transportyorlariga ega; — o‘zining uzatmasiga va bankalarni uzatish transportyorlariga ega emas; — avtono’m ekspluatatsiya qilish uchun, o‘zining uzatmasiga va bankalarni uzatish transportyorlariga ega va shesternyalarning uzatish nisbati o‘zgargan; Qadoqlash avtomatlarining asosiy parametrlari 2-jadval
DN-1-250-2 tipidagi qadoqlash avtomati unumdorligi minutiga 250 bankaga teng bo‘lgan, qovushqoqligi 0,4 Pa • s gacha bo‘lgan suyuq konserva mahsulotlarini 1 m3 sig‘imli taraga to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. DN 1 tipidagi qadoqlash avtomatining asosiy tashkil etuvchi qismlari stanina, qadoqlash moslamasi 2, bak 1, yo‘naltirgich (kopir) 3, mahsulot o‘tkazuvchi quvur 8, mahsulot uzatishni rostlagich 7, bankalarni qabul qilish mexanizmi 4, uzatma 5, stollar 6, elektr qurilma hisoblanadi (1-rasm). Qabul qilish mexanizmi tashkil etilmagan oqimda bankalarni to‘ldirish uchun uzatishni ta’minlaydi. Bo‘sh bankalar transportyorning qabul qilish moslamasiga kelib tushadi va ularning qadami bilan ajratuvchi shnek bo‘yicha uzatiladi va qabul qilish yulduzchasiga beriladi. Undan bankalar karusel stollariga uzatiladi. Karuselning aylanishidan bankalar bilan birgalikda stollar ham yo‘naltirgich (kopir) bo‘yicha ko‘tariladi va banka qadoqlash moslamasi patronining korpusiga zichlashib, uni ko‘taradi. Bunda mahsulot bakdan bankaga kelib tushadi. Bankaning tushishidan esa mahsulot uzatilishi to‘xtatiladi. To‘ldirilgan banka bankani chiqarish transportyoriga uzatiladi. 1- rasm. DN 1 tipidagi qadoqlash avtomati: 1— bak; 2 — qadoqlash moslamasi; 3 — yo‘naltirgich (kopir); 4 — qabul qilish mexanizmi; 5 — uzatma; 6 — stol; 7 — mahsulot uzatishni rostlagich; 8 — mahsulot o‘tkazuvchi quvur. KN-ZM tipidagi qadoqlash avtomati. Bu tipdagi qadoqlash avtomati moy pyuresimon oziq-ovqat mahsulotlarini shisha va metall bankalariga to‘ldirish uchun mo‘ljallangan. Texnik tavsifi
KN-ZM tipidagi qadoqlash avtomati uzluksiz ishlaydigan rotatsion to‘rt patronli avtomatdir. Mavzu bo’yicha savollar. Qadoqlash apparati deb nimaga aytiladi? Jixozlarga talablar. Nima uchun maxsulot qadoqlanadi? Download 34.78 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling