Panja muskullari Qo‘l fatsiyalari va topografiyasi


IV. Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul


Download 183.5 Kb.
bet5/7
Sana16.06.2023
Hajmi183.5 Kb.
#1516570
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Bilakning lateral guruh muskullari

IV. Bosh barmoqni yaqinlashtiruvchi muskul (m. adductor pollicis) III kaft suyagidan boshlanib, II kaft suyagi ustidan ko‘ndalang yo‘nalib, bosh barmoqning I falanga suyagiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni boshqa barmoqlarga yaqinlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. ulnaris (CVIII–thI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus palmaris superficialis et arcus palmaris profundus.
Jimjiloq tomondagi do‘mboq (hypothenor)ni kaftning kalta muskuli, jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul, jimjiloqni bukuvchi kalta muskul, jimjiloqni bosh barmoqlarga qarshi qo‘yuvchi muskullar hosil qiladi.
Hypothenor muskullari. I. Kaftning kalta muskuli (m. palmaris brevis) teri ostida joylashadi, u kaft aponevrozi (retinaculum flexorum)ning tirsak tomonidan boshlanib, teri osti to‘qimasiga qo‘shilib ketadi.
F u n k s i y a s i. Kaft aponevrozini taranglashtirib, terida bir qancha chuqurlik hosil qiladi.
II. Jimjiloqni uzoqlashtiruvchi muskul (m. abductor digiti minimi) no‘xatsimon suyak va kaftni bukuvchi muskul payidan boshlanib, V barmoqning I falangasiga yopishadi.
F u n k s i y a s i. Jimjiloqni boshqa barmoqlardan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. ulnaris (CVII–thI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: r. palmaris profundus, a. ulnaris.
III. Jimjiloqni bukuvchi kalta muskul (m. flexor digiti minimi brevis) retinaculum flexorum va os hamatum ilmog‘idan boshlanib, jimjiloqning I falanga asosiga yopishadi.
IV. Jimjiloqni boshqa barmoqlarga qarshi qo‘yuvchi muskul (m. opponens digiti minimi) retinaculum flexorum va os hamatum ilmog‘idan boshlanib, V kaft suyagiga yopishadi
Orqa tomondagi suyaklararo to‘rtta muskul (mm. interossei dorsales) I–V kaft suyaklarining bir-biriga qaragan yuzalaridan boshlanib, II–V barmoqlarning dorzal aponevroziga va I falangalariga yopishadi (207, 208, 209, 210, 211-rasmlar).
F u n k s i y a s i: I, II va V barmoqlarni III barmoqdan uzoqlashtiradi.
I n n e r v a t s i a s i: n. ulnaris (CVII–thI) dan.
Q o n t o m i r l a r i: arcus palmaris profundus, aa. metacarpae dorsales.

Download 183.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling