rasm. Bilakning orqa yuza muskullari.
1–m. brachioradialis; 2–m. extensor carpi radialis longus; 3–m. extensor carpi radialis brevis;4–m.
extensor digitorum; 5–m. abductor pollicis longus; 6–m. extensor pollicis brevis; 7–m. extensor pollicis longus; 8–tendines m.
extensoris digitorum; 9–connexus intertendineus; 10–m. extensoris digiti minimi; 11–tendi m. extensoris indicis; 12–retinaculum extensorum; 13–m. extensor carpi ulnaris; 14–m.
extensor digiti minimi; 15–m. flexor carpi ulnaris; 16–m. anconeus; 17–olecranon; 18–m. triceps brachii.
Bosh barmoqni yozuvchi uzun va qisqa muskullar (m.extensor pollicis longus et brevis) bilak suyagi orqa yuzasining o‘rta qismidan boshlanib, kalta muskul payi barmoqning birinchi falangasiga, uzuni esa tirnoq falangasiga yopishadi.
Bilak-kaft bo‘g‘imi sohasida (bosh barmoq tomonda) m. extensor pollicis longus bilan mm. extensor pollicis brevis et abductor pollicis longus lar oralig‘ida anatomik chuqurcha mavjud bo‘lib, tamaki chuqurchasi (anatomicheskaya tabakerka) ham deyiladi.
F u n k s i y a s i. Bosh barmoqni orqaga tortadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. radialis (C
VI–
VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a. interossea posterior, a. radialis.
Ko‘rsatkich barmoqni yozuvchi muskul (m. extensor indicis). Tirsak suyagining orqa yuzasidan boshlanib, panjani yozuvchi muskulning ko‘rsatkich barmoqqa boruvchi payiga qo‘shilib ketadi.
F u n k s i y a s i. Ko‘rsatkich barmoqni yozadi.
I n n e r v a t s i a s i: n. radialis (C
V–
VIII) dan.
Q o n t o m i r l a r i: a.interosseae posterior.
Do'stlaringiz bilan baham: