Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi


Download 426.62 Kb.
Pdf ko'rish
bet21/26
Sana29.01.2023
Hajmi426.62 Kb.
#1139508
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26
Bog'liq
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi

Og’iz daxlizi plastikasi. Pastki jag’ al’veolyar usiq balandligini oshirish 
uchun ishlatiladi. Buning bir yuli til pastki qismidan olingan laxtak yordamida 
plastika usuli. Bunday operatsiya pastki jag’ markaziy qismi balandligi 15 mm 
kichik bo`lmaganda, til tomondan chuqurlik etarli bo`lganda o`tkazish kursatilgan. 
Al’veolyar usiqka paralel ravishda 3-4 sm kesim o`tkaziladi. Al’veolyar usiqdagi 
oyokchali laxtak labdagi defekt o`rniga olib boriladi, labdan olingan laxtak milk 
kirgogidan pastroqqa olib kelib, laxtaklar tikiladi. Tilda shakllantirilgan laxtak 
al’veolyar usiqdagi ochik defektga oli boriladi va chok qo`yiladi. To`qimalar 
protez yordamida fiksatsiya qilinadi. 3-4 xaftadan keyin protezlashni boshlasa 
bo`ladi. 
Og’iz daxlizini shilliq qavat bilan plastikasi. YUqori jag’ tanasi al’veolyar 
usigi atrofiyasida protezni fiksatsiyasini yaxshilash uchun og’iz daxlizini shilliq 
qavat bilan plastikasi o`tkaziladi [Obwegeser Η., 1969]. Asosiy talablardan biri, bu 


yuqori labda va og’iz daxlizida etarli hajmda shilliq qavat bo`lishidir. Daxliz 
markazida shilliq qavat vertikal kesiladi va shilliq osti qavatidan ajratiladi. Suyak 
usti pardasi markazdan kesiladi va ustki yuzasi bo`ylab tunel’ hosil kilinadi. 
SHilliq osti qavati kesiladi yoki yuqoriga tortiladi. Jag’ga shina takiladi va 
fiksatsiyalanadi. 3 xaftadan so`ng protezlash o`tkaziladi.
YUqori jag’ daxlizini shilliq yoki teri transplantatlari bilan plastikasi. 
YUqori labda shilliq qavat etmaganda, protez fiksatsiyasi yaxshi bo`lmaganda, 
erkin bo`lingan teri transplantati bilan plastika kursatilgan. Daxlizda 
shakllantirilgan yaraga tanglaydan olingan podkova shakldagi transplantat 
o`tkaziladi. Bundan tashqari labda shakllantirilgan oyokchali laxtak xam ishlatsa 
bo`ladi. Barcha usullarda protez himoya sifatida ishlatiladi. Operatsiyadan 4 xafta 
utkandan keyin protezlashni boshlasa bo`ladi.

Download 426.62 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   26




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling