Tayanch harakat aparatining mexanik shikastlanishlari. Immoblizatsiya
Download 28.92 Kb.
|
ХФХ 2 маруза
Furunkul-soch qopchasi, yog’ bezlari va ularning atrofidagi to’qimalarning o’tkir yiringli yallig’lanishi. Ushbu teri kasalligi ko’proq bo’yinda, orqada, dumbada va yuzda bo’lib turadi. Uni stafilakokklar keltirib chiqaradi. Ayniqsa terining mayda jaroh’atlanishi, teri ifloslanishi, sovuq eyish, avitaminoz, qandli diabet natijasida rivojlanadi. Chipqon boshlanishida infiltrat (to’qimaning shishishi), og’riq seziladi va asta-sekin rivojlanib boradi.İnfiltrat h’am, og’riq h’am kuchaya boradi. Yallig’lanishning h’amma belgilari namoyon bo’ladi. 5-7 kunga borib chipqonning o’rtasida yiringli sterjen h’osil bo’ladi va ishtah’aning pasayishi, uyquning buzilishi, umumiy h’aroratning ko’tarilishi kabi o’zgarishlar kuzatiladi. Chipqonni yuqori labda joylashishi xavfli h’isoblanadi, chunki infektsiya venalar orqali bosh miyaga o’tishi va meningit asoratini berishi mumkin.
Birinchi tibbiy yordamda issiq qilish, UVCh, piyoz boylash, Vishnevskiy surtmasini qo’yish, antibiotiklar ishlatish o’rinlidir. Agar bu tadbirlar samara bermasa jarroh’lik usuli qo’llanadi. Yara kesib yiringni sterjeni olib tashlanadi va yiringdan tozalanib, vodorod peroksid, gipertonik eritma bilan turunda qo’yiladi. Antibiotiklar (ampitsillin) inektsiya qilinadi. Faol va passiv emlash mumkin. Chipqonni oldini olishda shaxsiy gigienaga rioya qilish va jaroh’atlanganda antiseptiklarni ishlatish katta ah’amiyatga ega. Karbunkul-soch qopchalari, yog’ bezlari va boshqa yon va osti to’qimalarini ko’plab yiringli yallig’lanishi natijasida to’qimani nekrozga uchrab, o’rta qismida qoramtir rangli tusni oladi. Og’ir h’ollarda teri osti kletchatkasi h’am yallig’lanadi. Karbunkul orqa va bo’yinda ko’proq joylashib, qo’zg’atuvchisi stafilakokklar. Karbunkul chipqonga qaraganda og’irroq o’tadi. Yallig’langan joyda kuchli og’riq bo’lib, uyqu buziladi, tana h’arorati 390 S gacha ko’tariladi, ko’pincha lifadenit, tromboflebit, sepsis kabi asoratlar beradi. Kasallikni boshlanishida mah’alliy muolajalar (quruq issiq, UVCh, antibiotiklar) qilinadi. Karbunkul shakkllanib bo’lgach, jarroh’lik usuli bilan kesilib, yara tozalanadi-nekrozga uchragan to’qimalar, yiringlar olib tashlanadi va antibiotiklar, antibakterial dorilar (furatsillin, kaliy permanganat, vodorod peroksid) bilan yuviladi va gipertonik eritma (10 % osh tuzi) bilan turunda quyilib, u h’ar kuni yangilanadi. Download 28.92 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling