Panja muskullari Qo‘l fatsiyalari va topografiyasi


Download 183.5 Kb.
bet4/7
Sana16.06.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1516570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bilakning lateral guruh muskullari

PANJA MUSKULLARI
Panja-kaft yuzasidagi muskullar 3 guruhga bo‘linib joylashgan.
Bosh barmoq do‘mbog‘i (thenor) bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta muskul, bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul, bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi qo‘yuvchi va yaqinlashtiruvchi muskullar hosil qiladi.
Thenor muskullari. I. Bosh barmoqni uzoqlashtiruvchi kalta muskul (m. abductor pollicis brevis) yuza joylashgan retinaculum flexorum (yozuvchi muskul ushlagichi) va qayiqsimon suyak g‘adir-buduridan boshlanib, bosh barmoqning I falanga suyagi tashqi yuzasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. medianus (CV–thI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r. palmaris superficialis, a. radialis.
II. Bosh barmoqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor pollicis brevis) –retinaculum flexorum (bukuvchi muskul ushlagichi) dan (yuza qismi) va katta-kichik trapetsiyasimon hamda boshli suyaklardan (chuqur qismi) boshlanib, bosh barmoq I falangasining asosiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni bukadi va boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. ulnaris (CVIII–thI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r.palmaris profundus, a. ulnaris.






54-rasm. Panja muskullari va sinovial qismlari (kaft yuzasi).
1–m. pronator quadratus; 2–m. flexor digitorum profundus; 3–m. flexor digitorum superficialis; 4–retinaculum flexorum (kesilgan); 5–vagina synovialis mm. flexor communis; 6–vagina synovialis digiti minimi; 7–vaginae synoviales tendinum digitorum; 8–vagina synovialis tendinis m. flexoris pollicis longi; 9–vagina tendinis m. flexoris pollicis longi; 10–vagina synovialis tendinis m. flexoris carpi radialis.



III. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi qo‘yuvchi muskul (m. opponens pollicis) m. abductor pollicis ostida joylashgan bo‘lib, retinaculum flexorum va trapetsiyasimon suyak do‘mbog‘idan boshlanib, I kaft suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga qarshi bukadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. medianus (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r. palmaris superficialis, a. radialis, arcus palmaris profundus.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling