Mamlakatimizda keng koʻlamda olib borilaѐtgan islohatlar mamlakatimizning jadal rivojlanishi, fuqoralarimizning turmush tarzini yaxshilanishiga olib keladi


Download 31.5 Kb.
Sana30.04.2023
Hajmi31.5 Kb.
#1408316
Bog'liq
Xulosa1


Xulosa
Mamlakatimizda keng koʻlamda olib borilaѐtgan islohatlar mamlakatimizning jadal rivojlanishi, fuqoralarimizning turmush tarzini yaxshilanishiga olib keladi. Xozirgi kunda taʻlim tizimining oʻqitish tizimini qayta tashkil qilish, ayniqsa, uning sifat va samaradorligini oshirishga erishish borasida koʻplab harakatlar amalga oshirilmoqda. Bu tasviriy sanʻat fani va uning mazmunida ham oʻz aksini topmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizda yirik sanoat komplekslarini, shaharlarni qurilishi kengayib bormoqda. Arxitekturada kullanilayotgan ishlar qurilish jaraѐnining ajralmas qismi hisoblanadi, bino va inshootlarni barpo etish barcha bosqichlaridagi ishlarining yuqori aniqligini taʼminlashdan iborat. Qurilishning sifati va muddati ishlarining sifati, aniqligi va samaradorligiga bogʻlikdir. Muxandislik grafikasi va dizayn nazariyasi mutaxassisligida Rodjer Penrouzning mozaikalari, zinapoyasi va uchburchagini urgatish va uni yulga kuyish muxim axamiyatga ega deb xisoblayman. Chizmachilik va chizma geometriya darslari uchun yangi bilimlar deb aytsak xam mubolaga bulmaydi. Tadkikotning yangiligi shundan iboratki, ushbu dissertatsiya mavzusi xali yurtimizda keng yeritilmagan. Bu mavzu oliy va urta maxsus ukuv yurtlarida xam aloxida mavzu sifatida talkin kilinmagan. Shuning uchun xam ushbu mavzu yurtimizda birinchi bulib dissertatsiya kurishida talkin kilinayetgani uning ilmiy yangiligi bula oladi degan umiddaman. Ushbu dissertatsiyani tayyorlash jarayonida ilmiy raxbar bilan ishlash, dissertatsiya mavzusiga oid materiallar va adabiyotlar tuplash, mustakil fikrlarimni bayon kilish imkoniyatiga ega buldim. Oʻrganilgan muammolarning ilmiy, amaliy axamiyati va dolzarbligidan kelib chiqib quydagi xulosalarga kelindi.
1.Geometrik tugunlar va ularni yechishga oid geometrik masalalar oʻrganildi va tahlil qilindi. Geometrik tugunlar matematikada, topologiyada, texnikada qoʻllanilishiga qarab tahlil qilindi.
2. Layonel Penrouzning uch qoʻlsiz ochib boʻlmaydigan qulfi modeli va uning dizayn yechimi oʻrganildi. Turmushda va kundalik hayotda biz ishlatadigan boshqa turli xil qulflar tuzilishi va koʻrinishi taxlil qilib yoritildi.
3. Penrouz Uchburchagi va uning ustida bajarilishi mumkin boʻlgan kompozitsion amallar oʻrganildi. Penrouz va Reutersvard uchburchagining farqi va kelib chiqish tarixi yoritildi. Penrouz uchburchagining tuzilishi unung grafik tasvirlari keltirildi.
4. Uch oʻlchovli elementlar, optic illuziyalar, imkonsiz figuralar shu jumladan, Esher kubi, Penrouz uchburchagi, hajmli toʻrtburchak, cheksiz zinapoya, mumkin boʻlmagan gildirak , hajmli trapezoid, reutersvard uchburchagi kabi elementlar kelib chiqishi oʻrganildi va taxlil qilindi.
5. Penrouz zinapoyasi uning kelib chiqishi, konstruksiyasi chizmalar yordamida keltirildi. Model birinchi marta 20-asrning oʻrtalarida mashhur jurnalda nashr etilgan va tez orada odamlarning qalbini zabt etgan. Penrose zinapoyasi zinapoyaning dizayni boʻlib, u boʻylab bir yoʻnalishda harakatlansa, odam cheksiz koʻtariladi va teskari yoʻnalishda harakatlanayotganda u doimo pastga tushadi.
6. Xajmli trapetsiya konstruksiyasi va uning ustida bajarish mumkin boʻlgan kompozitsion amallar taxlil qilindi. Hajmli trapetsiya. Ushbu grafik obrazni koʻp joyda “Cheki yoʻq zinapoya” degan nom bilan ham yuritiladi. Hajmli trapetsiya tasviri va undagi qiziqarlilikning badiiy grafikada har xil tarzda qoʻllanilishi keltirib oʻtildi.
7. Tekis yuzani bir xil shakl bilan toʻldirib chiqishning ornamental masalalari 3-bobning 1.1 paragrafida yoritildi. Mazkur taʻlimotga koʻra tekis yuzani bir xil shakl bilan toʻldirib chiqishning 17 xil namunasi mavjud boʻlib ular haqida batafsil maʻlumotlar berildi.
8. Penrouz mozaikasi va uning elementlaridan tuzilgan innovatsion ornamental kompozitsiyalar tuzish boʻyicha maʻlumotlar toʻpladim va chizmalar va masalalar yordamida keng yoritishga harakat qildim.
9. Penrouz mozaikasining Oʻrta Osiyo ornamentlardagi ifodasi haqida ular oʻrtasidagi farq va qarashlar olimlar tomonidan berilgan fikrlar tahlil qilindi. Yevropa va Oʻrta Osiyo madaniyati va sanʻatida qoʻllaniladigan naqshlar ularning oʻxshash tomonlari oʻrganildi.
Mavzuga oid masalalarni toʻgʻri hal qilishda oliy taʻlim yurtida oʻtkazilgan pedagogik amaliyot davrida olib borilgan dars jarayonida tatbiq qilib sinab koʻrdim va natijalarini aniqladim, bu esa mavzuning eng zarur boʻlgan mazmunini ochishga va toʻgʻri xulosa chiqarishga yordam berdi, bu kabi munosabatlar tasviriy sanʻat va chizmachilik fan sohasida qiziqarli va hali yoritilmagan mavzu sifatida muhim ahamiyat kasb etdi.
Download 31.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling