Parodontal xirurgiya. Dental implatologiya. Ogiz bushligini protezlashga xirurgik usul bilan tayyorlash. Tish saklovchi operatsiyalar. Ma`ruza maqsadi
Download 426.62 Kb. Pdf ko'rish
|
parodontalxirurgiya. dentalimplatologiya. ogizbushliginiprotezlashgaxirurgi
Suyak ichi tish implantantlari. Tish implantologiyasida ko`pincha yassi va dumaloq formadagi suyak ichi implantatlari qo`llaniladi. YAssi implantat 1967 yilda L.Linkow tomonidan taklif etilgan. Uning turli xil variantlari keng tarqaldi, ayniqsa tor al’veolyar o`siqli patsientlarni davolashda P.Branemark (1967) tish ildizi formasidagi vintli implantatni ishlab chiqdi. Bu ikki yangiliklar, bugungi vaqtda tish implantatlari barcha keyingi turlarining timsoli bo`ldi. Ular uchun material sifatida eng yaxshi deb, titan va uning qotishmalari, tsirkoniy va keramika tan olingan. Titan va uning qotishmalarida antikorroziyalik xossalari, eskirish va to`qimalarda erishning yo`qligi, yuqori mustaxkamlik qayd etilgan. Titan va uning qotishmalarini implantatlar yuzasida hosil bo`lgan okis qavati katta axamiyatga ega. Bu qavat, to`qima suyuqliklari bilan o`zaro adekvat ta`sir qilib, titanni to`qimalar bilan integratsiyasiga yordam beradi. Xorijda titan va uning qotishmasi asosida juda ko`p implantat konstruktsiyalari ishlab chiqiladi, ulardan tish implantologiyasida eng keng Linkow, Branemark, Banefit, IMZ, Calsitec, Core-Vent, Frialit, Steri- Oss, Misch va boshqalar sistemasidagi implantatlar qo`llaniladi. Bizning mamlakatda dental implantatsiyaning tez rivojlanishi 80-yillarda boshlandi. A.S.CHernikis, O.P.Surov va boshqalar ishlab chiqkan yassi implantatlar 1983 yilda klinik sinov uchun MSITI (V.M.Bezrukova, A.I.Matveeva va boshqalar) va MTSI (T.G.Robustova, A.I.Ushakov va boshqalar) ga berildi. Olingan ijobiy natijalar va yassi implantatlarni qo`llashda kliniko-nazariy masalalarni o`rganishi o`z aksini P.V.Baluda (1990), V.A.Vigderovich (1991), Abu-Asali-Eyad (1992), A.M.Sidel’nikov (1992), A.I.Jueev (1995) va boshqalar dissertatsiya ishlarida topdi. V.M.Bezrukov, O.N.Surov va A.M.CHernikis ishlab chiqkan yassi konstruktsiyalar rasmiy tasdiqlanishi va ularning BMTITI (1986) tomonidan chiqarilishi, shuningdek O.N.Surov (1994) ning monografiyasi yassi implantatlar ideyalarini stomatologik klinika va poliklinikalar amaliyotida qo`llashga imkon berdi. L.Linkow va P.Branemark kontseptsiyalari asosida Rossiyada BMTITI, KVS-1 (V.I.Lyasnikov) ning yassi implantatlari, tish ildizi formasidagi dumaloq – «kontrast» (A.S.Massarekiy, O.N.Surov), yassi, tsilindrik, vintli, shu jumladan gidroksilapatit bilan qoplangan (KIVST – SITU O1) (V.N.Lyasnikov va boshqalar, 1966), shuningdek vintlilar patentlangan («Liko» firmasi), tsirkoniyli vintlilar («Diva» firmasi), tsilindrik («Komet») va yassi (METEM) implantatlar, «Radix» firmasining qator original konstruktsiyalari qo`llashga qabul qilingan. Tish implantatsiya rivojlanishida P.Branemark, T.Albrektsson, G.Heimke, J.Osborn, D.Buser, G.Zarb o`tkazgan tekshiruvlar muxim rol’ uynadilar. Ular, tish implantatsiyasida titan va uning qotishmalarini, implantatlar integratsiyasi patomorfozini tekshirish, implantatsiyada gidroksilapatit, kollagen, auto va allo-suyak asosida alloplastik materiallarni qo`llash, shuningdek membrana yordami bilan suyakning yunaltirilgan regeneratsiyasi usulini qo`llash bilan bog’liq bo`lgan. V.I.Itin va boshqalar (1975, 1985) va V.E.Gyunter va boshqalar (1979, 1989) ning nikelid-titan qotishmalarni original tekshiruvlari M.Z.Mirgazizov va boshqalar (1983, 1993) tish implantatlarini, shu jumladan amortizatsion sistemalilarni ishlab chiqishga imkon berdilar. Moskva, Sankt-Peterburg, Perm, Novosibirsk va boshqa Rossiya tibbiyot institutlarining (Amarxanov A.G., 1986; Egorova I.P., 1986; Vorob’ev V.P., Dadikin V.P., Dadikina V.F., 1987; Matveeva A.M., Vigderovich V.A., 1988; Surov O.N., 1989; Trofimov V.V., 1989; Ushakov A.I., 1997; Ivanov S.YU., 1988 va boshqalar) stomatologiya fakul’tetlarida ishlab chiqilgan, shuningdek bir nomli Belarus, Ukraina Respublikalari va boshqa yaqin xorijiy davlatlar (Paraskevich V., 1992, 1997) universitetlari mutaxassislari yaratgan original implantatlarga qator avtorlik talabnomalari tasdiqlangan. Implantatlar xar xil turlari, operatsiyalar turli usullari, tish protezlarida funktsional yuklamalar bilan jag’ to`qimalarida, periostda va og’iz bo`shlig’i shilliq qavatida ma`lum funktsional o`zgarishlar yaratiladi. To`qimalarda implantatlarning o`sish xarakteri qator faktorlardan: tish protezlari materialidan, formasidan, yuklamasidan, organizm organ va sistemalarining xususiyatlaridan, shuningdek og’iz bo`shlig’i gigienasidan bog’liq bo`ladi. L.Linkow (1967), R.Adell va boshqalar (1981), T.Albrektsson (1984) va boshqalar morfologik tekshiruvlari, suyak ichi implantatlarining yashab ketishi fibrozli qanday bo`lsa, suyakli xam shunday, shuningdek C.Weiss (1987) ma`lumotlari bo`yicha fibrosuyakli bo`lishini ko`rsatdilar. SHu bilan birgalikda, implantat va suyakning birikish sohalarida, xatto osteointegratsiya paytida, 10 dan 300 im (D.Buser, 1990, 1995) razmerli proteo va glikozaminoglikan zarrachalaridan iborat, amorf modda zonasi hosil bo`ladi. Suyakda implantatsiyada sodir bo`luvchi jarayonlar bilan bir vaqtda, implantatga tegib to`rgan zonada xamda, u va og’iz bo`shlig’i o`rtasida ochiq bar’erni hosil qiluvchi shilliq parda va suyagi usti o`zgaradi. Bu bar’erdan ko`pincha implantatning faoliyati bog’liq bo`ladi. Bunday to`qima qal`asining saqlanishi yaxshi gigiena va tish blyashkasining hosil bo`lishini oldini olish bilan shartlanadi. Implantatning suyak va yumshoq to`qimalar bilan integratsiyasi uning tanasiga titanni gidroksilopatitni changlatilganda, tanada teshiklar, tarnovchalar, qirqimlilar bo`lganda, shuningdek uning buyinchasini yuqori polirovkalashda kuchayadi. Xuddi shunday effektni alloplastik materiallarni qo`llash beradi. Ular etishmayotgan suyakni yallig’lantiradilar, uning defektlarini yo`qotadilar, osteogenezga yordam beradilar va implantat qo`yilgandan so`ng rezorbtsiya yaqqollashuvini kamaytiradilar. Download 426.62 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling