Panja muskullari Qo‘l fatsiyalari va topografiyasi


Download 183.5 Kb.
bet1/7
Sana16.06.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1516570
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bilakning lateral guruh muskullari


Bilakning lateral guruh muskullari

Reja:




  1. Panja muskullari

  2. Qo‘l fatsiyalari va topografiyasi

Yelka-bilak muskuli (m. brachioradialis) yelka suyagining old va lateral yuzasidan, muskullararo lateral pardadan boshlanib, m. brachialis bilan m.triceps brachii larning orasidan yo‘nalgan holda bilak suyagining orqarog‘iga o‘tadi va bigizsimon o‘siqqa yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bilakni tirsak bo‘g‘imidan bukadi va pronatsiya, supinatsiyada qatnashadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVVIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. radialis, a. collateralis radialis, a. recurrens radialis.




rasm. Bilakning lateral guruh muskullari.
1–m. biceps brachii; 2–m. brachialis; 3–m. brachioradialis; 4–m. extensor carpi radialis longus; 5–m. abductor pollicis longus; 6–m. extensor pollicis brevis; 7–m. extensor pollicis longus; 8–m. interosseus; 9–connexus intertendineus; 10–tendineus m.extensoris digitorum; 11–retinaculum extensorum; 12–m. extensor carpi radialis brevis; 13–m. extensor digitorum; 14–m. anconeus; 15–septum intermusculare brachii laterale; 16–m.triceps brachii.



Panjani yozuvchi uzun bilak muskuli (m. extensor carpi radialis longus) m. brachioradialis ning
orqa tomonida joylashgan bo‘lib, yelka suyagining lateral g‘adir-budur tepachasi, bilak suyagining lateral chetidan boshlanib, o‘rtada muskul tolalari payga aylanadi va kaft orqa yuzasiga o‘tib, retinaculum extensorum (yozuvchi muskul ushlagichi) ostidan yo‘nalgan holda II kaft suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panjani orqa tomonga yozib, bilakni bukadi.
I n n e r v a t s i y a s i: n. radialis (CVVIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. collateralis radialis, a. recurrens radialis, a. radialis.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling