Panjani yozuvchi kalta bilak muskuli (m.extensor carpi radialis brevis) – yelka suyagining lateral g‘adir-budur do‘mboqchasi (epicondylus lateralis) tirsak bo‘g‘imi kapsulasidan boshlanib, III kaft suyagining orqa sathiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panjani yozadi va tanadan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. collateralis radialis, a. recurrens radialis, a. radialis.
Bilakning orqa guruh muskullari(53 rasm).
Yuza qavat. Panjani yozuvchi muskul (m. extensor digitorum). Bu muskul panjaning bilak va tirsak yozuvchi muskullari orasida joylashgan bo‘lib, yelkaning lateral g‘adir-budur do‘mboqchasi (epicondylus lateralis) va bilak fassiyasidan boshlanadi. Bilakning o‘rta qismida to‘rtta payga ajraladi va retinaculum extensorum (yozuvchi muskul ushlagichi) tagidan o‘tib, panja sohasida ularning har biri uchtadan paychaga ajraladi. O‘rta qismi II–V barmoqlarning ikkinchi falangalariga yopishadi. V barmoqqa boruvchi bu muskul jimjiloqning yozuvchi muskuli (m. extensor digiti minimi) deb ham ataladi.
F u n k s i y a s i: II–V barmoqlarni va kaftni yozadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r i: a. interossea posterior.
Panjani yozuvchi tirsak muskuli (m. extensor carpi ulnaris) yelka suyagining g‘adir-budur do‘mboqchasi, tirsak suyagining orqa sathidan boshlanib, retinaculum extensorum (yozuvchi muskul ushlagichi) ostidan o‘tadi va kaft suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Panjani tirsak tomonga tortib yozadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. radialis (CVI–VIII) dan.
Q o n t o m i r i: a. interossea posterior.
Supinatsiya qiluvchi muskul (m.supinator) bilakning tepa va lateral tomonida, m. brachioradialis ostida joylashadi. Yelka suyagining lateral g‘adir-budur do‘mboqchasi – lig. collaterale radiale dan boshlanib, bilak suyagi yuqori qismining orqa sathi – tuberositas radii ga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bilakni tashqariga buradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. radialis (CV–VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. recurrens radialis, a. recurrens interossea, a. radialis.
Do'stlaringiz bilan baham: |